• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda uy-joy bilan bog‘liq yana bir firibgarlik: 9 ta xonadon 39 kishiga sotilgani aytilmoqda

    Toshkent shahrida yangi uy-joylar bilan bog‘liq yana bir firibgarlik sodir etilgani aytilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga shikoyat qilgan bir guruh fuqarolarning aytishicha, “Zohmir Group” nomli qurilish kompaniyasi shaharning Yashnobod tumanidagi yangi qurilayotgan 9 ta xonadondan iborat uch qavatli uylarini 39 nafar fuqaroga pullagan. “Daryo” mazkur murojaat yuzasidan o‘rganish olib bordi. 

    Biz firibgarlik qurboni bo‘ldik. “Zohmir Group” nomli qurilish kompaniyasi tomonidan aldandik. Bu kompaniyaning reklamasiga chuv tushdik. Yangi uylarga investitsiya kiriting, yaxshi uylarga ega bo‘lasiz deyishganiga ularga ishonib, pullarimizni notarius orqali topshirgandik. Shartnomalar qilindi, kimdir pulini bank orqali to‘ladi, yana kimdir notarius orqali qarz shartnomalari qilib, naqd shaklda to‘lov qildi. Yana boshqa birov qurilish mollariga pul tikib, uyga shu tarzda investitsiya kiritdi, — deydi qurilish tashkilotiga aldanganini aytgan Avaz Yormuhammedov.
    Foto: “Daryo” / Ulug‘bek Usmonov

    Murojaatchining ma’lum qilishicha, qurilayotgan uyning oldi-sotdi qilish shartnomasi 2020-yil tuzilgan bo‘lib, u 2 xonali uyga 190 million (o‘sha paytdagi qiymatga ko‘ra, 17 ming dollar) to‘lagan. 

    Avaz Yormuhammedov.
    Foto: “Daryo” / Ulug‘bek Usmonov
    Qurilish tashkiloti bizga va’da qilgan uylarni 2022-yilning may-iyun oyida topshirishi kerak edi. Lekin 2023-yil keldi hamki, uy qurilishi qanday holatda bo‘lsa, shunday turibdi. Hech narsa o‘zgarmagan. Biz aytilgan muddatdan o‘tgach, quruvchidan uyimiz qani, qachon tayyor bo‘ladi deb so‘raganimizdan so‘ng, boshqa qiziq-qiziq muammolar paydo bo‘lmoqda. Aniqlanishicha, bizga sotilgan uylar yana 4-5 kishiga sotilgan ekan — deydi murojaatchi.
    Foto: “Daryo” / Ulug‘bek Usmonov

    Suhbatdoshning aniqlashtirishicha, quruvchi 9 ta xonadonni 30 kishiga sotgan.

    Foto: “Daryo” / Ulug‘bek Usmonov
    30 kishi bilan ham shu uy sizniki deb, shartnoma qilingan. Pullari olingan. Biz bu haqda shu manzilga qatnayverib, uy xaridorlari bir-birimizni ko‘rib, gaplashganimizdan so‘ng bildik, — deydi fuqaro. 

    Aldanganini aytayotgan fuqarolarning bildirishicha, ulardan Aziz Aliyev ismli mas’ul pullarni sanab olgan. 

    Foto: “Daryo” / Ulug‘bek Usmonov
    Pullarimizni Aziz Aliyev ismli kishi olgandi. Keyin bilsak, ular ko‘pchilik ekan. Ular uyushgan guruh tuzib, pullarimizni boshqa sohaga ishlatib yuborishganmi, bizdan qochib yurishibdi. Ularni topolmayapmiz. Shu sabab Ichki ishlarga, prokuraturaga murojaat qildik. Hozircha tergov ishlari ketyapti degan javobni olyapmiz, — deydi suhbatdosh.
    Ibrohim Rayimboyev.
    Foto: “Daryo” / Ulug‘bek Usmonov

    Pul to‘lab uy ololmayotgan yana bir fuqaro Ibrohim Rayimboyevning aytishicha, u 2 xonali uy uchun 25 ming dollar pulni oldindan to‘lagan. 

    Bu uylarning qurilishi aslida 2018-yil boshlangan ekan. Bu uyning asl egasi Aleksandr Kulik ismli fuqaro bo‘lgan. Keyinchalik qurilishda muammolar bo‘lgani sabab “Zohmir Group” MCHJ egasi bilan kelishib, oldi-sotdi shartnoma qilishgan ekan. “Zohmir Group” MCHJ keyinchalik bu xonadonlarni 39 kishiga sotgan ekan. Barchasiga shartnoma qilib, aldov yo‘li bilan pullarini o‘zlashtirgan. Shaxsan o‘zim 2 xonali uy uchun 2021-yilning iyun oyida to‘liq 25 ming dollar pul to‘lab qo‘yganman. Aslida bu uy qurilayotgan yer ham oldingi egasi nomida ekan. Uch yildan beri binoda umuman o‘zgarish yo‘q. Qanday chala holatda bo‘lsa, xuddi shu holatda turibdi. Faqat tomi yopildi xolos, — deydi Ibrohim Rayimboyev. 
    Foto: “Daryo” / Ulug‘bek Usmonov

    Aldanganini aytayotgan fuqaroning bildirishicha, u uyga to‘lov qilganidan so‘ng, har hafta quruvchiga telefon qilib, uy qachon bitishi bilan qiziqqan. 

    Har hafta telefon qilsam, bugun gazni hal qilamiz, ertaga kadastrni hal qilyapmiz deb har safar bahona qilardi. Ertaga uchrashaylik, kadastr hujjatlarini ko‘rsataman deb, yo‘q bo‘lib ketardi. 2021-yilning iyun oyida uyga to‘lov qilayotganimda uyni sentabr, uzog‘i bilan dekabr oyida tugatib, hujjatlashtirib beramiz degandi. Ammo hozirgi kungacha natija yo‘q, — deydi u. 
    Foto: “Daryo” / Ulug‘bek Usmonov

    Murojaatchi Avaz Yormuhammedovning aytishicha, mazkur qurilish kompaniyasidan uy olish niyatida to‘lov qilgan fuqarolar uy olish uchun yashab turgan xonadonlarini ham sotgan. Va ayni kunda ko‘chada qolmoqda.

    2022-yilning 24-mart kuni MCHJ rahbariga uy uchun to‘lov qilganmiz. O‘sha yilning iyul oyida uyni topshiramiz deyishgandi. Lekin 2023-yil yakunlanyaptiki, uydan darak yo‘q. Masalan men to‘lov qilgan 20-uyning 3-xonadonini 5 kishiga sotgan. Qolgan xonadonlar ham shu holatda. Bu yerda firibgarlik bo‘lyapti. Firibgarlik haqida 2022-yilning avgust oyida xabar topgandim. O‘shanda pulimni qaytaring deganimda, haligacha qaytarib berishmadi, — deydi yana bir murojaatchi Zufarbek Sattorov. 
    Zufarbek Sattorov. 
    Foto: “Daryo” / Ulug‘bek Usmonov

    “Daryo” jurnalisti mazkur muammo yuzasidan fuqarolarni aldagani aytilayotgan Aziz Aliyev bilan suhbatlashdi. U bugungi kunga kelib, undan norozi bo‘lgan fuqarolarning pullarini qaytarib berayotganini aytmoqda. 

    Bu uyimiz aslida 5 qavatli bo‘lishi kerak edi. Biz uni 3 qavat qilib qurdik. Uyning qavatlari soni o‘zgargach, loyihani o‘zgartirdik. Shu sabab fuqarolarning pullarini vaqtida qaytarib berolmadik. Ayni kunga kelib, ko‘pchiligining pulini qaytarib berdik, — deydi Aziz Aliyev jurnalist bilan telefon orqali muloqotida.
    Foto: “Daryo” / Ulug‘bek Usmonov

    Qurilish tashkiloti rahbari 39 kishidan pul olganini, anchasiga mablag‘i qaytarilganini tasdiqladi. Ammo 9 ta xonadon 39 kishiga sotilganini rad etdi. 

    Farhod aka, Sayfullo akalarning pullarini qaytarib berdik. Qolganlarning pulini ham sekin-asta qaytarib beryapmiz, — deydi chala qolgan uy qurilishiga mas’ul.

    Uy-joy uchun Aziz Aliyevga naqd pul to‘lagan fuqarolar notarius orqali buni tasdiqlatib, qarz shartnomasi tuzilganini bildirdi. “Daryo”ning bu haqdagi savollariga javob qaytargan notarius qarz shartnomasi fuqarolarning uy uchun to‘lov qilganini tasdiqlab, pullarning qachon qaytarilishi ham ko‘rsatilganini aytdi. 

    Foto: “Daryo” / Ulug‘bek Usmonov
    Fuqarolarning pul bergani qarz shartnomasi orqali tasdiqlanadi. Va bu pullar qachon qaytarilishi lozimligi ham shartnomada ko‘rsatilgan bo‘ladi. Pul oldi-berdisi notarius orqali tasdiqlangani fuqarolarning yutug‘i bo‘lgan aslida, — deydi “Daryo” jurnalisti bilan suhbatlashgan notarius. 

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    11.09.2023, 22:05   Izoh (0)   15157
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda belgilanmagan joylarga chiqindi tashlayotganlarni aniqlash uchun kuzatuv kameralari o‘rnatilmoqda

    11.09.2023, 21:55

    Toshkentda atmosfera havosidagi chang zarralari me’yordan 43 marta ko‘p bo‘ldi

    11.09.2023, 21:11

    Samarqandda O‘zbekistondagi eng shirin pomidor navi yaratildi

    11.09.2023, 20:53

    Toshkentning ikki tumanida “svet” vaqtincha o‘chiriladi

    11.09.2023, 20:40

    Buxoroda 2 tup daraxt kesgan shaxs tabiatga 42 mln so‘m zarar yetkazdi

    11.09.2023, 20:15

    O‘zbekistonda tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi tashkil etildi

    11.09.2023, 19:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.