Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda uch nafar farzandi bo‘lgan er-xotin ko‘mirdan chiqqan is gazidan vafot etgani haqida xabarlar tarqalgandi. Asaka tumani hokimligi bu ma’lumotni tasdiqladi.
Aniqlanishicha, IIB navbatchilik qismining xabariga ko‘ra, 7-dekabr soat 9:20 lar atrofida Asaka tumani, Uchtosh ko‘chasida yashovchi 1985-yilda tug‘ilgan fuqaro M.A. va uning 1986-yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i M.A.ning jasadi yashash xonadonida qo‘lbola usulda yasalgan isitish pechiga solingan ko‘mir yoqilg‘isidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanish a’lomatlari bilan topilgan.
Hodisa joyi tergov-tezkor guruhi a’zolari tomonidan ko‘zdan kechirilib, fuqarolarning o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Mazkur holat yuzasidan Asaka tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Is gazidan vafot etayotgan fuqarolar
2024-yil mart oyida Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida bir oilaning uch a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etgandi. Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida er-xotin is gazidan halok bo‘ldi. Oktyabr oyida Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Noyabr oyi boshida Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida 4 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi. 12-noyabrda Buxoro viloyati Kogon shahrida ayol va uning voyaga yetmagan farzandi is gazidan vafot etdi. 18-noyabr kuni Namangan viloyatining Pop tumanida bir oilaning 3 nafar aʼzosi is gazi qurboni bo‘ldi. Toshkent viloyatining Piskent tumanida 14-dekabrda to‘yi bo‘lgan kelin-kuyov 15-dekabr kuni is gazidan vafot etdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi respublika aholisi hamda tashkilot, korxona va muassasalar rahbarlariga murojaat bilan chiqib, kunlar sovishi natijasida elektr, gaz yoki boshqa yoqilg‘ida ishlaydigan isitish moslamalaridan foydalanishda eʼtiborsizlik tufayli is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi va yong‘inlar sodir bo‘lishi mumkinligini bildirib, bunday holatlarning oldini olish maqsadida tavsiyalar bergan edi.
Baxtsiz hodisalardan qanday himoyalanish mumkin?
Baxtsiz hodisalardan to‘liq himoyalanish mumkin emas, lekin xavfni kamaytirish va o‘z xavfsizligingizni oshirish juda muhim. Buning uchun quyidagi choralarni ko‘ring:
Birinchi o‘rinda — sug‘urta polisi oling. Bu moliyaviy xavfdan himoyalanishning samarali usulidir. Uy, mashina va sog‘liq uchun sug‘urta orqali baxtsiz hodisalarning iqtisodiy zararini yengillatish mumkin. Sug‘urta kompaniyasiga oid axborotlar bu yerda.
Ogoh bo‘ling: Qayerda bo‘lsangiz ham atrofingizdagi vaziyatni kuzating. Baxtsiz hodisalar ko‘pincha befarqlik yoki e’tiborsizlik sababli sodir bo‘ladi.
Bilim va ko‘nikmalarni oshiring
Birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha bilimlarni egallang, yong‘inga qarshi kurashish qoidalari va boshqa xavfsizlik bo‘yicha qo‘llanmalarni o‘qing. Uyda xavfsizlikni maksimal ta’minlang — tutun datchiklari va o‘t o‘chirgichlarga hozirlang.
Nosoz elektr simlari va qurilmalardan saqlaning. Atrofni kuzating: piyoda bo‘lsangiz, faqatgina telefonga emas, balki atrofga ham qarab yurishga harakat qiling. Yo‘l harakati qoidalariga rioya qiling.
Izoh (0)