• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    BMT: Dunyoda har 67 kishidan biri majburiy ko‘chirilgan

    Dunyo bo‘yicha kamida 123,2 million kishi yoki dunyodagi har 67 kishidan biri majburiy ko‘chirilgan. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi ma’lumotlariga tayanib, Al Jazeera xabar berdi.

    Foto: Al Jazeera
    Foto: Al Jazeera

    Mojarolar, zo‘ravonlik, ta’qiblar va inson huquqlari buzilishi natijasida bunday majburiy ko‘chirilishlar sodir bo‘lmoqda. Ko‘chirilganlar soni 2023-yil oxiriga nisbatan 7 million kishiga yoki 6 foizga oshgan. Bu 13 yillik tendensiyani davom ettirmoqda, chunki dunyo bo‘ylab ko‘chirilganlar soni yildan-yilga ortib bormoqda.

    Biroq komissarlik hisob-kitoblariga ko‘ra, 2025-yilning dastlabki 4 oyida majburiy ko‘chirishlar kamayib, 2025-yil aprel oyi oxiriga kelib 122,1 million kishini tashkil etgan.

    “Biz xalqaro munosabatlardagi keskin beqarorlik davrida yashamoqdamiz. Zamonaviy urushlar insonning o‘tkir azob-uqubatlari bilan ajralib turadigan nozik, dahshatli manzarani yaratmoqda. Biz tinchlik izlash va qochqinlar hamda o‘z uylarini tashlab ketishga majbur bo‘lgan boshqa odamlar uchun uzoq muddatli yechim topish bo‘yicha sa’y-harakatlarimizni ikki baravar oshirishimiz kerak”, dedi UNHCR oliy komissari Filippo Grandi.

    Majburiy ko‘chirilgan jami 123,2 million kishidan 73,5 millioni mojarolar yoki boshqa inqirozlar tufayli o‘z mamlakatlari ichida ko‘chishga majbur bo‘lgan. Bu 2023-yilga nisbatan 6,3 millionga ko‘pdir. Dunyo bo‘ylab qochishga majbur bo‘lganlarning aksariyatining 60 foizini ichki ko‘chirilganlar tashkil qiladi.

    G‘azoda BMTning Falastin qochqinlari bo‘yicha agentligi (UNRWA) hisob-kitoblariga ko‘ra, Isroilning davom etayotgan hujumi natijasida aholining qariyb 90 foizi yoki 2 milliondan ortiq kishi ko‘chirilgan.

    2024-yil holatiga ko‘ra, qochqinlar soni 42,7 million kishini tashkil etib, 2023-yilga nisbatan 613,6 ming kishiga kamaygan. Ulardan 31 millioni UNHCR oliy komissari boshqarmasi mandati ostida, 5,9 millioni UNRWA mandati ostidagi falastinlik qochqinlar, yana 5,9 millioni xalqaro himoyaga muhtoj.

    Boshqa davlatdan himoya izlayotganlar soni 8,4 millionni tashkil etdi, bu 2024-yilga nisbatan 22 foizga ko‘pdir.

    1951-yilda BMT Ikkinchi jahon urushidan keyin Yevropadagi qochqinlar huquqlarini himoya qilish uchun Qochqinlar to‘g‘risidagi konvensiyani ta’sis etgan. 1967-yilda konvensiya dunyoning qolgan qismida ko‘chish muammosini hal qilish uchun kengaytirilgandi.

    Qochoqlar to‘g‘risidagi konvensiya tuzilgan paytda 2,1 million qochoq qayd etilgandi. 1980-yilga kelib BMT tomonidan qayd etilgan qochoqlar soni birinchi marta 10 milliondan oshgan. 1980-yillarda Afg‘oniston va Efiopiyadagi urushlar natijasida qochqinlar soni 1990-yilga kelib ikki baravar ko‘payib, 20 millionga yetgan.

    2001-yilda AQSH va 2003-yilda Iroqning Afg‘onistonga bostirib kirishi, Janubiy Sudan va Suriyadagi fuqarolik urushlari natijasida 2021-yil oxiriga kelib qochqinlar soni 30 milliondan oshgan.

    2022-yilda boshlangan Ukrainadagi urush Ikkinchi jahon urushidan beri eng tez o‘sib borayotgan qochqinlar inqiroziga olib keldi. Bir yildan kamroq vaqt ichida 5,7 million kishi Ukrainani tark etishga majbur bo‘lgan. 2023-yil oxiriga kelib, 6 million ukrainalik majburiy ko‘chirilgani qayd etilgan.

    2024-yilda dunyodagi barcha majburiy ko‘chirilganlarning 1/3 qismidan ko‘prog‘i sudanliklar (14,3 million), suriyaliklar (13,5 million), afg‘onlar (10,3 million) va ukrainaliklar (8,8 million) bo‘lgan. Shu yili 1,6 million qochqin o‘z vataniga qaytgan.

    12 iyun, 16:35   Izoh (0)   540
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #BMT#majburiy#ko‘chirilgan#qochqin

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    G‘azab va nafrat kuchaydi: Isroilning Jabaliya falastinlik qochqinlar lageriga bergan aviazarbasi — suratlarda

    01.11.2023, 10:16

    Ukrainalik qochqinlarga yordam bergan rossiyalik faol hibsda vafot etdi 

    08.04.2024, 19:10

    Isroil kuchlari G‘azo sektoridagi Nuseyrat qochqinlar lagerini tark etdi

    18.04.2024, 19:12

    G‘azodagi Nuseyrat qochqinlar lageriga Isroil hujumi oqibatida 20 nafar falastinlik halok bo‘ldi

    14.05.2024, 20:45

    Isroil Nuseyratdagi qochqinlar lageriga hujum qildi, 200 dan ortiq odam halok bo‘ldi

    09.06.2024, 21:20

    AQSH Keniyadagi qochqinlar uchun 37 mln dollar ajratdi

    20.06.2024, 13:46

    Britaniyada migratsiya muxoliflari qochqinlar markazini vayron qildi  

    06.08.2024, 22:05

    Yevropa komissiyasi Livandan kelgan qochqinlar sonining ko‘payishini prognoz qilmoqda

    05.10.2024, 18:10

    Afg‘oniston qo‘shnilarini qochqinlarga nisbatan salbiy munosabati uchun tanqid qildi

    10.10.2024, 23:45

    Isroil falastinlik qochqinlar yashayotgan G‘azodagi kasalxonaga zarba berdi (video)

    14.10.2024, 15:27

    Afg‘onistonning qochqinlar ishlari bo‘yicha vaziri portlashda halok bo‘ldi 

    11.12.2024, 19:36

    Isroilning G‘azodagi qochqinlar lageriga hujumida 30 dan ortiq kishi halok bo‘ldi (foto)

    13.12.2024, 15:14

    Siyosiy qochqin, partiya raisi, OTM rektori, bankir: prezidentlikka daʼvo qilgan nomzodlar nima bilan band?

    1 fevral, 12:20

    Butun dunyo bo‘ylab ukrainalik 7 mln qochqin qayd etilgan — BMT

    22 may, 19:00

    Rossiya tashqi ishlar vaziri BMT bosh shtabini Sochiga ko‘chirishni taklif qildi

    9 iyun, 20:10

    2024-yili insoniyat Ikkinchi jahon urushidan beri eng ko‘p qurolli mojarolar qayd etilgan yilni o‘tkazdi 

    12 iyun, 14:45
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    ChatGPT’dan diniy savollarga javob olish joizmi? Musulmonlar idorasi javob berdi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 21:18

    Tailand va Kamboja chegara mojarosini hal qilish uchun uchrashuv o‘tkazdi

    Dunyo | 14 iyun, 21:10

    Endryu Robertson “Atletiko”ga o‘tishi kutilmoqda

    Sport | 14 iyun, 20:57

    Erondagi cheklovlar sababli Dubay va Sharm ash-Shayxga aviareyslar jadvali o‘zgartirildi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 20:50

    Isroilning Eronga hujumidan so‘ng qaysi aviakompaniyalar parvozlarini to‘xtatdi yoki bekor qildi?

    Dunyo | 14 iyun, 20:45

    Toshkent–Tel-Aviv–Toshkent aviareyslari iyun oxirigacha bekor qilindi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 20:19

    Hindistonlik milliarder polo o‘yini paytida asalari chaqishidan vafot etdi

    Dunyo | 14 iyun, 19:50

    Turkiyada o‘gay otasi jinsiy tajovuz qilgan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 19:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.