Daryo

Surxondaryoda bir oilaning 5 nafar a’zosi is gazidan vafot etdi

Erkak va uning 4 nafar voyaga yetmagan farzandi vafot etgan, ayoli kasalxonada

1 daqiqa o‘qish19 653 ko‘rishlar0 izoh0

Surxondaryoning Boysun tumanida bir oilaning 5 nafar a’zosi is gazidan vafot etdi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Azizjon Ermatov

25-fevral kuni taxminan soat 10:30 larda tumanning “Duoba” mahallasida yashagan erkak J.X. (1980-yilda tug‘ilgan) va uning uch nafar voyaga yetmagan farzandi — bir o‘g‘il (2013-yilda tug‘ilgan) va ikki qizi (2016 va 2018-yillarda tug‘ilgan) yashash uyida uxlab yotgan vaqtida temirdan qo‘lbola yasalgan pechdan chiqqan is gazidan dimiqib, voqea joyida vafot etgan.

Erkakning turmush o‘rtog‘i Z.N. (1986-yilda tug‘ilgan) va voyaga yetmagan yana bir qizi Boysun tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Biroq ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, 2008-yilda tug‘ilgan qiz 27-fevral kuni soat 10:45 larda tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari Boysun tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar