Yozgi jaziramada ko‘pchilik tetiklashtiruvchi ichimliklar orqali chanqoqni qondirishga harakat qiladi. Ular orasida sevimli qahva ham bor. Ammo issiq havoda qahva ichish salomatlikka ijobiy ta’sir qiladimi? Bu savolga shifokor endokrinolog Darya Xaykina javob berdi.

Qahva issiq mavsumda hatto sovuq holda ichilganda ham terlashni kuchaytiradi. Mutaxassisning ta’kidlashicha, ichimlikning harorati bunday ta’sirda muhim rol o‘ynamaydi.
Qahvadagi kofein asab tizimini faollashtiradi, yurak urishini tezlashtiradi va teri yuzasiga qon oqimini kuchaytiradi. Bularning barchasi tana ichki haroratining oshishiga olib keladi. Organizm esa haddan tashqari qizib ketishni bartaraf etish uchun tabiiy sovitish mexanizmini ishga tushiradi va ter ajralishi kuchayadi.
Bundan tashqari, kofein organizmda adrenalinni ko‘proq ishlab chiqarishga turtki beradi. Bu esa nafas olish tezligini oshiradi, qon bosimini ko‘taradi va moddalar almashinuvini jadallashtiradi. Issiq ob-havoda bunday o‘zgarishlar organizmga ortiqcha yuklama berishi va holsizlikni keltirib chiqarishi mumkin.
Shuningdek, qahva buyraklar faoliyatiga ta’sir qilib, suyuqlikning tezroq chiqib ketishiga sabab bo‘ladi. Bu ham terlashni kuchaytiruvchi omil sanaladi. Shu sababli qahvani salqinroq vaqtlarda, masalan, kechqurun iste’mol qilish va har bir finjon qahva bilan birga albatta bir stakan suv ichish tavsiya qilinadi. Bu yozda suvsizlanishning oldini olishga yordam beradi.
Izoh (0)