• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12725.16
    • RUB158.65
    • EUR14507.95
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat Shou-biznes

    “Onam vafot etganini Ozod Shukurulloyevdan eshitganman”. Indira Miftahova ortiqcha vazn bilan kurash va farzandsizligi haqida

    Asl kasbi biolog, ikkinchi mutaxassisligi jurnalist bo‘lgan Indira Miftahova bu yil 36 yoshni qarshiladi. U stand up yo‘nalishida sahnaga chiqqan ilk o‘zbek ayoli. Ijodini “Quvnoqlar va zukkolar” jamoasida rus guruhlar bilan ishlashdan boshlagan Indira “Dugonalar”, “Askar qizlar” kabi qator teleshoular va YouTubedagi “Ayollar klubi” podkasti muallifi hamdir. Indira oilali, hozirda Instagram sahifasida o‘z blogini faol olib boradi.

    “Mahalladoshlarim masxara qilavergach, o‘zgarganman”

    Foto: Instagram

    — Men maktabda gapga kiradigan, intizomli va a’lochi qiz edim. Lekin shunday payt keldi-ki, tabiatim tubdan o‘zgarib ketdi. Hayotda ko‘p adolatsizliklarni ko‘rdim va dunyoda kuchli bo‘lish kerakligini tushundim.

    Mahallamizdagi qizlar meni doim masxara qilishardi. Bolalar ko‘p mushtlashadigan mahallada ulg‘ayganman. Mahallada “raqobat” kuchli edi, hatto o‘zimizning “banda”larimiz ham bo‘lgan. Berkinmachoq o‘yinini o‘ynasak ham, qidiruvchi doim men bo‘lardim. Bir kuni bu jonimga tegdi va o‘zimga “Nega doim men qiynalishim kerak?” deb savol berdim. Shunda karatega borishga qaror qildim. Mahalladosh dugonalarimga rahmat, 11–12 yoshimda xarakterim butunlay o‘zgardi, deydi aktrisa.

    “Avval raqsga, keyin boksga borganman”

    Foto: “Daryo”

    — Yoshligimdan raqsga qiziqardim, keyinchalik boks va karatega ham bordim. Qiz bola o‘zini himoya qila olishi kerak deb hisoblardim. O‘shandan keyin o‘g‘il bolalar meni aslo bezovta qilishmagan, do‘stlashishga harakat qilishgan (kulib). Hozir ham sport zaliga boraman. Boks hanuz menga stressni yo‘qotish va ozishda yordam beradi. Raqsga uzoq vaqt qatnashganman. Esimda, salto qilardim, qo‘lda sakrardim, hattoki boshimda aylanishni ham o‘rganganman. Uydagilar esa “Boshingda aylanaverma, soching to‘kilib ketadi” deb doim urishishardi. Men har doim noodatiy ish qilishni zo‘r deb hisoblaganman.

    “Tasodifan biolog bo‘lib qolganman”

    Indira Miftahova xususiy maktabda biologiya o‘qituvchisi bo‘lib ishlaganini ham aytib o‘tgan.

    Foto: Instagram

    — Biolog bo‘lishim tasodif bo‘lgan, lekin taqdirimdan minnatdorman. Dastlab yurist bo‘lishni rejalagandim. Lekin nimadir bo‘lib, boshqa institutga borib qoldim. O‘sha payt Milliy universitetning genetika fakulteti haqida eshitdim. Ko‘pchilik bu fakultetni bilmasdi, atigi 25 kishi topshirgan edi. Imtihondan o‘tganimda darrov onamga qo‘ng‘iroq qilib, “Onajon, men o‘tdim” deganman. Onam esa ishonmay, “Yaxshi, xafa bo‘lma, uyga kel, ko‘ramiz hali”, dedi. Uning bunday reaksiyasini kutmagandim, chunki men o‘zbek maktabini bitirganman, lekin rus tilidagi fakultetga hujjat topshirgan edim, deydi u.

    “O‘zbekistondagi ilk ayol stand up komikman”

    Foto: Instagram

    — Men O‘zbekistonda stand up shousida ishtirok etgan birinchi qizman va bundan faxrlanaman. Bu yo‘lim juda uzoq va qiziqarli bo‘lgan. Avvaliga “Super odamlar”dagi Kamil va Timur bilan tanishdim. Ular tanlov o‘tkazishganda muvaffaqiyatli o‘tdim. Boshida bolalar teatrida konsert berardik, keyinchalik turli joylarda, kovorking markazlarida, “ochiq mikrofon”larda chiqardik. Bir muddatdan so‘ng esa Zo‘r TV telekanalidagi stand up shousining rezidenti bo‘ldim, deydi Indira Miftahova.

    “Eng katta muxlislarim taksistlar”

    Foto: Instagram

    — Eng katta muxlislarim — taksistlar. Ko‘p hollarda aynan ular menga hazil g‘oyalarini berishadi. Mentalitetga oid muammolar, shaxsiy hayotimda bo‘lgan voqealarni sahnaga olib chiqaman. Har bir stand-up komik avvalo o‘zining muammolari haqida so‘zlaydi. Shahar muammolarini ham ko‘taraman — odamlarni, qo‘shnilarni kuzataman. Masalan, qo‘shnim nega xavotirda, nega men ishdan qachon kelishimni o‘ylaydi? (kulib) Ayollarni kuzataman va ularni ranjitib qo‘ymaslik uchun ularning ayrim holatlarni xuddi o‘zim bilan sodir bo‘lgandek qilib olib chiqaman, deydi qiziqchi.

    “Musofirlikda yashab, ruhan dam oldim”

    Komik aktrisa turmushga chiqqach, bir muddat xorijda yashagani va deyarli ijtimoiy tarmoqlarda ham ko‘rinishi bermagani haqida gapirdi.

    Foto: Instagram

    — Turmush o‘rtog‘im sakkiz yil Janubiy Koreyada yashagan. To‘ydan avval “Men ham o‘sha yerda yashagim kelyapti”, deganimda, albatta, bir kun olib borishga vaʼda bergandi. Oradan besh yil o‘tib, orzularimiz amalga oshdi. Turmush o‘rtog‘imning o‘qishga qabul qilinishi sabab biz u yerda yashashimizga to‘g‘ri keldi. Olti oy musofirchilikda yashab, juda ko‘p narsalarni o‘rgandim. Vatanning, yaqinlarning, hamyurtlarimizning qadriga yetdim. Ijodkor bir loyihada ikkinchisiga o‘tayotganda albatta, biroz tin olishi kerak. Shu bois ancha kamnamo bo‘lib qoldim. Shunchaki odamlarni kuzatib, ruhan dam oldim, deydi Indira Miftahova.

    “Ba’zilarning qilayotgan ishidan uyalaman”

    Indira Miftahova Instagramda ancha faol. U karantin davrida vaynerlar Ozod Shukrulloyev, Islom Karimov, Maftuna Shokirova, Aziza Abdullayevalar bilan olgan videolari orqali yanada tanila boshlagan. O‘z jamoasi bilan Turkiston san’at saroyida konsert dasturini ham taqdim etgan.

    Foto: Instagram

    — Vaynerlik ham bir ijod aslida. O‘nta yumor yozilsa, hammasi ham saviyali bo‘ladi, deyolmayman. Orada o‘xshamagani bo‘lishi tabiiy. Ammo yengil-yelpi kontenti ortidan millionlab kuzatuvchilarga ega bo‘lganlar ham yo‘q emas. Eng og‘riqlisi, marketingchilar haqiqiy ijod qiladiganlarga emas, ana o‘shanday kontentchilarga reklama topib berishadi. Ularning bozori yurishganidan so‘ng yoshlarda “Demak, shunaqa qilib ham pul topsa bo‘larkan-da”, degan tushuncha hosil bo‘ladi.

    Foto: Instagram

    Instagram’da meni 800 mingdan ortiq inson kuzatadi. Men ularning hayotiga aks taʼsir etib qo‘ymasligim va daromad olishim uchun istalgan mahsulotni ularga reklama qilmasligim kerak. Qimorni, o‘zim foydalanib ko‘rmagan mahsulotni reklama qilmayman. Keyin hech bir vayn ayollar zo‘ravonligiga xizmat qilmasligi kerak deb hisoblayman. Oddiy misol, vaynda er xotinining yuziga bir tarsaki tushiradi, ayol quvonib, “Qanday yaxshi, yana bitta bo‘lsin”, deydi. Balki bu kim uchundir kulgilidir, ammo bu zo‘ravonlikning bir ko‘rinishi. Chekka qishloqlarda eri tomonidan zo‘ravonlikka uchragan, hatto, zanjirga bog‘lab qo‘yilgan ayollar haqida eshitganman. Buni hech qachon oqlab bo‘lmaydi. Undan keyin uy-joylar bog‘liq reklamalarni joylashtirishga ham hayiqaman. Chunki aldanib qolgan odamlar haqida ko‘p eshityapmiz. “Indira reklama qilgani uchun olgandim”, degan gap kerak emas. Katta auditoriyani jamlagan inson mana shu jihatlarga eʼtibor berishi kerak, deydi Indira Miftahova.

    “Vaqtida “uyg‘onmaganimda”, vaznim 160 kilogrammga yetar edi”

    Foto: Instagram

    — Ozish — dardim, shu bois ham bu mavzuni ko‘p ommaga olib chiqaman. Men yumor orqali vazn bilan muammosi bor odamlar ham sevishga munosibligi va ularning ham qalbi borligini ko‘rsatishga harakat qilaman. Baʼzi insonlar: “Shuncha harakat qildingiz, nega ozmayapsiz?” deb so‘rashadi. Inson birdan semirib qolmaydi, besh yilda to‘plangan 30 kilogramm vazndan birdan qutilish, nosog‘lom ozish hisoblanadi. Agar harakat qilmaganimda, hozirgi vaznim 160 ga yetib qolgan bo‘lardi. Yashirmayman, vaznim 100 kilogrammga yetganda, “uyg‘onganman” va tezda ortga qaytishim kerakligini tushunganman, deydi Indira Miftahova.

    “Onam vafot etganini Ozod Shukrulloyevdan eshitganman”

    Foto: Instagram

    — Onam uzoq yil poliartrit kasalligi bilan kurashdi. Har doim “Suyaklarim o‘pkamni siqsa, nafas ololmay qolsam” deb ko‘p o‘ylardi. Buning og‘rig‘i juda dahshatli. Ammo hech qachon kasallikka yengilmadik va davolash uchun hamma muolajalarni qo‘llab ko‘rdik. Hamisha onamga ko‘proq vaqt ajratishga, shunchaki sayr qilish va suhbatlashib o‘tirishga vaqt topardim. Chunki onam kasallikdan qiynalishini yaxshi bilardim. Uy-ro‘zg‘or, ishdagi muammolar hammada bor. Ammo ularning hech biri ota-onaning yonida bo‘lmasligimizga arzimaydi. Ular omonat, borida qadriga yetish kerak.

    Onam kasalxonaning jonlantirish bo‘limida davolanayotgandi. Ishonasizmi, kasalxonaga borgan kunimiz “Meni juma kuni olib ketasan qizim”, deb qayta-qayta gapirdi. “Sog‘aysangiz, albatta, olib ketaman”, dedim. Ishonasizmi, juma kuni ertalab 10 da qo‘ng‘iroq qilib “Kelasanmi, uyimga ketmoqchiman”, dedilar. “Sizni zo‘r xonaga olishadi, yana ozigina davolanishingiz kerak”, deb xayrlashdim. Yonlaridagi bemor opaga “Yaxshiyam nabiralarimni ko‘rib olganim”, deb qarshi tomonga yonboshlabdilar-u, jonlari uzilibdi. Bu xabarni eshitganda shok holatiga tushdim, ammo baribir umidimni uzmadim. Ozod Shukurulloyev onamni ko‘rib “Indira, sabrli bo‘l”, deganidan keyin boshqa chora qolmaganligini bildim. Keyin bilsam, shifokorlar uch kun avval onamning ahvoli og‘irlashayotgani haqida Ozod akaga aytishgan ekan, deydi Indira Miftahova.

    “Farzandsizligim katta davralarda mavzu bo‘ladi”

    Foto: Instagram

    — Onam vafot etganidan keyin ko‘pchilik “Agar farzanding bo‘lganida, ovunarding”, deb tasalli berishdi. Ammo ota-ona va bolaning o‘rni boshqa-boshqa. Oila qurganimizga besh yil bo‘ldi, ishonaman, bir kun Alloh, albatta, bizga ham farzand beradi. Lekin kuniga bu haqda ellik marta gapirishsa, oxiri ko‘zga yosh olarkansiz. Bu haqida o‘ylashayotgani uchun rahmat, ammo farzandni Alloh beradi. Duo qilinglar, ammo qayta-qayta eslataverish shart emas. Oldin bu haqda o‘ylamasdim, muhimi turmush o‘rtog‘im vaziyatni tushunyapti, umidimiz bor derdim. Ammo baʼzi odamlar baxtli ekanini isbotlash uchun meni shu nuqtamga uryapti. Bu xuddi odamning kamchiligini yuziga aytishdek gap. Hatto dushmanimning ham dilini og‘ritishni istamayman. Baʼzan o‘zimni tutolmay yig‘laganimda shu darajada beshafqatmisizlar, degim keladi. Menga ham og‘ir, ammo na iloj, deydi u.

    Baʼzi muxlislar chin dildan duo qilib “Sizga farzand tilayman”, deyishadi. Ularning ko‘rsatayotgan mehridan quvonaman, ammo uni ham pinhona so‘rashlarini istayman. Chunki endi unutdim, chalg‘idim deganimda yana kimdir eslatsa, hammasi qaytalangandek bo‘ladi.

    Yaqinda turmush o‘rtog‘im bilan bir tadbirga bordik, u yerda 100 ga yaqin shou-biznes vakillari bor edi. Ishonasizmi, tadbir yakunlanguniga qadar asosiy mavzu biz bo‘ldik. Bu juda yoqimsiz holat, qanchalik kulib turishga harakat qilmay baribir yuragim og‘ridi. Ota-onam hamma narsadan baxtli bo‘lishni o‘rgatgan. Farzandim yo‘q to‘g‘ri, ammo baxtli bo‘lishimning boshqa sabablari ko‘p, deydi Indira Miftahova.

    Indira Miftahova vaynlardan topgan daromadi sabab qaynonasiga uy sovg‘a qilgani rostmi?

    Foto: Instagram

    — Aslida uyni men emas, turmush o‘rtog‘im oldi. Reklama asosida uy berishdi, turmush o‘rtog‘im yonidagi yana bir uyga to‘lov qildi. Avval ham reklamaga uy berish bo‘yicha juda ko‘p takliflar bo‘lgan. Doim rad etardim, boisi buning masʼuliyati juda katta. Men reklama qilsam-u, ammo u vaqtida topshirilmasa yoki boshqa muammolari yuzaga chiqsa, o‘zimni aybdor his qilaman, deydi Indira Miftahova.

    4 avgust, 12:25   Izoh (0)   1901
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Indira Miftahova#Ozod Shukrulloyev#mashhurlar

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniya noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish uchun 132 mln dollar ajratadi

    Dunyo | 4 avgust, 23:50

    Al-Aqso masjidiga bostirib kirish barcha musulmonlarga qarshi qilingan tahdiddir — Falastin hukumati

    Dunyo | 4 avgust, 23:40

    Andijonda fuqaro xonadonida noqonuniy “gaz bunkeri” aniqlandi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 23:30

    Toshkent viloyatida yosh o‘qituvchilar uchun 45 kunlik intensiv kurs yakunlandi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 23:21

    Apple Siri ishlab chiquvchilar jamoasini qayta tuzishga va ChatGPT’ga raqobatchi yaratishga qaror qildi

    Dunyo | 4 avgust, 23:10

    O‘zbekistonda bir yilga mo‘ljallangan gaz subsidiyasi olti oyda to‘lab bo‘lindi

    Iqtisodiyot | 4 avgust, 23:00

    “Manchester Yunayted” Vinisius uchun “Real”ga 200 mln yevro taklif qilishga tayyor

    Sport | 4 avgust, 23:00

    Yaponiyada kanalizatsiya quvurlarini ko‘zdan kechirish chog‘ida to‘rt erkak halok bo‘ldi

    Dunyo | 4 avgust, 22:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.