Samarqand shahrida 26-avgust kuni Iordaniya podshohi Abdulla II ibn al-Husaynni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, Kongress markazi binosi oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston Prezidenti oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif etdi. Harbiy orkestr ikki mamlakat davlat madhiyalarini ijro etdi. O‘zbekiston prezidenti va Iordaniya podshohi faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiya a’zolarini qutladi.
Iordaniya podshohi Abdulla II ibn al-Husaynni rasmiy kutib olish marosimidan lavhalar

-gDBxmRBo.avif)




-xo7knP-o.avif)











Iordaniya podshohining O‘zbekistonga tashrifi
Iordaniya podshohi Abdulla II ibn al-Husayn O‘zbekiston prezidenti taklifiga binoan 25-avgust kuni ilk bor davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. Uni Samarqand shahri aeroportida Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.
Shu kuni ular birgalikda Samarqand shahrining tarixiy obidalari, jumladan, Amir Temur maqbarasi, Mirzo Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori madrasalaridan iborat Registon majmuasi bilan tanishdi. Samarqand xalqaro turizm markazidagi “Boqiy shahar” tarixiy-etnografik majmuasini borib ko‘rdi.
26-avgust kuni O‘zbekiston-Iordaniya sammitining asosiy tadbirlari, shu jumladan oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Muloqotda siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1993-yil 15-fevralda o‘rnatilgan. 2025-yilning may oyida ushbu davlatga O‘zbekistonning yangi elchisi tayinlandi.
Izoh (0)