Umid Obidxo‘jayev iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.
U tayinlovga qadar Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti direktori lavozimida ishlab kelgan.
Umid Obidxo‘jayev 1987-yilda Namanganda tug‘ilgan. 2009-yilda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent Islom universitetini, 2014-yilda Yaponiyaning Keyo universitetining magistratura bosqichini hamda 2017-yilda Yaponiyaning Keyo universitetining doktorantura bosqichini iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2009-yilda Davlat mulki qo‘mitasining Tashqi aloqalar va jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi lavozimida boshlagan.
Yaponiyada Osiyo taraqqiyot banki instituti, Osiyo taraqqiyot bankining Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi infratuzilma investitsiyalarini baholash instituti, Yaponiyadagi Keyo universiteti, Iqtisodiyot va sanoat vazirligida faoliyat yuritgan.
U 2019-yilning oktabridan Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti direktori lavozimiga tayinlanguniga Prezident Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (CERR) direktori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Izoh (0)