Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 17-iyul kuni mamlakatda 6 oy ichida qurol ishlab chiqarish miqdori oshirilishini ma’lum qildi. Bu haqda Euronews xabar berdi.

Ukraina rahbari keyingi 6 oy ichida mudofaa sektorida sezilarli o‘zgarishlar bo‘lishini ma’lum qilgan.
“Mudofaa sektori va qurol ishlab chiqarishda sezilarli o‘zgarishlar bo‘ladi. Hozirda askarlarimiz qo‘lidagi barcha qurollarning taxminan 40 foizi Ukrainada ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkichning 6 oy ichida 50 foizdan kam bo‘lmasligini ta’minlaymiz”, dedi Ukraina rahbari.
Ukraina Rossiyaning hujumlariga qarshi turish va unga zarba berish uchun uzoq masofaga uchuvchi dronlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Mamlakat so‘nggi paytlarda Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatilishi kamayishidan xavotirda edi. Shu sababli Ukraina qurol ishlab chiqarishni kuchaytirishga qaror qilingan. AQSH prezidenti Donald Tramp 11-iyul kuni Vashington NATO orqali Ukrainaga qurol-yarog‘, jumladan, Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlarini yuborishini ma’lum qilgandi.
Oq uy 17-iyul kuni Shveysariyaga Patriot havo mudofaa tizimlarini yetkazib berish kechiktirilishini ma’lum qilgan. Bunga Ukraina har doimgidan ham ko‘proq harbiy texnikalarga muhtojligi sabab qilib ko‘rsatilgan. AQSH va Shveysariya o‘rtasidagi harbiy qurol yetkazib berish to‘g‘risidagi kelishuv 2027-yildan kuchga kirishi lozim edi.
“AQSH Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirmoqchi. Hozirda Kiyevga harbiy texnikani yetkazib berayotgan davlatlar tez orada ushbu yordamni to‘xtatish niyatida. Shu bois Vashington Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berishning ustuvor yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqishga qaror qildi”, deyiladi Shveysariya Mudofaa vazirligi bayonotida.
Izoh (0)