Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida 11 ming AQSH dollariga sof quyma oltin bo‘lagini sotayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
![](/static/2024/07/18/2024-07-18 21.43.33-F16d_Kaa.jpg)
Maʼlum qilinishicha, departamentning Shofirkon tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar I.I. va S.A. noqonuniy daromad orttirish maqsadida fuqarolar N.B. va U.M.ga og‘irligi 154,3 gramm bo‘lgan 1 dona sof quyma oltin bo‘lagini 11 ming dollarga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)