“Nottingem Forest” klubi “Manchester Siti”ning 20 yoshli qanot himoyachisi Riko Lyuis transferi bo‘yicha rasmiy taklif jo‘natdi. Bu haqda Footmercato nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “o‘rmonchilar” ingliz futbolchisi uchun asosiy to‘lov sifatida 25 million yevro va qo‘shimcha 5 million yevro bonus taklif qilgan. “Shaharliklar” himoyachini ketishiga qarshi emas, ammo klub rahbariyati uni 40 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor ekanliklarini bildirgan.
Avvalroq, “Nottingem Forest” “Manchester Siti”ning yana bir futbolchisi — Jeyms Makeytiga ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingan edi.
- Lyuis o‘tgan mavsum “Siti” safida jami 44 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol va 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.
- Uning klub bilan shartnomasi 2028-yil yozigacha amal qiladi.
- Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.
Izoh (0)