• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Kuchga to‘layotgan yangi qudrat. Xitoy qaysi qurollari bilan dunyo eʼtiborini tortdi?

    XX asrning birinchi yarimi Xitoy uchun og‘riqli o‘tdi. Mamlakat Yaponiya imperiyasi tomonidan ayovsiz talandi. Bu ham yetmagandek, millatchilar hamda sotsialistlar o‘rtasidagi fuqarolar urushini boshdan kechirdi. Natijasi Mao Szedundek diktatorni hokimiyatga olib kelgan mojaro qon to‘kilishiga nuqta qo‘ymadi. Aksincha, ko‘r-ko‘rona siyosat natijasida yana o‘n millionlab insonlar halok bo‘ldi. Bu vaqt ichida Xitoyni asosan Sovet Ittifoqi dastaklab keldi. “Katta aka” Pekinni misli ko‘rilmagan ko‘lamda qurol-yarog‘ va harbiy texnikalar bilan taʼminladi. Qolaversa, ayrim modellarni eksport huquqi asosida ishlab chiqarishga ruxsat berdi.

    Biroq Xitoyni taraqqiyot yo‘liga Den Syaopin islohotlari boshlab kirdi. Yuqori surʼatlarda o‘sayotgan iqtisod harbiy sanoatni ham, soddaroq aytganda, yoqilg‘i bilan taʼminladi. Avvaliga Qo‘shma Shtatlar va Rossiyadan ko‘chirilgan loyihalarga tayangan tarmoq, keyinchalik o‘zi innovatsiyalarga mualliflik qila boshladi. Ularning baʼzilari IDEX 2025 ko‘rgazmasida namoyish etildi.

    Vertolyot-dron

    AR-2000 Xitoy harbiy-sanoat majmuasi so‘nggi yillarda erishgan yutuqlardan biridir. U CATIC davlat korporatsiyasining masofadan boshqariladigan vertolyoti hisoblanadi. Mazkur platforma o‘zining o‘lchami, texnologik tuzilishi va imkoniyatlari bilan harbiy dengiz kuchlarida xizmat qilishga mos. U dastlab 2023-yili jamoatchilikka tanishtirilgan.

    AR-2000
    AR-2000
     
    Foto: “Daryo” / Humoyun Tojiddinov

    Ishlab chiqaruvchi uni razvedka, kuzatuv, zarba berish va qutqaruv kabi vazifalarini bajara oluvchi kompleks sifatida tanishtirgan. Vertolyotning old qismida elektroptik va infraqizil kuzatuv tizimi mavjud. Bu unga har qanday ob-havo sharoitida va kunning istalgan qismida jangovar missiya bajarish, aqlli o‘q-dorilarni nishonga yo‘naltirish kabi vazifalarni bajarishga yordam beradi. Qolaversa, AR-2000 yopiq sunʼiy yo‘ldosh aloqa tizimiga ham ega.

    Dron hamda vertolyot xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan gibrid tizimning diqqatga sazovor jihatlaridan yana biri qurollanish imkoniyatidir. U jangovar missiya turiga qarab quruqlik nishonlariga zarba berishi yoki havo tahdidlarini bartaraf etishi mumkin. Yaʼni unga qisqa masofali havo-yer hamda havo-havo raketalarini ortish imkoniyati bor.

    AR-2000
    AR-2000
     
    Foto: “Daryo” / Humoyun Tojiddinov

    AR-2000 murakkab vazifalarni insonlarning minimal aralashuvi bilan bajarishi mumkin. Yuqori darajadagi avtomatlashtirilgan tizim unga oldindan belgilangan marshrutlar bo‘ylab parvoz qilish, topshiriqni elektron urush tizimlari zich joylashgan sharoitda ham bajarish imkonini beradi.

    Qayd etilganidek, ixcham dizayn va buklanuvchi rotorlar sabab undan kemalarda foydalanish mumkin. Biroq qurilma seriyali ishlab chiqarishga olingani, qolaversa uning parvoz masofasi va davomiyligi kabi ko‘rsatkichlar haqida maʼlumot yo‘q.

    Sh-16A

    Norinco Xitoyning yetakchi harbiy ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. U IDEX 2025 ko‘rgazmasida keng spektrdagi mahsulotlari bilan qatnashdi. Katalog orasidan Sh-16A o‘ziyurar gaubitsasi diqqat markazida bo‘ldi. Tizim 8x8 konfiguratsiyadagi VN-22 platformasiga asoslangan bo‘lib, 155 mm kalibrli snaryadlarni qo‘llaydi. O‘ziyurar gaubitsaning minorasi modullar dizayn asosida ishlab chiqilgan. Bu uni turli platformalarga o‘rnatish imkonini beradi.

    Kazakhstan's military delegation attends IDEX and NAVDEX 2025 exhibition in  UAE

    Sh-16A snaryad turiga qarab 40-56 km masofadagi nishonlarga yuqori aniqlikda zarba berishi mumkin. Avtomatik yuklovchi sharofati bilan u daqiqasiga 6–10 marta zarba bera oladi. Tizim nishonlarni belgilashda GPS va uning Xitoycha muqobili BeiDouʼdan foydalanadi. Qolaversa, inertial navigatsiya tizimi INS ham integratsiya qilingan. Boshqaruv esa to‘la avtomatlashtirilgan.

    Jarayonni 3-5 kishilik ekipaj boshqaradi. Ular joylashgan platforma minalar va qo‘lbola portlovchi moslamalarga qarshi himoyaga ega. Korpus 14,5 mm kalibrli zirhteshar o‘q-dorilardan muhofaza qiladi. Yaqin masofadagi tahdidlarni bartaraf etish uchun 12.7 mm kalibrli pulemyot mavjud.

    Sh-15
    Sh-16A o‘ziyurar artilleriya tizimining yuqorisi 
     
    Foto: “Daryo” / Humoyun Tojiddinov

    Sh-16A minora ostida 30 ta snaryad saqlashi mumkin. Ular bilan qo‘shib hisoblanganda tizimning umumiy vazni 36 tonnaga yetadi. Shunga qaramay, o‘ziyurar gaubitsa tezligini 110/km soatga yetkaza oladi. Bularning bari “Shoot and Scoot” taktikasini amalga oshirishga yordam beradi. Yaʼni Sh-16A jangovar pozitsiyani tezlik bilan egallashi, zarba berishi hamda javob zarbasi kelmasidan xavfli pozitsiyani tark etishi mumkin.

    Tizim zamonaviy boshqaruv va o‘t ochish nazorati tizimi bilan jihozlangan. Ular lazerli masofa o‘lchagich, kompyuterlashtirilgan ballistik analizator, real-vaqt rejimida aloqa kabilarni o‘z ichiga oladi.

    Type 625E

    Harbiy terminologiyada SHORAD tushunchasi mavjud. U qisqa masofali havo mudofaa tizimlarini tamsil qiluvchi umumiy nom bo‘lib, asosan past balandlik va tezlikdagi havo nishonlarini bartaraf etishga mo‘ljallangan.

    Qurolli mojarolarda dronlarning roli ortishi bilan bu kabi tizimlarning ahamiyati ham oshdi. Type 625E ayni shu oilaga mansub. Norinco uni dron, qanotli raketa, vertolyot hamda past balandlikda uchuvchi samolyotlarga qarshi mobil platforma sifatida ishlab chiqdi. U 8x8 formuladagi shassiga asoslangan. Shu bois harakatchanligi yuqori. Tezligi esa 90 km/soatga yetadi.

    Type 625E mobil zenit-artilleriya tizimi
     
    Foto: “Daryo” / Humoyun Tojiddinov

    Tizim olti barrelli gatling to‘pi bilan qurollangan. U 2,5 uzoqlik va 2 km balandlikdagi nishonlarga 25 mm kalibrli snaryadlar bilan zarba beradi. Qolaversa, daqiqasiga 4-5 ming o‘q uzishi mumkin. Bundan tashqari, jangovar modulning har ikki tomonida to‘rttadan jami sakkizta zenit raketa mavjud. Ular modeliga qarab bir necha kilometr masofadagi havo tahdidlarini zararsizlantirishi mumkin. Aksariyat manbalarning yozishicha, Type 625E bu uchun FB-10A zenit raketalarini qo‘llaydi. Ular 7 km balandlik va 17 km uzoqlikdagi havo tahdidlarini bartaraf eta oladi.

    Mashina old qismida haydovchi kabinasi joylashgan. Tizim nishonlarni belgilashda radarlar hamda elektroptik kuzatuv texnologiyasidan foydalanadi. Ular nishon haqidagi maʼlumotlarni real vaqt rejimida kuzatib boradi. Shuningdek tezlik va masofaga oid axborotlarni o‘lchab, nishon trayektoriyasini hisoblaydi. Eng yaxshi kesishish nuqtasi aniqlangach, zarba beradi.

    Type 625E tizimining jangovar moduli
    Type 625E tizimining jangovar moduli
     
    Foto: “Daryo” / Humoyun Tojiddinov

    Type 625E dastlab 2022-yili Xitoyning Zhuhai Air Show ko‘rgazmasida namoyish qilingan. Biroq uning dronlarga qarshi mashg‘ulotlari aks etgan tasvirlari ilk bor 2024-yili jamoatchilikka ko‘rsatildi.

    Dron galasi

    Guruh bo‘lib parvoz qiladigan, bir vaqtda bir nechta, yo umumiy dushmanga baravar hujum qiladigan kamikadze dronlari ko‘pchilikni tashvishga soladi. Shu bois ham mana shu kabi loyiha ustida dunyoning yetakchi davlatlari ishlamoqda. Xitoyning COEG korporatsiyasi bozorga allaqachon o‘z ishlanmasi bilan kirib kelgan. Biroq ayrim ekspertlar uni Isroilning Mini Harop loyihasiga o‘xshatadi. Xitoylik muhandislar yahudiy hamkasblaridan ilhomlangan bo‘lishi mumkin. Biroq bu nusxa ko‘chirilgani haqida daʼvo qilish uchun asos bo‘la olmaydi.

    COEG tomonidan taqdim qilingan kamikadze dronlar uchun mobil platforma
     
    Foto: “Daryo” / Humoyun Tojiddinov

    Dongfeng Menghsi 6×6 zirhli transport vositasiga asoslangan tizim mobilligi bilan ajralib turadi. U qisqa vaqt ichida 18 ta kamikadze dronni havoga ko‘tarishi mumkin. Kompleks zarba berishdan tashqari, razvedka hamda kuzatuv kabi missiyalarda ham qo‘llaniladi. Biroq hozircha uning na texnik xususiyatlari, na nomi maʼlum.

    Xitoyni o‘rganishga ixtisoslashgan MERICS universiteti tomonidan eʼlon qilingan maʼlumotga ko‘ra, xitoyliklar 2019-2023 yillar oralig‘ida xalqaro qurol-yarog‘ bozorining 5,8 foizini nazorat qilgan. Bu Qo‘shma Shtatlar, Fransiya hamda Rossiyadan keyingi o‘rindir. Biroq joriy yilning may oyida bo‘lib o‘tgan Hindiston-Pokiston mojarosi vaziyatni o‘zgartirish uchun turki berdi. Boisi pokistonlik uchuvchilar hind samolyotlarini aynan Xitoy qurollari bilan urib tushirdi. Bu esa, o‘z navbatida, tekin reklama o‘laroq xizmat qildi.

    11 iyun, 20:00   Izoh (0)   6841
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Xitoy#harbiy sanoat#qurollar#Pekin
    Humoyun Tojiddinov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashining uch mulozimi ishdan olindi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 23:40

    “Manchester Siti” sobiq futbolchisini ortga qaytaradi — Romano

    Sport | 25 iyul, 22:50

    Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 22:39

    “Amerikaliklarning 53 foizi Epshteyn ishi Tramp tufayli e’lon qilinmayapti deb hisoblaydi” — so‘rovnoma

    Dunyo | 25 iyul, 22:15

    “Kanada Falastin davlatining BMTda tan olinishiga intilmoqda” — Mark Karni

    Dunyo | 25 iyul, 21:53

    ESPN. Dunyoning eng yaxshi bokschilari reytingi yangilandi

    Sport | 25 iyul, 21:45

    Braziliya AQSHni prezidentga qarshi to‘ntarish tayyorlashda gumon qilmoqda

    Dunyo | 25 iyul, 21:27

    Moskvada 50 yoshli nogironni o‘ldirgan o‘zbekistonlik migrantga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    Dunyo | 25 iyul, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.