Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Minsk shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston yetakchisi Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi davlat rahbari maqomida ishtirok etadi.
Shavkat Mirziyoyev Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko taklifiga binoan 26—27-iyun kunlari amaliy tashrif bilan Minsk shahrida bo‘lishi haqida xabar berilgandi. Sammit kun tartibidan tashkilot doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari o‘rin olgan. Amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqiladi.
Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining avvalgi yig‘ilishi 2024-yil 26-dekabr kuni Sankt Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgandi. Unda ham Shavkat Mirziyoyev kuzatuvchi maqomida ishtirok etib, nutq so‘zlagandi.
Izoh (0)