• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    Misrdagi tilla bilan qoplangan eng qadimgi mumiyo qanday ko‘rinishda? (foto)

    2022-yilda Misrning Saqqara (Qadimgi Misrning poytaxti Memfis uchun qabriston bo‘lgan joy) hududida naqshinkor yog‘och tobutlarga joylashtirilgan 250 ta mumiyo va 100 dan ortiq bronza haykallari topildi. Bu yodgorliklar Qadimgi Misr tarixining taxminan 2 500 yil avvalgi davriga tegishli bo‘lib, ulardan ayrimlari juda yaxshi saqlangan.

    Foto: Egypt-museum.com
    Foto: Egypt-museum.com

    Oradan bir yil o‘tib, 2023-yilda, yana shu hududda Gekashepes ismli odamning mumiyosi topildi va uning yoshi 4 300 yil deb baholandi. Bu topilma Misrda shu kungacha aniqlangan eng qadimgi va eng yaxshi saqlangan mumiyolardan biridir.

    Gekashepes haqida

    Foto: Egypt-museum.com
    Foto: Egypt-museum.com

    Arxeologik qazishmalar davomida Qadimgi podsholik davriga oid bir nechta qabrlar ochildi. Shular orasida Gekashepesning muhrlangan tobuti ham bor edi. U 4 300 yildan ortiq vaqt avval, miloddan avvalgi 2 300-yillar atrofida, V yoki VI sulola davrida yashagan zodagon bo‘lgan.

    Bu kashfiyot so‘nggi o‘n yilliklarda eng muhim arxeologik topilmalardan biri sifatida e’tirof etildi. U Qadimgi Misrning dafn marosimlari, diniy e’tiqodlari va ijtimoiy tuzilmasiga oid muhim ma’lumotlarni beradi.

    Foto: Egypt-museum.com
    Foto: Egypt-museum.com

    Tobut ochilganda, olimlar oltin yaproq bilan qoplangan, juda yaxshi saqlangan mumiyoning guvohi bo‘lishdi. Bu davrda qirollik oilasiga mansub bo‘lmagan shaxslar uchun dabdabali dafn marosimi qilinmagan. Mumiyoning a’lo darajada saqlangani shuni ko‘rsatadiki, o‘sha davrda balzamlash (murda yoki uning ayrim aʼzolari va to‘qimalarini chiritmaydigan qilib uzoq saqlash) usullari yuqori darajada rivojlangan bo‘lgan.

    Foto: Egypt-museum.com
    Foto: Egypt-museum.com

    Gekashepesning qabri 15 metr (50 fut) chuqurlikdagi shaxtaning tubida, ohaktoshdan yasalgan va butunlay ohak qorishmasi bilan muhrlangan sarkofag ichida edi. Bu juda noyob holatdir, chunki Qadimgi podshohlik davridagi qabrlarning aksariyati qadim zamonlarda talon-toroj qilingan.

    Qadimgi misrliklar e’tiqodida oltin ilohiylik timsoli bo‘lib, u o‘lmaslik va abadiy hayot ramzi hisoblangan. Shu bois, Gekashepes jamiyatda yuqori mavqega ega bo‘lgan va badavlat inson bo‘lishi mumkin. Uning qabri yaqinida boshqa taniqli shaxslar — fir’avn Unas davrida xizmat qilgan kohin Xnumjedef va qirollik saroyi amaldori Merining qabrlari ham topilgan.

    Misrning ulkan nekropolida yuzlab qadimiy mumiyolar topilmasi

    Foto: Egypt-museum.com
    Foto: Egypt-museum.com

    Saqqara — qadimgi Misr poytaxti Memfisning ulkan nekropoli bo‘lib, YUNESKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Bu hududda o‘nlab piramidalar, hayvonlar qabristonlari, qadimgi ibodatxonalar va xristian monastirlari joylashgan.

    Foto: Egypt-museum.com
    Foto: Egypt-museum.com

    Misr Turizm va qadimiy yodgorliklar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi qazishmalarda ushbu hududda 150 ta bronza haykalcha topilgan. Ular orasida “qadimgi dunyo me’morchiligida inqilob qilgan” deb ta’riflangan Imxotep haykali ham bor. Bundan tashqari, topilmalar orasida Bastet, Anubis, Osiris, Isida, Nefertum va Xator kabi xudo va ma’budalarning tasvirlari ham bor.

    Foto: Egypt-museum.com
    Foto: Egypt-museum.com
    Foto: Egypt-museum.com
    Foto: Egypt-museum.com

    Qohira yaqinidagi Saqqara nekropoli dunyodagi eng muhim arxeologik yodgorliklardan biri hisoblanadi. Ming yillar davomida u qadimgi Misrning birinchi poytaxti Memfis uchun qirollar va zodagonlar qabristoni bo‘lib xizmat qilgan.

    13 avgust, 14:45   Izoh (0)   4509
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #ilm-fan#Misr#mumiyo#topilmalar#tarix

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ilon Maskning foto va video yaratish uchun mo‘ljallangan neyron tarmog‘i bepul bo‘ldi

    Dunyo | 15 avgust, 23:40

    Ota-onalarga OTM kontraktini to‘lashda beriladigan soliq imtiyozida endi yosh farq qilmaydi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:35

    Tramp Lukashenko bilan 1300 nafar mahbusni ozod qilishni muhokama qildi

    Dunyo | 15 avgust, 23:20

    Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish uchun 200 mln dollargacha xorijiy mablag‘ jalb etiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:07

    Xitoy BMTning Eronga nisbatan zudlik bilan sanksiyalar kiritishiga qarshi chiqdi

    Dunyo | 15 avgust, 22:51

    O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida aviaqatnovlar soni ko‘payadi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 22:35

    “Rossiya Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi” — Germaniya kansleri

    Dunyo | 15 avgust, 22:18
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.