• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12646.56
    • RUB160.88
    • EUR14461.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Afg'oniston

    Transport vazirligi Afg‘onistondagi Salang dovoni vaqtincha yopilishini bildirib, ogohlantirish bilan chiqdi

    Transport vazirligi Afg‘onistondagi Salang dovoni vaqtincha yopilishini bildirib, yuk tashuvlarini amalga oshiruvchi haydovchilarga ogohlantirish bilan chiqdi. 

    Foto: turktoday.info

    Afg‘oniston tomonining ma’lumotiga ko‘ra, Salang dovonida navbatdagi ta’mirlash jarayoni olib borilishi natijasida dovon orqali katta hajmli yuk transport vositalarining harakatlanishi 2025-yil 10-iyundan boshlab vaqtincha to‘xtatiladi.

    Mazkur yo‘nalish orqali xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirishni rejalashtirgan tashuvchilardan ushbu jihatni inobatga olishlari so‘raldi. Transport vazirligi Pokiston va Pokiston portlariga yuk tashuvlarini boshqa muqobil transport yo‘nalishlari orqali amalga oshirishni tavsiya etdi.

    Salang dovoni Afg‘onistonning shimoliy va janubiy qismlarini bog‘lovchi eng muhim avtomobil yo‘li bo‘lib xizmat qiladi. U orqali Kobul (poytaxt) va shimoldagi shaharlar (Mozori Sharif, Qunduz, Shibirg‘on) o‘zaro bog‘lanadi. Salang tunnel tufayli Hindukush tog‘lari osha qatnov yengillashgan va butun yil davomida harakat mumkin bo‘lgan.

    O‘zbekiston uchun Salang dovonining ahamiyati

    1. Savdo va tranzit yo‘li sifatida

    Salang dovoni orqali o‘tuvchi yo‘l Afg‘onistonni O‘zbekiston bilan bog‘lovchi savdo yo‘li sifatida xizmat qiladi. Ayniqsa, Termiz—Mozori Sharif—Kobul—Pokiston yo‘nalishi bo‘yicha yuklar Salang dovonidan o‘tadi. Bu yo‘l orqali yuklar Pokiston portlariga (Karachi, Gvadar) yetkazilishi mumkin, bu esa O‘zbekiston uchun dengizga chiqishning muqobil yo‘lidir.

    2. Transafg‘on transport loyihalari uchun asos

    O‘zbekiston Afg‘oniston orqali temiryo‘l va avtomobil yo‘llarini rivojlantirishga katta qiziqish bildirmoqda. Termiz—Mozori Sharif—Kobul—Peshovar temiryo‘l loyihasi amalga oshirilsa, bu yo‘nalishda Salang dovonining ahamiyati yanada oshadi. Bu loyiha O‘zbekistonning Janubiy Osiyo bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo qilish imkonini beradi.

    3. Mintaqaviy barqarorlik uchun kalit hudud

    Afg‘onistondagi vaziyat O‘zbekiston xavfsizligi bilan chambarchas bog‘liq. Salang dovoni orqali o‘tuvchi yo‘llar xavfsizligi, mintaqada barqarorlikni saqlashda strategik omildir. Shuning uchun O‘zbekiston Afg‘onistonda tinchlikni qo‘llab-quvvatlaydi va logistika infratuzilmasining yaxshilanishiga hissa qo‘shmoqda.

    Transport vazirligi O‘zbekiston va Afg‘oniston Hayraton—Mozori Sharif temiryo‘lidan foydalanish bo‘yicha shartnomani uzaytirganini ma’lum qilgan edi. 

    Hayraton—Mozori Sharif temiryo‘lidan foydalanish

    Afg‘onistonning Mozori Sharif shahrini O‘zbekiston chegarasi bilan bog‘lovchi 75 kilometrlik temiryo‘l 2010-yili ochilgan. Temiryo‘lni qurish bo‘yicha Afg‘oniston hukumati tenderida “O‘zbekiston temiryo‘llari” yutib chiqqan. Loyiha Osiyo taraqqiyot bankining 165 million dollar hajmidagi granti hisobidan amalga oshirilgan.

    Uni boshqarish va texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini 2011-yilning dekabridan beri “O‘zbekiston temiryo‘llari” aksiyadorlik jamiyati sho‘ba korxonasi Sogdiana trans amalga oshirib kelayotgan edi.

    2023-yil fevralida 12-fevral kuni Afg‘oniston temiryo‘l boshqarmasi va “Sogdiana trans” ShK o‘rtasida Hayraton—Mozori Sharif temiryo‘lida ekspluatatsiya ishlarini davom ettirish to‘g‘risida yangi kelishuv imzolangandi. Unga ko‘ra, Sogdiana trans 2 yil davomida o‘z faoliyatini davom ettirishi belgilangandi.

    9 iyun, 19:15   Izoh (0)   1061
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Afg‘oniston#Salang dovoni#Transport vazirligi

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Tolibon” Panjsherda katta talafot ko‘rdi va bir nechta tumanni qo‘ldan chiqardi

    03.09.2021, 16:20

    Tamom, Afg‘oniston to‘liq “Tolibon” nazorati ostida. Avvallari yillab taslim bo‘lmagan Panjsher qanday qilib atigi uch kunda quladi?

    07.09.2021, 23:32

    Afg‘oniston bo‘ylab tranzit o‘tishga o‘rnatilgan cheklovni olib tashlash masalasi muhokama qilindi

    28.08.2023, 12:39

    “Tolibon” stol futbolini o‘ynashni taqiqladi 

    29 may, 11:51

    Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi (video)

    30 may, 14:03

    AQSH Oliy sudi Trampga 500 ming muhojirni mamlakatdan chiqarib yuborishga ruxsat berdi

    30 may, 23:25

    Pokiston va Afg‘oniston chegarasida ISHID yetakchisidan biri ushlandi

    1 iyun, 18:25

    Afg‘onistondagi qurg‘oqchilikka qaramay, ho‘l meva hosildorligi o‘tgan yilga nisbatan ikki baravar oshdi

    2 iyun, 18:05

    Afg‘onistonda Qurbon hayiti boshqa sanada nishonlanadi

    3 iyun, 15:20

    Tramp 12 mamlakat fuqarolariga AQSHga kirishni taqiqladi 

    5 iyun, 08:46

    O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordami yubordi

    5 iyun, 17:51

    Qurbon hayiti arafasida Mozori Sharif bozorida chorva mollari narxi ikki baravar qimmatlashdi

    5 iyun, 18:05

    O‘smirligida masxara qilingan, depressiyadan qiynalgan, hatto joniga qasd qilishga uringan: ko‘p farzandli ona Anjelina Joli 50 yoshda

    7 iyun, 11:43

    Afg‘oniston poytaxti 2030-yilga borib suvsiz qoladi — OAV

    9 iyun, 12:36

    “Afg‘oniston boshqa davlatlarning suv resurslariga da’vo qilmaydi” — elchi

    9 iyun, 15:45
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50

    Kuchga to‘layotgan yangi qudrat. Xitoy qaysi qurollari bilan dunyo eʼtiborini tortdi?

    11 iyun, 20:00

    Vahshiylikning eng yuqori cho‘qqisi — Isroil askarlari falastinlik 6 yoshli qizcha va uning qarindoshlarini qanday o‘ldirgan edi?

    10 iyun, 19:40

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonlik va puerto-rikolik AQSHda nikohdagi firibgarlik uchun hibsga olindi

    Dunyo | 12 iyun, 17:40

    Hindistonda halokatga uchragan samolyot bortidagi barcha 242 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 12 iyun, 17:29

    Aqlbovar qilmas daromad keltiruvchi “Garri Potter”: Joan Rouling milliarderlik maqomini qanday qaytarib oldi?

    Kitob | 12 iyun, 17:25

    “Yevropa kompaniyalarining O‘zbekiston energetika sohasiga qiziqishi yuqori, ammo raqobat kuchayib bormoqda” — EUROUZ bosh kotibi

    O‘zbekiston | 12 iyun, 17:10

    FIFA Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatini kengaytirishni rejalashtirmoqda

    Sport | 12 iyun, 17:01

    Tramp “oltin karta” veb-saytini ishga tushirdi

    Dunyo | 12 iyun, 16:55

    Hindistonda halokatga uchragan samolyotda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lmagan — TIV

    O‘zbekiston | 12 iyun, 16:47
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.