• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Yaponiya kelajak sari yurish uchun o‘tmish bilan yuzlashishi shart” — Janubiy Koreya prezidenti

    Janubiy Koreya prezidenti Li Je Myong 15-avgust – mamlakatning Ozodlik kuni munosabati bilan so‘zlagan nutqida Yaponiyani mustamlakachilik davridagi tarixiy adolatsizliklar bilan yuzma-yuz kelishga chaqirdi. Bu haqda The Independent xabar berdi.

    Foto: Yahoo News Canada
    Foto: Yahoo News

    Janubiy Koreya prezidenti mamlkat hali ham o‘tmishdagi adolatsizliklarni his qilib yashayotganini ta’kidlab, shunday degan:

    “Ko‘plab koreyslar hali ham o‘tmishda ko‘rilgan adolatsizliklarning og‘irini his qilib yashamoqda. Bu hal etilmagan muammolar Seul va Tokio munosabatlarini to‘liq tiklashga to‘sqinlik qiladi”.

    Li Je Myongning aytishicha, Yaponiya muhim hamkor, ammo kelajak sari yurish uchun o‘tmishni unutmaslik kerak. Prezidentning ushbu bayonoti Seul va Tokio o‘rtasidagi “nozik” pallaga to‘g‘ri kelmoqda. Ikki davlat o‘rtasida iqtisod va xavfsizlikda hamkorlik muhim bo‘lsa-da, Ikkinchi jahon urushi davridagi majburiy mehnat va “tinchlik ayollari” (jinsiy qullikka majburlangan koreys ayollar) masalalari munosabatlarni yillar davomida keskinlashtirib kelmoqda.

    Tokio barcha kompensatsiyalar 1965-yildagi diplomatik bitim bilan yopilganini ta’kidlab keladi. Ammo Seul sudlari jabrlanganlar foydasiga qaror chiqargan. Prezident Li esa avvalgi hukumat ishlab chiqqan — tovon pullarini yapon kompaniyalaridan emas, Janubiy Koreya hukumati qo‘llab-quvvatlagan fond orqali to‘lash rejasini davom ettirishga tayyorligini bildirmoqda.

    Li Je Myong, shuningdek, Yaponiyaning yangi bosh vaziri Shigeryu Ishiba bilan muntazam o‘zaro tashriflar va uchrashuvlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirib, 23-avgust kuni Tokioda uchrashuv bo‘lib o‘tishi haqida ma’lum qilgan. Shu haftada bo‘lib o‘tgan yapon vazirlarining Tokiodagi Yasukuni ibodatxonasiga tashrifi esa Seulning keskin noroziligiga sabab bo‘lmoqda — Janubiy Koreya TIV bu joyni “yapon agressiyasi va urush jinoyatchilarini ulug‘lovchi ramz” deb atadi.

    Janubiy Koreya prezidenti o‘z nutqida “tinchlik ayollari” dardini ham yodga olib, ularning sha’ni va qadr-qimmatini tiklashni va’da qilgan. U, shuningdek, Shimoliy Koreya bilan munosabatlarda ham murosaga asoslangan yondashuvni taklif qilgan. Li avvalgi rahbar Yun Sok Yol singari “shimolni qo‘shib olish” orqali emas, balki bosqichma-bosqich ishonch va muloqot yo‘li bilan yaqinlashishga intilishini ta’kidlagan.

    “Biz Shimoliy Koreya tizimini hurmat qilamiz va hech qanday shaklda dushmanlik harakatlariga intilmaymiz”, dedi Li.

    Li o‘z nutqining yakunida Koreya mustaqillik kurashchilari xotirasiga hurmat bajo keltirib, ularning oilalariga qo‘llab-quvvatlashni kengaytirishga va tarixiy xotirani asrashga so‘z bergan. Bundan tashqari, u mamlakat ichida “eskirgan mafkuralarga asoslangan bo‘linish”larni yengib, siyosatda muloqot va murosaga intilishga chaqirgan.

    Ma’lumot o‘rnida, Yaponiya 1910-yilda Koreya yarimoroliga to‘liq hukmronlik o‘rnatib, uni mustamlaka qilgan. Bu davrda Koreya o‘z mustaqilligidan mahrum bo‘lib, siyosiy va iqtisodiy jihatdan Yaponiyaning nazoratiga o‘tgan. Yaponiya Koreyada quyidagicha siyosat yuritgan:

    • koreys tilidan foydalanish taqiqlangan, maktablarda faqat yapon tilida ta’lim berilgan;
    • ko‘plab koreyslar yapon familiyalarini olishga majbur qilingan;
    • resurslar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yaponiyaga olib ketilgan;
    • Ikkinchi jahon urushi davrida yuz minglab koreyslar majburiy mehnatga safarbar qilingan;
    • minglab koreys ayollar “tinchlik ayollari” (jinsiy qullikka majbur etilgan) sifatida Yaponiya armiyasi tomonidan “foydalanilgan”.

    Ozodlik va keyingi davr: Yaponiya 1945-yil Ikkinchi jahon urushida mag‘lubiyatga uchragach, Koreya mustamlakadan ozod bo‘lgan. Shundan so‘ng yarimorol Shimoliy va Janubiy Koreyaga bo‘linib ketgan.

    16 avgust, 20:47   Izoh (0)   2146
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Janubiy Koreya#Yaponiya#Li Je Myong#o‘tmish#mustamlakachilik

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46

    Gretsiyada 4 kun ichida 242 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 23:39

    Madonna 66 yoshda: butun umr otasining roziligini izlagan va jannatdan haydalishdan qo‘rqqan qizaloqdan pop malikasi bo‘lishgacha bosib o‘tilgan yo‘l

    Musiqa | 16 avgust, 23:26

    AQSH g‘azoliklar uchun viza berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 16 avgust, 23:15

    Afg‘onistonda soqol olgan erkaklar hibsga olinmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 22:55

    Superliga. “Nasaf” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 16 avgust, 22:44

    “Jamiyat bilan davlat o‘rtasida muloqot yo‘q” — Abdulla Abduqodirov O‘zbekiston rivoji uchun nimalar muhimligi haqida

    O‘zbekiston | 16 avgust, 22:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.