• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Buxoro

    Buxoroda tashlandiq yerda bog‘ yaratmoqchi bo‘lgan tadbirkor sarson bo‘lmoqda. Unga tegishli yer auksionda sotib yuborilgan

    “Daryo”ga Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida faoliyat yurituvchi “Nurli bog‘-2020” MCHJ vakili murojaat qilib, adolat istayotganini aytmoqda. Tadbirkorga ko‘ra, unga hokimiyat tomonidan 49 yilga ijaraga berilgan yer maydonining bir qismi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan noqonuniy tartibda auksionga chiqarilgan va boshqa tadbirkorga berib yuborilgan. Bugun u bog‘ yaratmoqchi bo‘lgan hududda bahsli vaziyat yuzaga kelgan va ishlar to‘xtab qolgan.

    Yerning ayni kundagi holati
    Foto: “Daryo”
    Yerning daraxtlar ekilgan avvalgi holati
    Foto: “Daryo”
    2020-yil Shofirkon tumani hokimi qarori bilan bizga, ya’ni “Nurli bog‘-2020” MCHJga 200 gektar tashlandiq yer 49 yil muddatga ijaraga berilgandi. 2021-yil mazkur yerlar egaligini tasdiqlovchi hujjatlar tayyorlab, egalik huquqini rasmiylashtirdik. Shu davrda yerning 156 gektarini texnikalarimiz yordamida ekin ekishga tayyor holatga olib keldik va 139 gektar maydonida mevazor daraxtlar, 17 gektar maydonida esa uzumzor tashkil qildik. Ammo 2023-yil qishda anomal sovuq tufayli bu bog‘ katta zarar ko‘rdi. Ko‘plab daraxt va toklar sovuqqa bardosh bermay qurib qoldi. Ushbu ishlar bu haqdagi dalolatnoma bilan rasmiylashtirib qo‘yilgan. Shunday bo‘lsa-da, biz bu yerda qaytadan ulkan bog‘ yaratish orzusidamiz. Ammo 2022-yil bizga noma’lum sabablarga ko‘ra, ushbu yerning 15 gektardan ortiq qismi vazirlik tomonidan auksion savdoga chiqarib yuborilgani tufayli auksionda uni yutib olgan tadbirkor bog‘imizni kengaytirib, ko‘chat ekish ishlarimizga to‘sqinlik qilmoqda, deydi MCHJ ish yurituvchisi Ma’mur Nuriddinov. 
    Ma’mur Nuriddinov. 
    Foto: “Daryo”
    Foto:  “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Ma’lum bo‘lishicha, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi 2022-yil 14-mart kuni bir qancha noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalari, shu jumladan Shofirkon tumanidagi maydoni 23 gektardan iborat “Osiyo koni 1-uchastkasi”ni auksion savdoga chiqarib yuborgan. Auksionda bu yerni Techno-Crusher Stone MCHJ yutib olgan. Qizig‘i ushbu yerning katta qismi 2020-yilda tuman hokimi qarori bilan “Nurli bog‘-2020” MCHJga berilgan 200 gektar yer hisobida bo‘lgan. 

    Foto: “Daryo”

    Ma’mur Nuriddinovning so‘zlariga ko‘ra, yer maydonining auksionga chiqarilishiga qadar amaldagi qonun hujjatlariga rioya qilinmagan. 

    Vazirlikka ko‘ra esa ushbu yer hududi Davlat komissiyasining 2017-yil 6-fevralidagi 349-sonli bayonnomasiga muvofiq kon sifatida tasdiqlangan. Ammo hokimlik bu yer kon hududi emas, sug‘oriladigan yer maydoni ekanini ma’lum qilgan. Bu haqda Davlat kadastrlari palatasi Shofirkon tumani filiali boshlig‘i A.Saidovning xulosasi ham mavjud. 

    Foto: “Daryo”

     

    Prezidentning “Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonining 5-bandiga muvofiq esa sug‘oriladigan yer maydonlaridan qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin emas. Ikkinchidan, vazirlik huzuridagi kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasining 2022-yildagi 1-01/1718-sonli xatida Techno-Crusher Stone MCHJ tomonidan konda qazish ishlari boshlanishidan oldin, sug‘oriladigan yerlar toifasiga mansubligi hamda qishloq xo‘jaligida foydalanadigan yer turiga kiradimi yoki yo‘qligi to‘g‘risida mahalliy hokimliklardan tegishli xulosa olgan holda ishlash tavsiya etilgan. Biroq bu ishlar amalga oshirilmagani bois yuqoridagi farmon talablari buzilgan.

    Foto: “Daryo”

    Uchinchidan, Vazirlar Mahkamasining “Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnomalar berish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 133-sonli qarorida yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnoma berish bilan bir vaqtda yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish sohasida vakolatli organ va yer qa’ridan foydalanuvchi o‘rtasida yer uchastkasining ijara shartnomasi tuzilishi lozim. Ammo Techno-Crusher Stone MCHJ va Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi “Yer qa’ridan foydalanish markazi” davlat muassasasi o‘rtasida yer uchastkasining ijara shartnomasi tuzilmagan.  

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”
    Hozir noyabr oyi ko‘chat ekish mavsumi hisoblanadi. Bog‘ni kengaytirish uchun ko‘chat ekamiz desak, Techno-Crusher Stone MCHJ rahbari Dilmurod Mustafoyev hamda ish yurituvchisi Gulruh Mahmudova bunga to‘sqinlik qilib, yer bizniki demoqda. Shu sabab biz bog‘ni kengaytirolmayapmiz, yerni sug‘orolmayapmiz, deydi Ma’mur Nuriddinov.

    “Daryo” jurnalisti bilan bu xususda suhbatlashgan Techno-Crusher Stone MCHJ ish yurituvchisi Gulruh Mahmudova auksion orqali sotib olingan yerlar avvaldan ularga tegishli bo‘lganini ta’kidladi. 

    Bizga foydali qazilmalarni qazib olish uchun 2017-yilda litsenziya berilgan. Shofirkon tumani hokimining 2017-yil martdagi qaroriga asosan Techno-Crusher Stone MCHJga Osiyo massividan shag‘al mahsulotlari qazib olish karyeri uchun 9,5 gektar qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yer-maydoni ajratilgan, deydi MCHJ mas’uli. 
    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Viloyat prokurori o‘rinbosarining aniqlashtirishicha, tuman hokimining 2021-yildagi 373-sonli qarori bilan MCHJning arizasiga asosan jamiyatga ajratilgan yerning 8 gektar qismi shag‘al qazib olish ishlari yakunlangani va belgilangan tartibda rekultivatsiya ishlari amalga oshirilganligi inobatga olinib, zaxiraga qaytarilgan. “Nurli bog‘-2020” MCHJ vakilining so‘zlariga ko‘ra esa Mahmudova nazarda tutayotgan yer maydoni auksionga chiqarilgan hudud emas. 

    Tadbirkorlar muammosiga yechim izlab sudlarga ham murojaat qilgan. Jumladan “Nurli bog‘-2020” MCHJ sobiq Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi)ning “Elektron savdo maydonchasida onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadigan noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2022-yil 14-mart kungi 4-sonli qarorining “Nurli bog‘-2020” MCHJga tegishli 15,46 gektar yer maydonini auksionga chiqarish to‘g‘risidagi qismini haqiqiy emas deb topishni so‘rab, sudga murojaat qilgan. Sud ushbu da’voni qanoatlantirgan.

    Foto: “Daryo”

    Shunga qaramasdan yer bilan bog‘liq muammo hamon davom etmoqda. “Nurli bog‘-2020” MCHJ bu yerda bog‘ yaratish uchun harakat qilayotgan bo‘lsa, Techno-Crusher Stone MCHJ shag‘al qazib sotish fikridan qaytgani yo‘q. Majburiy ijro byurosining Shofirkon tumani bo‘limi Techno-Crusher Stone MCHJni shag‘al qazib olishni to‘xtatish haqida ogohlantirgan bo‘lsa-da, bu ishlar davom etmoqda. 

    Muammoning yuzaga kelishida Shofirkon tuman hokimligini aybdor deb sanayotgan Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining “Yer qa'ridan foydalanish markazi” DM Shofirkon tumani hokimi 2020-yil 30-dekabrdagi 724-sonli qarorini chiqarib, “Nurli bog‘-2020” MCHJga yer ajratib berayotganda Davlat geologiya va mineral resurslari qo‘mitasi (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi) bilan kelishmaganini bildirgan.

    Foto: Skrinshot
    Shu yerda meva-sabzavot va poliz mahsulotlarini yetishtirib, “Mingchinor” QFYdagi kichik iqtisodiy sanoat zonasida qayta ishlash va saqlash, kichik logistik markaz qurishni niyat qilganmiz. Bu  bo‘yicha tegishli shartnomalar imzolangan. Zarur binolar qurilishi allaqachon boshlangan. Xitoydan zarur uskunalar yo‘lga chiqqan. Bularning hammasini o‘z mablag‘imizdan qilyapmiz. Bugungi kunda xitoylik tadbirkorlar bilan meva-sabzavotlarni eksport qilish bo‘yicha kelishuvlarga ham erishdik. Maqsadimiz — yaxshidan bog‘ qoladi, degan naqlga amal qilib, go‘zal bog‘ yaratish, xalqimizning farovonligi uchun hissa qo‘shish. Nasib qilsa, ishlarni yo‘lga qo‘ysak, 350 nafar ko‘proq odamni ish bilan ta’minlaymiz. 
    Geologiya vazirligi mas’ul xodimlari viloyat va tuman hokimliklari bilan kelishmasdan tadbirkor hisobidagi, qishloq xo‘jaligi toifasidagi yerni belgilangan tartibga zid ravishda auksion savdolariga chiqarilgan holatlarga nega huquqiy baho berilmayapti? Auksion savdolariga chiqarishga asos bo‘lgan  hujjatlar ma’muriy sudda ko‘rilib haqiqiy emas deb topilgan bo‘lsa-da, sud qarori ijrosi ta’minlanmayapti? Hech kim bizning xarajatlarimiz, ish o‘rinlari yaratish va investitsiya kiritish borasidagi harakatlarimizni inobatga olmayapti”, deydi tadbirkor.
    Foto: “Daryo”

    Yana bir qiziq holat. Shofirkon tumani hokimligi so‘nggi paytlarda o‘zi bergan yerning ijara shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish to‘g‘risida sudga da’vo arizasi kiritmoqda. Shu paytga qadar yer uchun 10 milliard so‘mdan ortiq xarajat qilgan tadbirkor hokimlikning bu qaroridan hayron. Hokimlikning da’vo arizasi G‘ijduvon tumanlararo iqtisodiy sudning 2024-yil 1-noyabrdagi ajrimga ko‘ra, rad etilgan. Qizig‘i, o‘sha sudning o‘zi 18-noyabrdagi ajrimida tuman hokimligining da’vo arizasini davlat boji to‘lovsiz ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi iltimosnomasini qanoatlantirgan. Mazkur ish 2024-yilning 6-dekabr kuni ko‘rib chiqiladi.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    25.11.2024, 15:13   Izoh (0)   15585
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Buxoro#Shofirkon#tadbirkor#yer#qaror#murojaat

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent hokimiga bitta akademikning ochiq xati ta’sir qilmagach, uni qo‘llab yana uch akademik maqola e’lon qildi

    31.01.2018, 09:13

    Buxoro viloyatidagi Xoja Ali Romitaniy ziyoratgohi yonida zamonaviy mehmonxona ishga tushdi

    26.07.2019, 22:22

    Buxoroning Olot va Qorako‘l tumanlarida kartoshka 14 ming so‘mgacha oshgani aytilgandi. Tadbirkor esa 5 tonna kartoshka xarid qilib, aholiga 3,5 ming so‘mdan sotdi...

    19.03.2020, 11:12

    Buxoroda hokimlik tadbirkorga eski masjid yonida Yoshlar guzari qurishga ruxsat berdi. Aholi esa bundan norozi bo‘lib, tadbirkor bilan pichoqbozlikkacha bordi

    12.06.2020, 14:08

    O‘zbekiston mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan bir qator davlat xizmatchilari, ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlari mukofotlandi

    28.08.2020, 22:58

    “Qaysi tilda gapirsang ham mayli, ‘podvodit’ qilmasang bo‘ldi”. Shavkat Mirziyoyev taklif bildirayotganda ruscha so‘z ishlatib yuborgan mahalla raisiga hazil qildi...

    25.01.2021, 09:27

    Buxoroda o‘g‘lining nomidagi 7,4 gektar yerni noqonuniy ravishda 84 ming dollarga sotishga uringan shaxs ushlandi

    01.03.2022, 22:26

    Madaniy meros obyektlariga yetkazilgan katta zarar yuzasidan Turizm vazirligiga taqdimnoma kiritildi

    08.05.2022, 20:16

    Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayrami munosabati bilan 100 yoshdan oshgan 14 nafar fuqaroni “Shuhrat” medali bilan mukofotladi

    29.08.2022, 22:54

    Soliq qo‘mitasi soliq to‘lovchilar uchun sunʼiy intellekt bazasida yaratilgan virtual yordamchini ishga tushirdi

    15.07.2024, 18:00

    O‘zbekistonda bolani oilaviy zo‘ravonlikdan himoyalash choralari kuchaytiriladi

    16.07.2024, 19:20

    Buxoroda 11 ming dollarga sof quyma oltin bo‘lagini sotayotgan shaxslar ushlandi

    18.07.2024, 22:45

    Buxoro va Navoiy viloyatlarida Beeline Uzbekistan mobil interneti tezlashdi

    25.07.2024, 10:30

    Buxoroda elektrdan noqonuniy foydalangan korxona 345 mln so‘m zarar yetkazdi 

    31.07.2024, 17:15

    Buxoroga tadbirkorlik uchun qo‘shimcha 60 mln, infratuzilmaga 40 mln dollar ajratiladi

    12.08.2024, 17:13

    O‘zbekistonda olti oyda Navoiy, Surxondaryo, Farg‘ona va Toshkentda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha o‘zgarish bo‘lmagan

    11.09.2024, 17:31

    O‘zbekistonda bolaga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik qilganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi

    20.09.2024, 18:55

    Buxoroda fuqaroga umrbodlik nafaqa va’da qilgan tibbiyot xodimi pora bilan ushlandi

    26.10.2024, 09:32

    Buxoroda ona 9 yoshli qizining qo‘li va yuziga qizigan kapkir bosdi

    03.11.2024, 21:25

    Buxoroda 16 yoshli bola o‘zgalar nomiga kredit olib, onlayn qimorga tikib yubordi

    10.11.2024, 14:54

    Buxorodagi maktabda fohishaxona tashkil qilgan 62 yoshli qorovulga hukm o‘qildi

    11.11.2024, 09:40

    O‘zbekistonda 20-noyabr kuni yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor hududlar ma’lum qilindi

    19.11.2024, 15:20

    Inqiroz yaqin: O‘zbekistonda suv narxi benzindan qimmat bo‘ladimi?

    19.11.2024, 18:08

    Buxorodagi cho‘llardan saksovul sindirib olib ketayotgan shaxslarga qariyb 40 mln so‘m jarima belgilandi

    19.11.2024, 18:45

    Kogonda 2 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi 

    19.11.2024, 20:20

    Oktyabrda soliq tushumlari 2023-yilning shu davriga nisbatan 15 foizga o‘sdi 

    19.11.2024, 23:00

    O‘zbekistonda 21-noyabr kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    20.11.2024, 14:25

    O‘zbekistonliklar 11.11 savdosida 1 milliondan ortiq onlayn buyurtma berdi

    20.11.2024, 18:00

    “O‘zgidromet” 22-noyabr uchun prognozni e’lon qildi

    21.11.2024, 11:10

    Buxoro va Navoiyda saksovullarni sindirgan shaxslarga jami 43,8 mln so‘m jarima belgilandi

    21.11.2024, 23:59

    O‘zbekistonda 23-noyabr kuni harorat 20 darajagacha iliq bo‘ladi

    22.11.2024, 10:30

    O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    24.11.2024, 11:05

    Farg‘onaning ikki tumanida “valyutchik”lar ushlandi

    24.11.2024, 19:47
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Suriya yana notinch. Mojaroning yangi fazasi boshlandimi?

    02.12.2024, 18:49
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shri Lankada ziyoratchilar bo‘lgan avtobus jarlikka quladi. Qurbonlar bor

    Dunyo | 11 may, 18:35

    Hindiston va Pokiston bir-birini sulhni buzganlikda aybladi

    Dunyo | 11 may, 18:04

    Rossiya 30 kunlik sulh uchun shart qo‘ydi

    Dunyo | 11 may, 17:35

    Vazirlar Mahkamasi binosi madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilishi mumkin

    O‘zbekiston | 11 may, 17:05

    “Bavariya” “Real” hamda “Barselona”ning rejalarini barbod qilishi mumkin

    Sport | 11 may, 17:03

    Mashhur otasining xohishiga qarshi chiqqan, 3 farzandli bo‘lsa ham Anna Kurnikovaga uylanmagan Enrike Iglesias 50 yoshda

    Layfstayl | 11 may, 16:35

    “Ruslar nihoyat o‘ylay boshlashdi” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 16:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.