Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tomonidan 2024-yilning noyabr oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun o‘rtacha ijara narxlari tahlil qilindi.
![](/static/2024/12/10/1-D2czYSQk.jpg)
Mazkur davrda poytaxtda o‘rtacha taʼmirlangan xonadonlar uchun o‘rtacha ijara narxlari oktyabr oyiga nisbatan 1,3 foizga pasaygan bo‘lsa, to‘liq taʼmirlangan xonadonlar uchun o‘rtacha narxlar deyarli o‘zgarmadi.
O‘rtacha taʼmirlangan uy-joylar ijarasi
2024-yilning noyabr oyida o‘rtacha taʼmirlangan 1 xonali xonadonlar uchun o‘rtacha ijara narxi oktyabr oyiga nisbatan 0,9 foizga, 2 xonalilar uchun 1,3 foizga, 4 xonalilar uchun 3,9 foizga tushdi. 3 xonali xonadonlar uchun o‘rtacha ijara narxida esa biroz (0,8 foizga) ko‘tarilish kuzatildi.
O‘rtacha taʼmirlangan xonadonlar uchun nisbatan arzon ijara narxlari:
- Sergeli (1 xonali - 298 dollar, 2 xonali – 360 dollar, 3 xonali – 404 dollar, 4 xonali - 411 dollar);
- Olmazor (1 xonali – 330 dollar, 2 xonali – 364 dollar, 3 xonali – 463 dollar, 4 xonali – 479 dollar).
eng qimmat ijara narxlari:
- Mirobod (1 xonali – 378 dollar, 2 xonali – 516 dollar, 3 xonali – 680 dollar, 4 xonali – 865 dollar);
- Yakkasaroy (1 xonali – 367 dollar, 2 xonali – 488 dollar, 3 xonali – 668 dollar, 4 xonali – 743 dollar).
To‘liq taʼmirlangan uy-joylar ijarasi
Mazkur davrda to‘liq taʼmirlangan 2 xonali (559 dollar) va 3 xonali (733 dollar) uy-joylarning ijara narxi deyarli o‘zgarishsiz qolgan bo‘lsa, 1 xonali uylar ijara narxlari 0,6 foizga oshdi. Talab darajasi nisbatan kam bo‘lgan 4 xonali uylarning ijara narxi esa o‘rtacha 0,9 foizga pasaydi.
To‘liq taʼmirlangan uy-joylarning eng arzon ijara narxlari:
- Sergeli (1 xonali – 331 dollar, 2 xonali – 410 dollar, 3 xonali – 509 dollar, 4 xonali – 587 dollar);
- Uchtepa (1 xonali – 353 dollar, 2 xonali – 450 dollar, 3 xonali – 554 dollar, 4 xonali – 688 dollar).
eng qimmat ijara narxlari:
- Mirobod (1 xonali – 479 dollar, 2 xonali – 718 dollar, 3 xonali – 984 dollar, 4 xonali – 1313 dollar);
- Shayxontohur (1 xonali – 520 dollar, 2 xonali – 730 dollar, 3 xonali – 1032 dollar, 4 xonali – 1258 dollar).
Izoh (0)