• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Buxoro

    Hissiyotli gapirishga to‘g‘ri kelgan: Botir Zaripovning “odami bilan ko‘mib tashlash” buyrug‘i bo‘yicha izoh berildi

    Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Buxoro shahridagi bog‘cha hududida mas’ullarga qandaydir binoni buzib tashlashni buyurgani videosi tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Viloyat hokimligi matbuot xizmati Botir Zaripovning bu topshirig‘i yuzasidan tushuntirish berdi.

    Foto: Videodan kadr
    “Sud-pud demasdan, bugunning o‘zida buzib tashlaysan. Narsasi, ichidagi odami bilan ko‘mib tashlaysan. Bo‘ldi endi, sud-pud deb, hammasini erkalatganimiz. Orqadan eshik ochganning hujjatini ko‘rasan”,  degan edi hokim tarqalgan videoda.

    Buxoro viloyati hokimligi xabarida ma’lum qilishicha, video 22-may kuni Botir Zaripov boshchiligidagi ishchi guruh Buxoro shahridagi 2-sonli davlat maktabgacha taʼlim muassasasida amalga oshirilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlarining borishini ko‘zdan kechirgan paytda olingan.

    140 o‘ringa mo‘ljallangan mazkur muassasa 1961-yilda qurilgan va hozirda taʼmirtalab holga kelib qolgan. O‘tkazilgan xatlovga asosan  mahalliy byudjet hisobidan zarur mablag‘lar ajratilib, bog‘chada kapital taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

    “O‘rganish chog‘ida viloyat hokimi qurilish ishlarini jadallashtirish va qisqa muddatda yakunlash yuzasidan shahar hokimligi va soha masʼullariga topshiriqlar berdi. Shuningdek, o‘rganish jarayonida Botir Zaripov davlat bog‘chasi hududi obodonlashtirilmagani, bog‘chaga tutash bo‘lgan hududdan o‘zboshimchalik bilan egallangan umumiy ovqatlanish obyekti egasi tomonidan bog‘cha hududida tegishli ruxsatlarsiz, xufyona noqonuniy kirish-chiqish yo‘lagi ochilgani, bundan tashqari, bog‘cha hududining bir qismida yuqori kuchlanishli transformator atrofi temir panjara bilan o‘rab olinmagani yuzasidan eʼtirozlarini bildirdi”, deyiladi xabarda.

    Ma’lum qilinishicha, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, viloyat hokimlari zimmasiga muassasalarning xavfsizligini taʼminlash, shu jumladan, hududlar atrofini o‘rash, ularga huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha inspektorlarni biriktirish, kuzatuv kameralari va yong‘inga qarshi signalizatsiya tizimlarini o‘rnatish choralarini ko‘rish, shuningdek, muassasa hududining va ko‘chmas mulkining butunligini hamda daxlsizligini belgilangan tartibda taʼminlash vazifalari yuklatilgan. 

    “Videolavhada tilga olingan ‘buzib tashla’ jumlasida aynan o‘sha bog‘cha hududida tegishli ruxsatlarsiz, xufyona, noqonuniy kirish-chiqish yo‘lagi bartaraf etilishi nazarda tutilgan. Bunda, viloyat hokimi tomonidan 140 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchilarining xavfsizligi hamda yuz berishi mumkin bo‘lgan turli noxush, noqonuniy holatlarning oldini olish — asosiy maqsad bo‘lgan”, deyiladi hokimlik xabarida.

    Ta’kidlanishicha, ijtimoiy tarmoq faollari va foydalanuvchilari aynan shu jumlani “hokim xususiy bog‘chalarni buzib tashlash bo‘yicha topshiriq beryapti” tarzida muhokama qilishmoqda. Bu esa mutlaqo asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

    Viloyatning boshqa shahar-tumanlaridagi maktabgacha taʼlim muassasalarida bu kabi holatlarni o‘rganish va zudlik bilan bartaraf etish maqsadida Buxoro shahar hokimining tegishli o‘rinbosariga hayfsan intizomiy chorasi qo‘llangan, noqonuniy yo‘lak bartaraf etilgan hamda o‘rganish olib borilgan 2-son davlat maktabgacha taʼlim muassasasidagi jarayon tasvirga olinib, mutasaddilarga yuborilgan va shu tariqa keng tarqalgan.

    Hokimlik xabarida qayd etilishicha, viloyatda qonun ustuvorligi taʼminlanadi, birorta noqonuniy buzilish qilinmaydi. Ushbu holatda viloyat hokimi tomonidan topshiriq berish paytida ayrim rahbarlarning masʼuliyatini oshirish uchun hissiyotli gapirishga to‘g‘ri kelgan.

    13 iyun, 11:13   Izoh (0)   7561
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Botir Zaripov#Buxoro viloyati hokimi#bog‘cha

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “E’tiborsizligim sabab bo‘ldi”, “Barcha muammoni tumanda hal qilib bo‘lmaydi”, “Yangiligimdan foydalanishdi” — Buxoroning jazolangan hokimlari hayfsan olishiga sab...

    04.10.2021, 15:54

    Buxoro viloyati IIBga yangi boshliq tayinlandi

    24.02.2023, 12:36

    Referendumda qatnashgan o‘zbekistonlik amaldorlar (foto va video)

    30.04.2023, 14:55

    O‘zbekistonda referendum tugadi: yakunlanmagan hisob-kitoblarga ko‘ra ovoz beruvchilarning 81 foizi referendumda qatnashdi

    30.04.2023, 23:57

    Botir Zaripov Buxoro viloyatidagi qator hokimlarga qattiq ogohlantirish berdi

    08.06.2023, 13:27

    Prezident saylovida ko‘rinish bergan hokimlar (foto, video)

    09.07.2023, 16:54

    Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayrami arafasida ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, san’at va OAV sohalari xodimlarini mukofotladi 

    26.08.2023, 21:31

    Zoir Mirzayev Jomboyda, Ulug‘bek Qosimov Qamashida, Akmaljon Mahmudaliyev esa Farg‘onada: viloyat hokimlari qaysi maktablarda tahsil olgan? 

    04.09.2023, 18:41

    Olot tumanidagi cho‘l massivlarida 40 ming gektardan ziyod hududda saksovul ekiladi

    04.02.2024, 20:20

    Buxoroda issiqlik ta’minoti va issiq suv bo‘yicha yangi tariflar tasdiqlandi

    31.03.2024, 13:10

    Buxoro shahriga yangi hokim tayinlandi

    01.05.2024, 09:07

    Botir Zaripov, Xayrullo Bozorov va Murotjon Azimov viloyat hokimi lavozimiga tasdiqlandi 

    06.11.2024, 20:10

    Prezidentning Yaqin Sharqdagi nizo bo‘yicha fikrlari, Cobalt ustiga tog‘dan tushgan tosh, viloyatlarda hokimlar tasdiqlanishi: 6-noyabrning eng muhim xabarlari 

    06.11.2024, 22:45

    Buxorodagi uchta tuman va bitta shaharda hokim o‘zgardi

    30.11.2024, 18:25

    Afg‘oniston O‘zbekiston bilan aloqalarni mustahkamlamoqchi

    03.12.2024, 19:09

    Buxoroda yalpi hududiy mahsulot hajmi 2024-yilda 71,6 trillion so‘mga yetdi

    6 mart, 23:28
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qashqadaryoda joniga qasd qilish uchun o‘zini kanalga tashlagan fuqaroni ichki ishlar xodimi qutqardi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 23:06

    Superliga. “Paxtakor” “Bunyodkor” bilan, “OKMK” esa “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 14 iyun, 22:18

    Aktrisa Fotima Rejametova o‘zini osib qo‘ygan qo‘shnisi yuzasidan murojaat bilan chiqdi (video)

    O‘zbekiston | 14 iyun, 22:02

    Ombudsman Toshkentdagi hibsxonada ayol uzoq vaqtdan beri saqlanayotganiga izoh berdi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 21:50

    50 daqiqalik suhbat: Putin va Tramp Yaqin Sharqdagi keskinlashgan vaziyatni muhokama qildi

    Dunyo | 14 iyun, 21:20

    ChatGPT’dan diniy savollarga javob olish joizmi? Musulmonlar idorasi javob berdi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 21:18

    Tailand va Kamboja chegara mojarosini hal qilish uchun uchrashuv o‘tkazdi

    Dunyo | 14 iyun, 21:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.