• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12892.91
    • RUB160.34
    • EUR14512.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda jamoat transporti tun-u kun ishlash rejimiga o‘tkazilishi mumkin

    Strategik islohotlar agentligi tomonidan tungi iqtisodiyot bo‘yicha Buyuk Britaniya, Tailand, AQSH, BAA va Avstraliya tajribasi va ushbu yo‘nalishni O‘zbekistonda yanada rivojlantirish istiqbollari o‘rganildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    2023-yilgi maʼlumotlarga ko‘ra, Londonda tungi iqtisodiyotdan yillik tushumlar miqdori — 44 mlrd dollar, Bangkokda — 10 mlrd dollar, Nyu Yorkda — 35 mlrd dollar, Dubayda — 29 mlrd dollar hamda Sidneyda — 3,8 mlrd dollarni tashkil etgan.

    Mazkur shaharlarda tungi iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida bir qator islohotlar amalga oshirilgan. Xususan:

    • ko‘ngilochar maskanlari va restoranlar 24 soat faoliyat yuritish huquqini beradigan litsenziyaga ega, qonunchilikka ularning ish vaqtini uzaytirish imkonini beruvchi normalar kiritilgan;
    • tunda faoliyat olib boruvchi tashkilotlar va aholi manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni taʼminlash hamda tungi iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tungi mer (tungi hokim) lavozimi joriy etilgan;
    • tungi hayot faol hududlarda aholi va turistlar xavfsizligini taʼminlash maqsadida politsiya patrullari soni ko‘paytirilgan hamda 24 soat davomida xizmat ko‘rsatadigan jamoat transportlari yo‘nalishlari yaratilgan;
    • tunda faoliyat olib boruvchi tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari keng amalga oshirilib kelinadi.
    “Toshkent shahrida tungi iqtisodiyotni rivojlantirish uchun birinchi qadam sifatida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan imkoniyatlar chetda qolib, bir nechta ko‘chalarni gastronomik ko‘chalarga aylantirish chora-tadbirlari bilan cheklanib qolinmoqda”, – deyiladi xabarda.

    Bunga misol qilib quyidagilar keltirilgan:

    • tungi vaqtlarda poytaxtda transport xizmatiga talab mavjud bo‘lib, bu faqatgina shaxsiy yo‘nalishsiz taksi xizmatlarining faoliyati evaziga qondirilmoqda, biroq tungi rejimda xizmat ko‘rsatuvchi jamoat transporti harakati yo‘lga qo‘yilmagan;

    Toshkent shahrida avtobuslar harakati 05:00 dan 23:00 gacha, metro harakati esa 05:00 dan 00:00 ga qadar xizmat ko‘rsatishi belgilangan.

    • tungi vaqtlarda madaniyat va sanʼat muassasalari hamda sport va ko‘ngilochar dam olish maskanlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyati mavjud;

    Misol uchun, madaniyat va sanʼatga qiziquvchi aholi va turistlarga galereyalar, muzeylar va kinoteatrlarni 24/7 rejimida ishlash huquqini berish hamda sport havaskorlari uchun sport maydonchalari, kibersport va fitnes klublar ish vaqtini uzaytirish imkoniyatlari mavjud.

    • tungi iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida xavfsiz va jozibador jamoat joylarini loyihalash, shovqin va chiqindi bilan bog‘liq masalalar bilan ishlash uchun masʼul organ biriktirilmagan;

    Butun dunyo bo‘yicha 60 dan ortiq shaharlarda “tungi hokim” lavozimlari joriy etilgan bo‘lib, ular shaharlarning ekotizimini boshqaradi va innovatsion takliflarni ishlab chiqadi.

    • tunda faoliyat olib boradigan majmualar (kafe, tungi klub, muzey, sport majmualari va boshqalar) haqida mahalliy va xorijiy turistlar maʼlumot olishlari uchun elektron platforma yaratilmagan.

    O‘zbekistonda tungi iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida Strategik islohotlar agentligi tomonidan quyidagi takliflar ishlab chiqildi:

    • 2025-yil 1-fevraldan boshlab tungi iqtisodiyot va turizmni rivojlantirishga qaratilgan ishchi guruh tashkil etish;
    • Tungi iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash maqsadida har juma va shanba kunlarida dam olish maskanlarni 24/7 rejimida uzluksiz ravishda ishlashini taʼminlash va tunda faoliyat olib boruvchi maskanlarning ish vaqti bilan bog‘liq cheklovlarni bekor qilish;
    • Toshkent shahrida turistik salohiyatga ega hududlarni belgilab ushbu hududlarda tungi faoliyat zonalarini tashkil qilish;
    • Tungi iqtisodiyot rivojlantirilishi rejalashtirilgan shaharlarning har birida jamoat transportini (avtobus, tramvay, metro) 24 soatlik rejimga o‘tkazish;
    • “Tungi Toshkent” elektron platformasini ishlab chiqish hamda ushbu platformada tunda faoliyat olib boradigan maskanlar, tungi jamoat transporti yo‘nalishlari hamda maxsus arzonlashtirilgan takliflar haqida maʼlumot olish imkonini yaratish;
    • Tungi iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida belgilangan muayyan hududlarni modernizatsiya qilish, ko‘chalarda yoritish tizimini kuchaytirish hamda aholi va turistlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish.

    Shundan kelib chiqib, “O‘zbekistonda tungi iqtisodiyotni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni loyihasi hamda tungi iqtisodiyotni rivojlantirish va litsenziyalar berish tartibini isloh qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.

    27.11.2024, 18:52   Izoh (0)   4280
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #avtobus#metro#tungi iqtisodiyot

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent metropolitenidan bir kunda qancha yo‘lovchi foydalanishi ma’lum bo‘ldi 

    07.03.2024, 17:17

    Toshkentda yana bir avtobus yo‘nalishi to‘xtatildi 

    10.03.2024, 18:15

    Bayram kunlari Toshkent jamoat transporti harakati qanday tashkil etilishi ma’lum qilindi

    19.03.2024, 09:21

    Toshkent metropoliteni ayrim bekatlar oralig‘ida harakat vaqtincha bir tomonlama tashkil etilishidan ogohlantirdi

    26.03.2024, 11:48

    “Daryo” dayjesti: 9-aprelning eng muhim xabarlari

    09.04.2024, 22:15

    Dubayda dunyodagi eng katta aeroport terminali qurilmoqda (foto)

    28.04.2024, 23:50

    Toshkentdan Chorvoqqa mavsumiy avtobus qatnovi boshlandi

    30.04.2024, 15:19

    O‘zbekistonda o‘tadigan futzal bo‘yicha Jahon chempionati muxlislari uchun temiryo‘l chegirmalari beriladi

    29.05.2024, 10:05

    Mustaqillik bayrami kunlari avtobuslar ish tartibi ma’lum qilindi 

    30.08.2024, 12:55

    Toshkentda avtobus yo‘lovchisi sog‘ligi yomonlashib, vafot etdi

    26.09.2024, 19:24

    Pokistonda to‘yga ketayotgan avtobus daryoga tushib ketdi (video) 

    13.11.2024, 09:25

    Samarqandda avtobus maktab yaqinida yo‘lni kesib o‘tayotgan bolani urib yubordi 

    14.11.2024, 13:09

    CAEx Baraka Friday: sotuvlar yarmarkasi 10-15 dekabr kunlari Toshkentda o‘tkaziladi

    14.11.2024, 16:30

    Voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib ushlangan shaxslar, Sirdaryoda haydovchidan pora talab qilgan YPX inspektori, faollik darajasi III chorakda oshgan

    14.11.2024, 22:49

    “Vir va Zara” 20 yoshda: Hind kinosining durdona asari haqida siz bilmagan qiziq faktlar 

    16.11.2024, 10:20

    InfinBLACK kredit kartasi qanday moliyaviy erkinlik beradi?

    15.11.2024, 16:30

    Toshkentda avtobus va Lacetti to‘qnashdi

    19.11.2024, 16:09

    Prezidentning Senat birinchi majlisidagi nutqi, Andijondagi Bobur haykalining ko‘chirilishi, Namangan va Buxoroda is gazidan besh kishining vafot etishi: 19-noyabr...

    19.11.2024, 22:50

    Jizzaxda Cobalt katta tezlikda ikki qizchani urib yubordi 

    20.11.2024, 09:15

    Urganchga Xitoydan 10 ta yangi avtobus olib kelindi

    20.11.2024, 19:15

    Toshkentda 1-yanvardan avtobus va metro yo‘lkira narxlari 3 ming so‘m bo‘lishi kutilmoqda

    25.11.2024, 22:20

    Ishdan olingan bosh vazir yordamchisi va uning akasi, Komil Allamjonovga suiqasdda gumonlanib, qamoqqa olinganlar, Qashqadaryoda ayoli va chaqalog‘ini o‘ldirgan er...

    25.11.2024, 23:10
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Mexiko shahrida merning kotibi va maslahatchisi otib o‘ldirildi

    Dunyo | 22 may, 00:10

    Baydenning sobiq shifokori uning qancha umri qolganini ma’lum qildi

    Dunyo | 21 may, 23:55

    Xitoyda 650 yillik qadimiy Nog‘ora minorasi tomi qulab tushdi

    Dunyo | 21 may, 23:45

    AQSHda xaker aloqa xizmati bazasiga kirib, 60 ga yaqin amaldorning ma’lumotlarini o‘g‘irladi

    Dunyo | 21 may, 23:35

    Shavkat Mirziyoyev Lyublyanaga yetib bordi

    O‘zbekiston | 21 may, 23:20

    Ispaniyada Ukrainaning sobiq prezidenti maslahatchisi otib ketildi

    Dunyo | 21 may, 23:16

    “Daryo” dayjesti: 21-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 21 may, 23:01

    Flik “Barselona” bilan shartnomani uzaytirdi

    Sport | 21 may, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.