• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Madaniy meros obyektlariga yetkazilgan katta zarar yuzasidan Turizm vazirligiga taqdimnoma kiritildi

    Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Toshkent viloyatidagi “Kultepa”, Buxoro viloyatidagi “Vardonze yodgorligi” va Toshkent shahridagi “Quloqtepa (Quloqlitepa)” arxeologiya merosi obyektlarining muhofaza qilinishi, saqlanishi va ulardan foydalanishda qonunchilikka rioya etilishi holatlarini o‘rgandi. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar qildi.

    Qayd etilishicha, o‘rganishlar ayrim tuman hokimlari va idoralarining mas’ul xodimlari sohaga oid qonunchilik ijrosini yetarli ta’minlamaganligi, zimmalaridagi vazifalar ijrosiga loqaydlik bilan munosabatda bo‘lish orqali qonun hujjatlari talablarini buzish holatlariga yo‘l qo‘yganligini ko‘rsatgan. Xususan, Madaniy meros agentligi tomonidan arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ularni asrash borasidagi vazifalar lozim darajada bajarilmagan. Oqibatda yuqoridagi obyektlar hokimliklarning qarorlari bilan tadbirkorlarga berib yuborilgan. Ularning muhofaza hududlarida qurilish ishlari amalga oshirilgan yoki qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ekilib katta qismi yo‘q qilingan.

    Jumladan, Toshkent shahar hokimining 2015-yilgi qarori bilan fuqaro B.Inag‘omovga Yunusobod tumanidagi “Quloqtepa (Quloqlitepa)” arxeologiya merosi obyektini muhofaza hududidan “otalar choyxonasi” qurish uchun 0,06 ga yer maydoni ajratib berilgan. Oqibatda davlat manfaatlariga 6,5 milliard so‘m zarar yetkazilgan. Nazorat ishlari yetarli amalga oshirilmaganligi bois ushbu arxeologiya merosi obyektlariga jiddiy shikast yetkazilgan.

    Shuningdek, Toshkent viloyati Parkent tumani sobiq hokimi “Kultepa” arxeologiya yodgorligi hududini qaror asosida tadbirkorlik subyektiga berib yuborgan. Tadbirkor tomonidan obyektning 2 gektar qismi g‘isht quyish uchun buzilib, davlat manfaatlariga 1 trillion 587,6 milliard so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

    Mavzuga doir: Parkentdagi qadimiy yodgorlik g‘isht zavodiga aylantirilgan – mas’ullar nima deydi?

    Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi “Vardonze yodgorligi” arxeologiya merosi obyektining muhofaza hududi tuman hokimining qarori bilan 124 gektardan 76 gektarga qisqartirilib, tumandagi “To‘ymurod Xolmurod o‘g‘li” fermer xo‘jaligiga yaylov sifatida berib yuborilgan. Fermer xo‘jaligi mansabdor shaxslari hududda yer qazish, yer tuzish, ekin ekish va melioratsiya ishlarini amalga oshirgani oqibatida uning madaniy qatlami buzilib, saksovul o‘simliklari va tarixiy ashyolar nobud bo‘lgan hamda davlat manfaatlariga 26,7 milliard so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

    Ushbu arxeologiya merosi obyektlariga mansabdor shaxslar tomonidan jiddiy shikast yetkazilgani holatlari bo‘yicha Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda prokuratura idoralari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Ta’kidlanishicha, arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish bo‘yicha yetarli choralar ko‘rilmagani tufayli hozirda “Kultepa” arxeologiya obyektining yarmi yo‘q bo‘lgan. “Vardonze yodgorligi” va “Quloqtepa”ning muhofaza hududi buzilib, halokat yoqasiga kelib qolgan.

    O‘rganishlar davomida “Quloqtepa” arxeologiya obyektiga jamoatchi inspektor biriktirilmagani aniqlangan. Shuningdek, “Quloqtepa” va “Kultepa” arxeologiya merosi obyektlarida muhofaza belgilari o‘rnatilmagan va ularga kadastr hujjatlari rasmiylashtirilmagan.

    Korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar belgilashni so‘rab, Turizm va madaniy meros vazirligiga taqdimnoma kiritilgan.

    Avvalroq Buxoroda qo‘yxonaga aylangani rad etilgan “Chor minor” madrasasi chorbog‘ida tandirdan ham foydalanib kelingani ma’lum bo‘lgani, Qoraqalpog‘istonda maqbara hududida qabr uchun yerlar sotilayotgani, Samarqandda “snos”ga tushgan hududdan topilgan Qur’on oyatlari tushirilgan qadimiy qabrtoshlar qaysi asrga va kimga tegishli ekani aniqlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

    Mavzuga doir: 

    • Shoshtepa yodgorligini konservatsiya qilish ishlarini amalga oshiradigan korxonaga litsenziya berildi
    • Xalqaro ekspeditsiya Qoraqalpog‘istonning tarixiy yodgorliklarini o‘rgandi

    08.05.2022, 20:16   Izoh (0)   10671
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryoda “ko‘cha zo‘rlari” paydo bo‘lgani haqidagi xabarga munosabat bildirildi

    08.05.2022, 19:46

    Qashqadaryoda 3 yoshli bolaning qo‘li go‘sht maydalagichga kirib ketdi

    08.05.2022, 19:15

    O‘zbekistonda 9-may kuni yomg‘ir yog‘ib, kuchli shamol bo‘lishi kutilmoqda

    08.05.2022, 14:58

    Termizdagi “Alpomish” kurash majmuasining tomi qulab tushdi

    08.05.2022, 13:49

    Moskvada Buxoroga uchayotgan samolyot favqulodda qo‘ndirildi

    08.05.2022, 11:54

    Jizzaxda aholi yashaydigan hududda bo‘rilar izg‘ib yurgani aytilgan xabarlarga izoh berildi

    08.05.2022, 11:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46

    Gretsiyada 4 kun ichida 242 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 23:39

    Madonna 66 yoshda: butun umr otasining roziligini izlagan va jannatdan haydalishdan qo‘rqqan qizaloqdan pop malikasi bo‘lishgacha bosib o‘tilgan yo‘l

    Musiqa | 16 avgust, 23:26

    AQSH g‘azoliklar uchun viza berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 16 avgust, 23:15

    Afg‘onistonda soqol olgan erkaklar hibsga olinmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 22:55

    Superliga. “Nasaf” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 16 avgust, 22:44

    “Jamiyat bilan davlat o‘rtasida muloqot yo‘q” — Abdulla Abduqodirov O‘zbekiston rivoji uchun nimalar muhimligi haqida

    O‘zbekiston | 16 avgust, 22:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.