AQSHning Illinoys shtati, Chikago shahrida bo‘lib o‘tgan UFC 319 turnirida markaziy jang o‘rta vazn toifasi chempioni, janubiy afrikalik Drikus du Plessi hamda reytingda uchinchi o‘rinni egallab turgan asli chechenistonlik bo‘lgan BAA vakili Hamzat Chimayev o‘rtasida kechdi.

5 raundlik chempionlik jangi to‘liq davom etdi. Bahs davomida faolroq harakat qilgan Chimayev hakamlarning bir ovozdan chiqargan qarori asosida g‘alaba qozondi va o‘rta vazn toifasining yangi chempioniga aylandi.
Shu tariqa, Chimayev professional faoliyatidagi 15-jangida 15-g‘alabasini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Dyu Plessi esa hozirgi kunga qadar 26 ta jang o‘tkazib, 23 ta g‘alaba va 3 ta mag‘lubiyat qayd etgan.
Izoh (0)