“Nasaf” jamoasi futbolchisi Akmal Mozgovoy Birlashgan Arab Amirliklarining “Baniyas” klubiga transfer qilindi. Bu haqda Qarshi klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Mozgovoy “Nasaf” futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U jamoa bilan birga 3 marotaba O‘zbekiston Kubogi, 3 marotaba O‘zbekiston Superkubogi, bir martadan Superliganing bronza va kumush medallarini qo‘lga kiritgan.
O‘tgan mavsumda futbolchi “Nasaf” bilan birga ilk bor O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritdi.
Shu bilan birga, Akmal Mozgovoy 2024-yilgi mavsumda Superliganing eng yaxshi futbolchisi deb e‘tirof etilgan edi.
BAA klubi hozircha transfer haqida maʼlumot bermadi.
Izoh (0)