O‘zbekiston yana bir xalqaro shartnomaga qo‘shildi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi.

Unda aytilishicha, “Xalqaro shartnomaga qo‘shilish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlatlararo kengash tuzish to‘g‘risidagi bitimga qo‘shildi.
Ushbu bitim 2013-yil 25-oktyabr kuni Minsk shahrida imzolangan. Tashqi ishlar vazirligi shartnomani amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan vaqolatli organ to‘g‘risida tegishli bildirishnomani depozitariyga yuboradi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin uning qoidalari bajarilishini ta’minlaydi.
O‘zbekistonda korrupsiya xavf-xatarlarini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha yangi mexanizm joriy etiladi.
13-may kuni Bosh prokuraturada Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida davlat rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda bosh prokuror birinchi o‘rinbosari Bahriddin Valiyev, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov hamda Prezident administratsiyasi mas’ul xodimi ishtirok etdi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar qilishicha, yig‘ilishda korrupsiyaviy omillarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha “Andijon tajribasi” asosida barcha hududlar tomonidan “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilib, ijroga qaratilgani, korrupsiyaning oldini olish, ayniqsa, maishiy korrupsiyaga barham berish, hududlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhit yaratish maqsadida yangi mexanizmlarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan tuzilgan Respublika va hududiy ishchi guruhlarining vazifalari birma-bir ta’kidlab o‘tildi.
Izoh (0)