• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxoroda hokimlik tadbirkorga eski masjid yonida Yoshlar guzari qurishga ruxsat berdi. Aholi esa bundan norozi bo‘lib, tadbirkor bilan pichoqbozlikkacha bordi

    Buxoro viloyati Peshku tumani hokimligi tadbirkorga tumanning Jonxo‘roz qishlog‘idagi eski masjid yonida Yoshlar mehnat guzari tashkil etish uchun ruxsat berdi. Biroq aholi bundan norozi. Shu sabab tadbirkor bilan pichoqlashishgacha borgan. Bu haqda “Daryo”ga shikoyat qilgan aholining aytishicha, tuman hokimligi va mas’ul tashkilotlar vaziyatga tomoshabin bo‘lib turishdan nariga o‘tmagan.

    Foto: “Daryo”

    Voqealar rivojini o‘rganish maqsadida “Daryo” muxbiri Laylo Hayitova Jonxo‘roz qishlog‘ida bo‘ldi.

    Foto: “Daryo”

    “Bu janjalli vaziyatga yuz foiz tuman hokimligi aybdor. Ular tadbirkorga beriladigan yerni hatto kelib ham ko‘rmagan. Hujjatga imzo qo‘yish orqali masalani hal qilib qo‘yishgan. Ko‘rmay-netmay masalani hal qilish esa janjal-u to‘polonlarga sabab bo‘lmoqda. Hatto pichoqlashishgacha borildi, ammo hech kimga chora ko‘rilmadi. Hamma jim, hamma tomoshabin. Biz keksalar qarigan chog‘imizda nabiramiz tengi yigit bilan tortishib, yomon nom orttiradigan bo‘ldik”, — deydi Jonxo‘roz qishlog‘i fuqarosi Sobir Boboyev.

    “Masjid — Xudoning uyi. Uni qishlog‘imiz aholisi 20 yilcha oldin hashar yo‘li bilan tiklagan. Tadbirkor masjid so‘risida o‘tirib, aroqxo‘rlik qildi. Qishloqning to‘y-ma’rakalari uchun yig‘ilgan idish-tovoqlar va tobut saqlanadigan joyni katakxona qildi. Lekin birorta mutasaddi yosh tadbirkorning bu xatti-harakatlariga e’tibor bermadi”, — deydi Mahbuba To‘xtayeva.

    Foto: “Daryo”

    Yosh tadbirkor Zokir Norov esa aholi unga xalal berayotganini, tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilayotganini bildirmoqda.

    “Men Jonxo‘roz qishlog‘idagi yagona tadbirkorman. Yoshim 29 da. Aholi tomonidan tiklangan, uzoq yillardan buyon e’tibordan chetda qolib ketgan norasmiy masjiddan 10-15 metr uzoqlikdagi yerda tadbirkorlikni boshlashim uchun tuman hokimligi tomonidan mening nomimga yer maydoni ajratilgan. Biroq aholining qarshiligi sabab Yoshlar guzarini tiklash uchun hatto bitta g‘isht ham qo‘yolmayapman”, — deydi tadbirkor Zokir Norov.

    Zokir Norov

    Zokir Norov
    Foto: “Daryo”

    Surishtiruvlarimizga ko‘ra, yosh tadbirkor va aholi o‘rtasidagi mojaro ikki yildan buyon davom etib kelayotgan bo‘lib, mazkur muammo tuman hokimligi mas’ullarining xatosi sabab yuzaga kelgan.

    Peshku tuman hokimining 2018-yil 29-dekabr kunidagi qarori bilan tumandagi “Xurram” MFY Jonxo‘roz qishlog‘idan fuqaro Zokir Norovga Yoshlar mehnat guzari (savdo do‘koni, umumiy ovqatlanish, novvoyxona va sovun qadoqlash kichik sexi) majmuasi qurish uchun jami 416 kvadrat metr yer, suv va yo‘lak ajratilgan. Tadbirkorga belgilangan muddatda qurilish-montaj va obodonlashtirish ishlarini to‘liq bajarish mas’uliyati yuklatilgan.

    Tuman hokimi tomonidan yosh tadbirkorga ajratib berilgan hududda aholi tomonidan hashar yo‘li bilan qurilgan norasmiy masjid binosi mavjud bo‘lib, qishloq ahli bu binodan to‘y va ta’ziya marosimlari anjomlarini saqlash, shuningdek, turli milliy bayram va tadbirlarni o‘tkazish uchun foydalanib kelgan. Shu boisdan ham aholi tadbirkorning bu hududdan Yoshlar mehnat guzari qurishiga tish-tirnog‘i bilan qarshi.

    Foto: “Daryo”

    Ushbu qishloqda yashovchi Olim Obloberdiyevning so‘zlariga ko‘ra, aholi tomonidan qurilgan masjid yer maydoni shu qishloqda yashovchi Tolib bobo Obloqulovga tegishli bo‘lgan. U kishi qishloqda tantana-yu ma’rakalarni o‘tkazish uchun maskan yo‘qligini inobatga olib, o‘ziga tegishli bo‘lgan yer maydonini qishloq ahli uchun bergan. Norasmiy bo‘lsa-da, aholi undan masjid sifatida foydalanib kelgan.

    Ma’lumot berilishicha, tumanda norasmiy masjid sifatida foydalanilib kelinayotgan bunday maskanlar 90 tadan ortiqni tashkil etadi.

    Foto: “Daryo”

    Aholining aytishicha, bundan 20 yil oldin masjid deya tiklangan bino oldi ayni kunda qarovsiz holatda. Hududda o‘t-o‘lan, qamish-tikanlar bo‘y cho‘zgan. Ammo tadbirkor “yer meniki” deb aholining obodonlashtirishiga yo‘l qo‘ymaydi. “Xurram” MFY raisi ham bu janjallardan bezgan, shekilli, mutasaddilar tomonidan chaqirilganiga qaramay, voqea joyiga kelmadi.

    Tuman hokimligi mas’ullari o‘z vaqtida qilingan xatoni to‘g‘irlash uchun tadbirkorga ajratilgan yerning ziddiyatli ekanini, shuningdek, qishloq aholisining istak-xohishi va talabidan kelib chiqib, tomonlarni yarashtirish maqsadida fuqaro Zokir Norovga tadbirkorlik qilishi uchun qulayroq joydan qonun talablari asosida yer maydoni ajratib berishni taklif qilgan. Biroq yosh tadbirkor va uning oila a’zolari tomonidan bu takliflar rad etib kelingan.

    Foto: “Daryo”

    “To‘g‘ri, tumanning boshqa manzillaridan tadbirkorlik faoliyatimni yo‘lga qo‘yishim uchun tuman hokimi tomonidan menga yer taklif qilindi. Ammo qonunga zid qaror qabul qilish ham noto‘g‘ri emasmi? Vaholanki, hokimning yer berishga vakolati yo‘q,—deydi Zokir Norov. — Men esa ikki yildan buyon aholining qarshiligi bilan o‘zimga ajratilgan yer maydonida ish boshlay olmayapman. Agar tadbirkorligimni yo‘lga qo‘ysam, har bir xonadondan kamida bir nafardan kishi ish bilan ta’minlanadi. Holbuki, qishlog‘imizning qariyb 70 foiz aholisi ishsiz.

    Tadbirkor Zokir Norovning aytishicha, unga tuman hokimining 2017-yil 22-iyundagi hamda 2018-yil 29-iyundagi qarorlari bilan savdo do‘koni binosi hamda “Peshku standart qurilish” MChJga qarashli savdo majmuasi hamda kichik ishlab chiqarish sexi uchun jami 914,8 kvadrat metr yer maydoni ajratilgan. Biroq tadbirkor xohishi bilan tuman zaxirasiga qaytarilib, Yoshlar mehnat guzari barpo etishi uchun norasmiy masjid hududidan yer maydoni ajratib berilgan.

    Aniqlanishicha, Jonxo‘roz qishlog‘ida jami 64 ta xonadon bo‘lib, 60 ta xonadon tadbirkor Zokir Norovning masjid hududidan Yoshlar mehnat guzari qurishiga qarshi chiqmoqda.

    Foto: “Daryo”

    “Tuman rahbariyati tomonidan masjid deb kelganimiz bu inshoot mahalla guzari deya o‘zgartirildi. Ammo Zokir Norovning o‘z tadbirkorlik ishini shu yerdan boshqa joyda qilmayman, deb oyoq tirab olishi biz hamqishloqlar uchun juda og‘ir botyapti. Qishloqdoshlarimizning hammasi bunga norozi. Tumanning dardi, mashaqqati ko‘p. Shunga qaramay, tadbirkorning mening tadbirkorligimga xalq to‘sqinlik qilyapti, deb turli ijtimoiy tarmoqlarga chiqishi, kimlarningdir ustidan yozib, sudbozlik qilishi hammamizning ham asabimizni buzib bo‘ldi”, — deydi ushbu qishloqda yashovchi Ikrom O‘roqov.

    Ta’kidlanishicha, aholining noroziligi sabab Peshku tuman hokimi tomonidan 2018-yilning 29-dekabrida qabul qilingan yosh tadbirkorga yer ajratish to‘g‘risida qaror bekor qilingan. Biroq tadbirkor tuman hokimining mazkur qaroridan norozi bo‘lib, viloyat Adliya boshqarmasiga murojaat qilgan. Adliya boshqarmasi esa sudga da’vo arizasi kiritgan. Shofirkon tuman Ma’muriy sudi ushbu da’vo arizasini qanoatlantirgan va tadbirkorga norasmiy masjid hududidagi yeri qaytarilgan. Shundan so‘ng tadbirkorning oila a’zolari va Jonxo‘roz qishlog‘i aholisi o‘rtasida noroziliklar keskinlashgan.

    Foto: “Daryo”

    “2019-yilning 10-iyul kuni qishloqdagi hashar yo‘li bilan qurilgan masjid binosi mushtlashuv va to‘polon bo‘ldi, — deydi aholi vakillari. — Tuman IIB hamda boshqa huquq-tartibot idoralari tezkor guruhlari yetib kelishiga qaramay, janjal natijasida yosh tadbirkor va uning akasi Botir Boltayev shu qishloqda yashovchi fuqaro Xayrulla Ostonovning o‘ng qo‘l tirsagi va chap bel sohasiga urib, unga tan jarohati yetkazgan”.

    Aniqlanishicha, mazkur holat yuzasidan Peshku tuman IIB tomonidan aka-ukalarga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov natijasi bo‘yicha Jinoyat ishlari bo‘yicha Romitan tuman sudining 2019-yil 25-dekabrdagi hukmiga ko‘ra, tadbirkor va uning akasi Botir Boltayev Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi (Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan aybdor deb topilib, uch yil olti oy muddatga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilingan.

    Foto: “Daryo”

    Yuzaga kelgan kelishmovchiliklar oqibatida Jonxo‘roz qishlog‘i aholisi tadbirkor va uning oila a’zolarini mahalladagi to‘y va ta’ziyalardan haydab chiqara boshlagan.

    “Qishloqdoshlarimning qo‘ni-qo‘shnilarga agar tadbirkorning savdo do‘koniga kirsanglar, sizlarni qishloqdan ajratib qo‘yamiz, degan bo‘lmag‘ur gaplarni tarqatishi alamzadalik emasmi?! Qishloqdoshlarimni deb men va akam nohaq jinoiy javobgarlikka tortildik. Sudda aybimni isbotlasha olishmagach, majburan ichki ishlar bo‘limi xodimlaridan ko‘rsatma olishdi”, — deydi Zokir Norov.

    Zokir Norov

    Zokir Norov
    Foto: “Daryo”

    “Imom-xatib ham nasihat qildi, bari foydasiz. Tadbirkor qonun, qaror, deydi. Ammo o‘zida odamiylik qonuni, insoniylik qaroridan asar ham yo‘q. Hamonki, uning ishi zo‘ravonlik. U zo‘rlik qilsa, uni ham yer qilib tashlaydigan qishlog‘imizning chaqqon yigitlari bor. Tadbirkorning masjid yerida bino tiklashga qasddan oyoq tirab olishidan hammamiz norozimiz”, — deydi keksa otaxonlardan biri Ibodullo Boboyev.

    Peshku tuman hokimi Amrillo Nazarovning “Daryo” muxbiriga ma’lum qilishicha, Jonxo‘roz qishlog‘i aholisi va yosh tadbirkor o‘rtasidagi ikki yillik mojaroni bartaraf etish uchun barcha choralar ko‘rilgan. Tadbirkorga faoliyatini amalga oshirish uchun tuman markazidagi “Yangibozor”, “O‘g‘lon”,“Quchoq” mahallasining katta yo‘l yoqasida joylashgan manzillaridan joy ajratish uchun yer maydonlari taklif qilingan. Yarashtirish uchun tomonlar bir necha bor yuzlashtirilgan. Har ikki tomon ishtirokida yig‘inlar o‘tkazilgan. Barcha huquq-tartibot idoralari vakillari ham aralashgan. Lekin ijobiy natija bo‘lmagan.

    “Men shu mojarolardan qutilish uchun savdo do‘konim yer maydonini zaxiraga qaytarish bo‘yicha ariza ham kiritganman. Tuman hokimligi mutasaddilariga do‘ppi torlik qilayotgan bo‘lsa, mayli, men talab qilishga haqli bo‘lganim – kompensatsiya pulini ham so‘ramayman. Aholiga ko‘ra masjid deya yuritilayotgan norasmiy, shaharsozlik talablariga javob bermaydigan bino va menga tegishli yer maydonini o‘rab turgan temir to‘siqlarni yechib, belgilangan joyni o‘rab olishsin. Temir to‘siq ortidagi mavjud bo‘lgan, men solig‘ini to‘lab kelayotganim – hokimiyat zaxira yer maydonini ham qishloq aholisiga o‘tkazishsin. Undan tashqari, tadbirkorlik faoliyatimni yuritish uchun ajratilgan yo‘lak maydonidan ham bemalol foydalanishsin. Faqat mening Yoshlar mehnat guzarimni tiklashga to‘siq qo‘yishmasa bo‘ldi. E’tirozim yo‘q, bu borada tilxat yozib ham berishga tayyorman. Ammo men arzimagan pulni deb yirik loyihamdan voz kecholmayman”, — deydi Zokir Norov.

    Kamol Imomov

    Kamol Imomov
    Foto: “Daryo”

    Tuman hokimi o‘rinbosari Kamol Imomovga ko‘ra, nuqson har bir tizimda uchraydi. Haqiqatan ham tuman hokimligi o‘z vaqtida yerni ko‘rmasdan, bilmasdan yosh tadbirkorga foydalanishi uchun qarorlashtirgani katta ko‘ngilsizliklarga sabab bo‘lmoqda.

    “Ammo tuman hokimligi aybi bilan yuzaga kelgan kamchilikni ro‘kach qilaverib, qonunlarni aylantiraverish ham gohida inson uchun odamiylik tushunchalari ustuvor turishi lozimligini anglatarkan. Axir yirik tadbirkorlikni amalga oshirish uchun to‘polon va janjallarga sabab bo‘laverish ham millatimizga xos xislat emas. Haqli ravishda har ikki tomon uchun manfaatli bo‘ladigan qarorga keldik”, — deydi Kamol Imomov.

    Peshku tuman hokimi yuristi Abbos Boboyevga ko‘ra, endilikda mahalla guzari binosi va uning atrofidagi temir to‘siqlar olib tashlanib, bino ayvonidan yon tomonga 15 metr masofa saqlangan holda yosh tadbirkorga tegishli 416 kvadrat metr maydon atrofi o‘rab olinadi. Shu asnoda yosh tadbirkor atrofi o‘rab olinadigan yer maydonida qurilish-montaj ishlarini boshlaydi. Shuningdek, mahalla guzariga uning qarshisidagi 914,8 kvadrat metr zaxira yer maydoni ham aholi foydalanishiga beriladi, ya’ni tadbirkor ushbu zaxira yer maydonida qurilgan o‘ziga tegishli mulk — savdo do‘konini buzadi.

    Yosh tadbirkor ham mazkur qarorga roziligini ma’lum qildi.

    Tuman hokimligi, aholi va yosh tadbirkor ushbu masalaga oydinlik kiritishda yaqindan ko‘mak bergani uchun “Daryo”ga minnatdorlik bildirdi.

    12.06.2020, 14:08   Izoh (0)   32432
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistondagi pensionerlar soni va o‘rtacha pensiya miqdori ma’lum qilindi

    12.06.2020, 13:31

    O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorning kim bilan muloqot qilganligini ko‘rsatuvchi mobil ilova joriy etiladi

    12.06.2020, 13:07

    Qirg‘iziston prezidenti O‘zbekiston bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini saqlashga intilayotganini bildirdi

    12.06.2020, 12:54

    Toshkentdagi Mega Planet savdo markazida namozxona ochildi

    12.06.2020, 11:51

    Qashqadaryoda bir korxona ishchilarining 28 nafari koronavirusga chalingani haqida qo‘shimcha ma’lumot berildi

    12.06.2020, 11:05

    Qirg‘izistonda yuz bergan zilzila kuchi Andijonda sezildi

    12.06.2020, 10:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.