• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes Moda

    So‘nggi post: 20 yoshida hayotdan ko‘z yumgan janubiy koreyalik supermodelning ayanchli qismati

    Uning qismati shunchaki moda olamidagi fojia emas. Bu samimiylikka o‘rin yo‘q dunyoda o‘zligini saqlab qolishga intilgan yosh qiz haqidagi hikoyadir.

    Kim Da Ul 1989-yil 31-mayda Seulda tavallud topgan. Bolaligidanoq san’atga qiziqib, o‘smirlik paytidayoq modellik faoliyatini boshlagan. Ilk bor kamera qarshisiga chiqqanida atigi 13 yoshda edi. Janubiy Koreyada tez orada shuhrat qozonib, mahalliy Vogue va Harper’s Bazaar jurnallari muqovalariga suratga tushadi hamda 2007-yilda Parij moda haftaligida debyut qiladi.

    Karyeradagi muvaffaqiyat

    Xalqaro maydonda Kim Da Ul yoki o‘z rasmlari va blogida imzo qo‘ygani kabi shunchaki Kim - tez orada mashhur bo‘ldi. Uning beg‘ubor chehrasi Britaniyaning Vogue, i-D, Dazed va Confused jurnallari sahifalarini bezab turardi.

    Karl Lagerfeld, Vivyen Vestvud va Aleksandr Makkuin kabi buyuk modelyerlar osiyolik go‘zallarga e’tibor qaratgan payt edi.

    U ideal ko‘rinardi: baland bo‘yli, zamonaviy, dadil fe’l-atvorli. 2008-yilda Anan jurnali uni yilning eng yaxshi modeli deb e’tirof etdi. Kim H&M, GAP, Topshop va Chanel uchun reklamalarda suratga tushgan. Modellik faoliyati bilan bir vaqtda u “I Like to Fork Myself” nomli blog yuritardi va rasm chizardi — u ovoz chiqarib aytolmagan fikrlarini suratlarda ifodalardi.

    Sahna ortidagi portret

    Kim rassomchilikka qiziqar, ko‘rgazmalar uyushtirar, Klaus Kinskiy filmlarini sevib tomosha qilar, qadimiy sanchqilarni to‘plar va hatto tanasiga yulduz shaklidagi tatuirovka ham qildirgan edi. Tashqi ko‘rinishidan zamonaviy uslub timsoliga aylangan bu qiz ichki dunyosi tashvishli, nozik, yoshiga nisbatan ancha ulg‘aygan, yolg‘izlik va ruhiy toliqishni boshdan kechirayotgan qizaloq edi.

    U o‘z kechinmalarini blogida baham ko‘rardi. Unda depressiya, o‘ziga zarar yetkazish, holdan toyish va og‘riq haqidagi yozuvlar bor edi. 2007-yildayoq u shunday deb yozgandi: “Yuzimni parchalab tashlayman... Da Ul sifatidagi hayotim juda baxtsiz va yolg‘iz. Iltimos, boshqa olamdagi yolg‘izligimni men bilan baham ko‘ring”.

    Keyin qo‘shib qo‘yardi: “Hazillashyapman. Hammasi joyida. Shunchaki charchaganman”. 2009-yil oktyabr oyida, Nyu York moda haftaligi paytida, u: “Juda tushkunlikka tushganman va holdan toyganman”, deb yozgan edi.

    So‘nggi post

    2009-yilning kuzida Kim Parijga ko‘chib o‘tadi — bu uning karyerasidagi yangi bosqich edi. Biroq yangi yutuqlar o‘rniga fojiali yakun yuz beradi. 2009-yil 19-noyabrda uni Parijdagi kvartirasidan o‘lik holda topishadi. O‘lim sababi — o‘z joniga qasd qilish. O‘shanda Kim atigi 20 yoshda edi.

    Uning blogidagi so‘nggi yozuv Jim Riversning “I Go Deep” qo‘shig‘i bo‘lib, u “Say Hi to Forever” sarlavhasi ostida e’lon qilingan.

    Kim o‘sha yili vafot etgan to‘qqizinchi janubiy koreyalik mashhur shaxs bo‘ldi. Uning o‘limi moda olamini larzaga soldi — ko‘pchilik uchun u shunchaki model emasdi. U sanoat haqida gapirishni yoqtirmaydigan haqiqat timsoli edi: bosim, yolg‘izlik va o‘z-o‘zidan qo‘rqish kabi muammolarning ramzi bo‘ldi.

    O‘limidan so‘ng

    Yillar o‘tgach, Kim uslub va ichki kurash ramzi sifatida xotirlandi. Uning o‘limi nafaqat yarqiroq va mukammal tashqi qiyofaga, balki uning ortidagi haqiqatga ham e’tibor qaratish naqadar muhimligini eslatadi. U o‘zini na rassom, na inson sifatida to‘liq namoyon etishga ulgurmadi. Biroq uning samimiyati va nozikligi moda tarixining ajralmas qismiga aylandi.

    U atigi 20 yil umr ko‘rdi. Ammo shu qisqa vaqt ichida ham dunyoga ko‘pchilikdan ko‘ra ko‘proq narsa aytishga ulgurdi.

    1 iyul, 10:58   Izoh (0)   1520
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #koreys seriallari#modellik#supermodel#shou-biznes

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Hamma narsadan charchaganlar uchun: hayotga va ishga ishtiyoq uyg‘otadigan koreys seriallari

    21.11.2024, 09:55

    Koreys seriallari yulduzlari bitta qism uchun qancha gonorar oladi?

    22.11.2024, 14:52

    Yangi yil kayfiyatini yaratishga yordam beradigan koreys seriallari

    28.12.2024, 11:52

    Ramyonga bo‘lgan muhabbat va Netflix’dagi mashhurlik: qanday qilib koreys seriallari butun dunyoga ta’sir o‘tkazmoqda?

    11 yanvar, 09:49

    Faqat “Kalmar o‘yini” emas: Janubiy Koreyaning eng yaxshi 7 ta seriali

    17 yanvar, 17:55

    Qayg‘uli yakuni bilan tomoshabinlar qalbini tilka-pora qilgan koreys seriallari (treyler) 

    13 fevral, 17:37

    Doramalar nima haqida: Koreys seriallarining to‘rtta mashhur mavzusi

    10 mart, 09:35

    Kinolokatsiyalar: koreys seriallari tez-tez suratga olinadigan mashhur joylar

    20 mart, 09:29

    Qiziqarli syujeti bilan “Kalmar o‘yini”dan qolishmaydigan mashhur koreys seriallari

    27 mart, 11:43

    Yuqori reytingga ega turk seriallari: turklar o‘zi yaxshi ko‘rgan top dizilar

    20 may, 18:40

    Afra Sarachog‘luga yangi partnyor topildi, “Sevgi iztirobi” yulduzi ota bo‘ldi, Kivanch Tatlitug‘ ilmiy-fantastik serialda bosh rolni ijro etadi: turk kinosi yangi...

    17 iyun, 11:11

    Qirol, imperator va valiahd shahzodalar haqidagi mashhur koreys seriallari

    23 iyun, 19:50
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    3 yil davomida uydan chiqmagan erkak axlat va chiqindilar uyumi orasidan topildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:14

    “O‘zbekistonda biznes muhiti sezilarli darajada yaxshilanmoqda” — Akmal Primkulov

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:00

    “Kunning kamida 2-3 soatini salqin xonada o‘tkazing”. JSST anomal issiqda aholiga zarur bo‘lgan tavsiyalar berdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:55

    AQSH sog‘liqni saqlash vaziri amerikaliklarni dunyodagi eng kasal millat deb atadi

    Dunyo | 1 iyul, 21:45

    “Yoshlar Ittifoqi” qurib bitkazgan “Asr qurilishi” — BAM tarixi

    Dunyo | 1 iyul, 21:35

    WP: Mask raqobatchilarning maxfiy ma’lumotlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan

    Dunyo | 1 iyul, 21:25

    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi

    Reklama | 1 iyul, 19:30

    “Faoliyatim davomida hech qachon bahona qilmaganman”. Chalxono‘g‘lu – Lautaroning so‘zlariga javob berdi

    Sport | 1 iyul, 21:21

    Milliy rassomlik va dizayn institutini bitirgan mutaxassislarga maktablarda tasviriy sanʼat fanidan dars o‘tishga ruxsat beriladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:15

    Jizzaxda 40 sotix yerni 19 ming dollarga o‘zganing nomiga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.