Kreditlarning 75 foizi birlamchi bozordagi uylarga berilgan. Olti oy ichida davlat 17,6 foizgacha, banklar 25,2 foizgacha stavkada qarz ajratgan.

Markaziy bank hisobiga ko‘ra, 2025-yil I yarmida O‘zbekistonda 31,5 ming kishiga 9,4 trln so‘m miqdorida ipoteka kreditlari ajratilgan. Shundan eng ko‘p qismi — 2,95 trln so‘m Toshkent shahri aholisiga yo‘naltirilgan. Eng kam miqdor esa Sirdaryo viloyatiga (175,5 mlrd so‘m) ajratilgan.
Qolgan hududlarga berilgan kreditlar miqdorlari quyidagicha:
- Andijon viloyati — 747,2 mlrd so‘m;
- Samarqand viloyati —713,5 mlrd so‘m;
- Farg‘ona viloyati — 710,2 mlrd so‘m;
- Surxondaryo viloyati — 561 mlrd so‘m;
- Qashqadaryo viloyati — 560,3 mlrd so‘m;
- Xorazm viloyati — 576,7 mlrd so‘m;
- Navoiy viloyati — 532,1 mlrd so‘m;
- Namangan viloyati — 457,8 mlrd so‘m;
- Toshkent viloyati — 443,6 mlrd so‘m;
- Jizzax viloyati — 337,4 mlrd so‘m;
- Qoraqalpog‘iston — 336,3 mlrd so‘m;
- Buxoro viloyati — 329,5 mlrd so‘m.
Ipoteka kreditlarining 6,3 trln so‘mga yaqini 21,7 ming kishiga “Yangi tartib” loyihasi doirasida davlat tomonidan ajratilgan. Mazkur qarzlarning o‘rtacha stavkasi 16,6 foizdan 17,6 foizgacha bo‘lgan. Kreditlarning 75 foizi birlamchi bozordagi uylarga berilgan.

Qarzlarning 6,4 trln so‘mini Iqtisodiyot va moliya vazirligi, 2,2 trln so‘mini banklar o‘z hisobidan ajratgan. Banklar kreditlarni o‘rtacha 23,3 foizdan 25,2 foizgacha bo‘lgan stavkalarda bergan.
Kredit olganlarning 66 foizi 31–50 yoshlilar, 25 foizi esa 18–30 yoshlilar bo‘lgan.
Markaziy bank hisob-kitobiga ko‘ra, aholiga ajratilayotgan ipoteka kreditlari miqdori yildan yilga ortib bormoqda. Xususan, 2021-yilda 9,8 trln so‘m, 2022-yilda 14,4 trln so‘m, 2023-yilda 16,9 trln so‘m, 2024-yilda 17,1 trln so‘m ipoteka kreditlari berilgan.
O‘z navbatida aholiga ajratilgan kredit qoldig‘i ham o‘sishda davom etgan. Masalan, 2021-yilda mazkur ko‘rsatkich 28,3 trln so‘m bo‘lsa, 2025-yil iyuliga kelib 72,8 trln so‘mga yetgan. Yaʼni kredit qarzdorliklari hajmi mazkur davr oralig‘ida 2,6 baravarga ortgan.
Izoh (0)