Prezident raisligida ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilishi, Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov iqtisodchi Otabek Bakirov ustidan prokuratura va IIVga shikoyat arizasi kiritishi, bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish uchun 5 yilga litsenziya berilishi — “Daryo” nashri bugun, 13-dekabrda eʼlon qilingan O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid eʼtiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi.
O‘zbekistonda issiqxonalarga tabiiy gaz yetkazib berishga qisman cheklovlar kiritildi
Mazkur cheklovlar faqat havo harorati keskin pasayib ketgan vaqtda qo‘llaniladi.
Kambag‘al oilalar farzandlarining 3,5 ming nafari oliygohlarga grant asosida qabul qilinadi
Mutasaddilarga 1-martgacha to‘garaklar ochib, kambag‘al oiladagi 118 ming yoshlarni o‘qitishni boshlash topshirildi.
“Kambag‘al oiladagi 460 ming odam tibbiy yordamga, 6 mingta oila esa uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj” — prezident
2025-yilda muhtoj odamlarning jarrohlik amaliyoti uchun Tibbiy sug‘urta jamg‘armasiga qo‘shimcha 185 mlrd so‘m ajratiladi.
Prezident respublika bo‘yicha 33 ta tumanda nogironligi borlarning reabilitatsiyasi qamrovi 1 foizga ham yetmasligini tanqid qildi
Joriy yil boshidan nogironligi borlar Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Sirdaryo va Surxondaryoda 10 foizga ko‘paydi. Bu ko‘rsatkich 20 ta tumanda 12 foizdan yuqori.
O‘zbekistonda ijtimoiy xizmat va yordam olish uchun maxsus karta joriy etiladi
Ijtimoiy karta bilan avtobus, metroda bepul yurish, elektr, gaz va o‘qish xarajatiga kompensatsiya olish mumkin bo‘ladi. Nafaqa va yordam pullari ham shu kartaga tushadi.
“Top-100” ayoli ro‘yxatiga kirgan Dilorom Yo‘ldoshevaga “Mardlik” ordeni berildi
Prezident dunyoning eng ruhlantiruvchi “Top-100” ayoli ro‘yxatiga kirgan denovlik Dilorom Yo‘ldoshevaning ishlarini eʼtirof etdi. Bu ayol nogironligi bor bo‘lsa-da, tikuv korxonasini ochib, 40 nafar kambag‘al xotin-qizlarni ishli qilgan.
O‘zbekistonda harakatlanishi cheklangan bolalarga maktabga kelib-ketish xarajatining 75 foizini qoplab berish tizimi joriy etiladi
Respublika bo‘yicha nogironligi bor bolalarni 16,5 mingi maktabga, 17,5 mingi bog‘chaga bormaydi, yana 11 ming bola maxsus maktab-internatlarda ota-onasidan uzoqda o‘qiyapti.
Yanvardan nogironligi bo‘lgan ishchilar uchun ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilanadi
Ayni paytda mazkur soliq stavkasi 12 foizni tashkil etadi.
Shahnoza Mirziyoyeva zimmasiga yangi vazifa yuklatildi
Endilikda u nogironligi bor hamda ota-ona mehridan bebahra qolgan bolalarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi va oilaviy muhitga qaytishini tashkil qilish masalalarini muvofiqlashtiradi.
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov iqtisodchi Otabek Bakirov ustidan prokuratura va IIVga shikoyat arizasi kiritdi
Shikoyat Bakirovning 2023-yil 5-iyun kuni Sag‘bon podstansiyasi bilan bog‘liq muammo haqida yozgan posti bilan bog‘liq.
O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish uchun 5 yilga litsenziya beriladi
Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar, lotereyalar tashkil etish va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga qo‘yiladigan talablar tasdiqlandi.
O‘zbekistonda energetika sohasida qiymati 3,7 mlrd dollarlik 18 ta loyiha ishga tushiriladi
Prezident buni energetika sohasidagi tarixiy voqea deb atadi.
Samarqandda 23 yoshli byuti-bloger qiz vafot etdi
Holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
“O‘zbekiston iqtisodiyoti hajmi 2030-yilga borib 200 mlrd dollarga yetkazilishi reja qilingan” — prezident
Shuningdek, 2030-yilgacha 19 ming megavatt “yashil quvvat”larni barpo etib, qayta tiklanuvchi energiya ulushini 54 foizga yetkazish rejalashtirilgan.
Xalq artisti To‘lqin Tojiyev 88 yoshida vafot etdi (foto)
Kino, teatr va dublyaj sanʼati ustasi vafot etdi. U mingdan ortiq filmlarni ovozlashtirishda ishtirok etgan.
Sergelidagi fastfud kafesida yong‘in sodir bo‘ldi
Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.
BAA yetakchi kompaniyalari ishtirokida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalar portfeli 20 mlrd dollarga yetdi
Shavkat Mirziyoyev BAA sanoat va ilg‘or texnologiyalar vaziri hamda energetika va infratuzilma vaziri bilan uchrashdi.
Shavkat Mirziyoyev ACWA Power kompaniyasi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Nimalar muhokama qilindi?
Bugungi kunga amalga oshirilgan loyihalar portfeli 15 milliard dollarni tashkil etmoqda.
Ozodbek Nazarbekov “Qirg‘iziston Respublikasi xalq artisti” unvoni bilan taqdirlandi
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Ozodbek Nazarbekov bilan uchrashdi.
Turkiyaning kompaniyasi bilan hamkorlikda Qashqadaryoda quvvati 400 mVt bo‘lgan elektr stansiyasi ishga tushirildi
Shavkat Mirziyoyev Aksa Enerji kompaniyasi raisi Jamil Kazanchini qabul qildi.
Izoh (0)