Toshkent shahrida yana bir avtobus yo‘nalishi 11-mart kunidan boshlab to‘xtatildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, Toshkent metropoliteni yerusti halqa yo‘lining Turon (13-bekat) va Qipchoq (14-bekat) bekatlari 2024-yil 11-mart, dushanba kunidan ishga tushishi munosabati bilan, ushbu oraliqda vaqtinchalik faoliyat yuritayotgan “Toshshahartransxizmat”ning “12-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 1m-sonli Qipchoq–Quruvchilar metrosi vaqtinchalik avtobus yo‘nalishida xizmat ko‘rsatish 2024-yil 11-mart kunidan boshlab to‘xtatildi.
Ushbu avtobus yo‘nalishi 2 ta King Long rusumli avtobuslar asosida Turon va Quruvchilar metro bekatlarini o‘zaro bog‘lash maqsadida 2023-yilning aprel oyida vaqtinchalik harakatlanish uchun tashkil etilgan edi.
Izoh (0)