• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport Futbol

    Qimor o‘yinlarini reklama qilayotgan “Mash’al”, bloklangan “OKMK” va 2 yildan beri tugamaydigan “Qizilqum”—“Metallurg” uchrashuvi — professional klublarimizning noprofessional mediasi haqida

    Chamasi, bundan ikki oylar avval Abduqodir Husanov “Manchester Siti”da oy futbolchisi deb topildi. Eldor Shomurodov ham 2025-yil boshidan beri “Roma”da ikki marta e’tirof etildi. Ushbu jamoalar oyning eng yaxshilarini ovoz berish orqali aniqlashdi va bunda muxlislar ham faol ishtirok etishdi. Ovoz berish jarayoni Telegram, Instagram yoki Twitter tarmoqlarida emas, internetdagi o‘zining rasmiy saytlarida o‘tkazildi. Ushbu jarayonda o‘zbekistonlik muxlislar ham bevosita ishtirok etib, “Manchester Siti” yoki “Roma”ning rasmiy sahifasida ro‘yxatdan o‘tib, o‘z sevimlilariga ovoz berishdi. Bu — tabiiy jarayon.

    Foto: Yandex
    Foto: Yandex

    Zamonaviy futbol faqatgina maydondagi o‘yin bilan emas, balki uning atrofidagi infratuzilma, media salohiyati va axborot tizimlari bilan ham belgilanadi. Bugungi kunda dunyoning ko‘plab yirik klublari o‘z rasmiy saytlarini muxlislar bilan muloqotdagi eng muhim vosita sifatida ko‘radi. Afsuski, O‘zbekiston Superligasi klublarining aksariyati bu borada juda ham oqsamoqda. Ayrim jamoalarning rasmiy saytlariga kirib bo‘lmaydi, ba’zilarining esa yillar davomida yangilanmagan sahifalari futbol jamoatchiligi uchun yot manzaraga aylanib ulgurgan. Bu holat futbolimizning tashqi ko‘rinishi va ishonchliligi, ayniqsa xalqaro miqyosdagi imijiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

    Foto: Yandex
    Foto: Yandex

    Ha, O‘zbekiston chempionati so‘nggi yillarda ancha kuchaydi. Buni inkor qilib bo‘lmaydi, lekin klublarning media bo‘limi haqida bunday deb bo‘lmaydi. To‘g‘ri, Telegram yoki Instagram orqali klub haqida so‘nggi yangiliklarni topish mumkin. Biroq professional klub nomi ostida harakat qiladigan jamoalarimiz o‘z nomiga monand tarzda ishlab, o‘zining rasmiy saytini ham yuritishsa yaxshi bo‘lar edi.

    Misol tariqasida, Superliganing amaldagi chempioni “Nasaf”ning rasmiy sahifasidan (fcnasaf.uz) namuna keltiramiz.

    Foto: Ekran tasviri
    “Nasaf” klubi veb-saytidan lavha
    Foto: Ekran tasviri

    Sayt faol tarzda ishlamoqda. Lekin ular so‘nggi marta 2023-yilda xabar joylashgan. Turnir jadvali esa 3-turdan keyin umuman yangilanmagan.

    “Nasaf” klubi veb-saytidan lavha
    Foto: Ekran tasviri

    Jamoa qishki transfer oynasi paytida bir qancha xaridlarni amalga oshirdi. Xususan, ukrainalik darvozabon Aleksandr Vorobey, Umar Eshmurodov, Ruben Hebay yoki Dragan Cheran kabi futbolchilar qarshiliklar bilan shartnoma imzolashdi. Biroq bular haqida hech qanday ma’lumotlar topib bo‘lmadi.

    “Nasaf” klubi rasmiy saytidan
    “Nasaf” klubi veb-saytidan lavha
    Foto: Ekran tasviri

    O‘rganishlardan keyin “Nasaf” klubi yangi saytga o‘tayotgani va hozirda ular “FCNasaf.uz”dan “Nasafsc.uz”ga ko‘chayotgani aniq bo‘ldi. Klub matbuot xizmatining ma‘lum qilishicha, hozir bu bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda va may oyining oxirlarida to‘liq yangi domen ostida harakat qiladi. 

    Joriy mavsum chempionlik uchun asosiy da’vogar bo‘lib turgan Olmaliqning “OKMK” klubining ham rasmiy sahifasi bor. Har holda, Wikipediya ma’lumotlariga tayanadigan bo‘lsak, Fc-Agmk.uz sayti “konchilar”ga tegishli. Ammo, ushbu sahifaga kirganimizda, sayt allaqachon bloklangan. 

    “OKMK” rasmiy saytidan
    Bloklangan “OKMK” klubi veb-saytidan lavha
    Foto: Ekran tasviri

    Yangi sayti bo‘yicha biroz izlandik va natijada ularning yangi sahifasi “FcOKMK.uz” sayti bor ekanligi ma’lum bo‘ldi. Lekin unda ham Superliganing 1-turidan keyin natijalar yangilanmaganiga guvoh bo‘ldik.

    Ushbu holatda ijtimoiy tarmoqdagi ma’lumotlarni yangilab turishini klub matbuot xizmatidan so‘rab qolamizki. Aks holda bunday muammolar kelib chiqaveradi.

    “OKMK” veb saytidan lavha
    “OKMK” veb saytidan lavha

    So‘nggi yillarda ancha shov-shuvlarga sabab bo‘layotgan yana bir jamoa — “Navbahor” ham e’tibordan chetda qolmadi. Ularda ham ahvol yuqoridagi jamoalarnikidan qolishmaydi. Ha, ularning ham rasmiy sahifasi bor (Pfcnavbahor.uz). Lekin ular oxirgi marta 2024-yilning sentyabr oyida xabar joylashgan.

    “Navbahor” klubi veb-saytidan lavha
    Foto: Ekran tasviri

    Eng kulgili tomoni shundaki, klubni allaqachon tark etgan O‘tkir Yusupov hamon asosiy jamoa safida qayd etilgan. Bu yerda nafaqat Yusupov, balki qishda “Neftchi” safiga o‘tgan Iskanderov, Boltaboyev kabi futbolchilar ham bor va bu professional klub uchun ayanchli holat.

    “Navbahor” klubi web-saytidan lavha
    “Navbahor” klubi veb-saytidan lavha
    Foto: Ekran tasviri

    “Qizilqum” klubi rasmiy saytidan na’muna keltiramiz va uni ortiqcha izohlamaslikka qaror qildik. Sababi ikki yil o‘tibdi hamki, “Qizilqum” — “Metallurg” bahsi yakuniga yetmagan.

    Aniqlik kiritilishicha, Navoiy klubida ham veb sahifa almashgan. Jamoaning Wikipediyaga kiritilgan sahifasi “Fcqizilqum.uz” hozirda faol emas va ular “Pfcqizilqum.uz” domeni ostida faoliyat yuritmoqda. Ushbu holatda ijtimoiy tarmoqdagi ma’lumotlarni yangilab turishini klub matbuot xizmatidan so‘rab qolamizki. Aks holda bunday muammolar kelib chiqaveradi.

    Foto: “Qizilqum” veb-saytidan lavha

    “Dinamo” matbuot xizmatida ishlaydigan matbuot kotib(a)lari o‘zaro kelishib olishsa yaxshi bo‘lar edi. Sababi, saytdagi ma’lumotlar yangilanmagani kamdek, unda chiqarilayotgan xabarlar bir kuni lotin alifbosida, bir kuni kirill alifbosida e’lon qilingan. Undagi xatolar esa ikkinchi masala. Albatta Samarqanddek ko‘hna shaharning yagona bayroqdor jamoasi matbuot xizmatidagi holat kulgili hamda ayanchli.

    “Dinamo” matbuot xizmati vaziyatga quyidagicha izoh berdi:

    Saytimiz yangilanayapti, eskisini 2009 yilda ochganmiz,shu sabab shriftlarni o‘qimay qolgan, serverida ham muammo bor. Yangisi ham hozirgi domenda bo‘ladi.

    “Dinamo” rasmiy web-saytidan
    “Dinamo” klubi veb-saytidan lavha
    Foto: Ekran tasviri

    “Qo‘qon-1912” klubidagi holat kayfiyatingizni ko‘tarishi tabiiy. Sababi ushbu jamoa muxlislari o‘z sevimlilari haqidagi ma’lumotlar bilan bir qatorda Yevropa futboli yangiliklaridan ham boxabar bo‘lishadi. Agar siz Kokand1912.uz sahifasiga kirsangiz, Kazemiro Turkiyadan taklif olgani-yu, “Real”ning tarkibdagi muammolari haqidagi ma’lumotlarni ham bilib olasiz. Lekin xursand qiladigan holat shundaki, matbuot xizmati jamoa haqida ham ma’lumot berib borar ekan.

    “Qo‘qon-1912” klubi rasmiy web-saytidan
    “Qo‘qon-1912” klubi veb-saytidan lavha
    Foto: Ekran tasviri

    O‘zbekiston Superligasida 8-turdan keyin 3-o‘rinni egallab turgan “Bunyodkor” esa not found 404. 

    Aniqlashtirish: “Bunyodkor” rasmiy saytiga mobil qurilmalar orqali kirish mumkin. Yuqorida ma’lumot berganimizdek, “Bunyodkor” futbol klubining rasmiy saytlariga kirishda muammo mavjud. Biroq aniqlik kiritamiz — ushbu sayt kompyuter orqali to‘liq ishlamayotgan bo‘lsa-da, mobil telefonlarda ochilmoqda va asosiy sahifalar faol ishlamoqda. Sababini bilish uchun “Bunyodkor” klubi matbuot xizmati bilan bog‘lanishga harakat qildik, lekin buni iloji bo‘lmadi.

     

    Foto: Ekran tasviri

    Wikipediya ma’lumotlariga tayanadigan bo‘lsak, “Buxoro” klubining rasmiy internet sahifasi Pfcbuxoro.com deb nomlanadi. Ammo ushbu havola orqali kirib ko‘rsak, umuman klubga aloqasi bo‘lmagan onlayn kazinolarni reklamasi bilan shug‘ullanuvchi sayt bo‘lib chiqdi.

    Wikipediya
    Wikipediya
    Foto: Ekran tasviri

    “Mash’al” klubidagi holat ham yuqorilardagilardan yomon bo‘lsa yomondirki, ammo yaxshi emas. Muborak klubining rasmiy sahifasi allaqachon hakerlar qo‘liga o‘tib ketgan va ular klub nomidan o‘zlarining har xil qimor o‘yinlarining reklamasida foydalanmoqda.

    Foto: Ekran tasviri
    Foto: Ekran tasviri

    “Andijon”, “Sho‘rtan” va “So‘g‘diyona” jamoalari ham o‘zlarining rasmiy veb-saytiga ega, lekin ularning barchasi nofaol tarzda bo‘lib turibdi.

    Aniqlashtirish: “Andijon” rasmiy saytiga mobil qurilmalar orqali kirish mumkin. Yuqorida ma’lumot berganimizdek, “Andijon” futbol klublarining rasmiy saytlariga kirishda muammo mavjud. Biroq aniqlik kiritamiz — ushbu saytlar kompyuter orqali to‘liq ishlamayotgan bo‘lsa-da, mobil telefonlarda ochilmoqda va asosiy sahifalar faol ishlamoqda. 

    “Andijon” klubi matbuot kotibidan bu haqida so‘raganimizda, saytda kamchiliklar borligi, lekin bular sekin-asta to‘g‘rilanayotganini ma’lum qildi. Lekin hozirgi nosozlikning sababini bilmasligini aytdi. 

    Agar ma’lumotlar rost bo‘lsa, “Xorazm” klubi haligacha o‘zining rasmiy saytini ega emasligini ko‘rish mumkin.

    “Andijon” veb-sahifasidan lavha
    “Andijon” veb-sahifasidan lavha
    Foto: Ekran tasviri
    “Sho‘rtan” klubi web-saytidan lavha
    “Sho‘rtan” klubi veb-saytidan lavha
    Foto: Ekran tasviri
    “So‘g‘diyona” klubi web-saytidan lavha
    “So‘g‘diyona” klubi veb-saytidan lavha
    Foto: Ekran tasviri

    O‘zbekiston futbolida axborot siyosatiga e’tibor qarata oladigan klublar soni juda kam. Shunday kam sonli jamoalardan biri – bu “Paxtakor”. Toshkent klubi nafaqat Superliganing eng sovrindor jamoasi, balki axborot maydonida ham o‘z o‘rniga ega. Klubning rasmiy sayti doimiy yangilanib boriladi, unda jamoa bilan bog‘liq eng so‘nggi yangiliklar, prevyular, o‘yinoldi va o‘yindan keyingi murabbiylar fikrlari muntazam e’lon qilinadi. Sayt orqali muxlislar nafaqat asosiy jamoa, balki yoshlar haqida ham ma’lumotga ega bo‘lishi mumkin.

    “Paxtakor” klubi web-saytidan lavha
    “Paxtakor” klubi veb-saytidan lavha
    Foto: Ekran tasviri
    “Paxtakor” klubi veb-saytidan lavha
    Foto: Ekran tasviri

    “Surxon” klubi ham o‘zing mediasi bilan boshqalardan ajralib turadi. Termiz klubi nafaqat boshqa ijtimoiy tarmoqlari, balki o‘zining veb-sahifasini ham deyarli har kuni yangilab turadi. Ushbu jamoaning rasmiy saytiga tashrif buyursangiz, murabbiylar fikri, prevyular va fotogalereyalarni ham muxlislari uchun joylab boradi.

    “Surxon” klubi rasmiy web-saytidan
    “Surxon” klubi veb-saytidan lavha
    Foto: Ekran tasviri

    Farg‘onaning “Neftchi” klubi ham bu borada ancha faolligini kuzatishimiz mumkin. Jamoa matbuot xizmatida barchasi tezkorlik bilan amalga oshiriladi. Uchrashuv natijalari, murabbiylar fikri va boshqa statistikalar tezda yangilanishi xursand qiladi. Farg‘ona klubi so‘nggi paytlarda o‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘yib kelayotgani hech kimga sir emas, jamoa 2025-yilda chempionlik uchun katta harakat boshlagan. Bugungi raqamli davrda bu kabi faoliyat klub brendi va obro‘sining muhim bir qismiga sanaladi. “Neftchi” bu borada boshqa Superliga jamoalariga ibrat bo‘la oladigan darajada ishlamoqda.

    “Neftchi” klubi web-saytidan lavha
    “Neftchi” klubi veb-saytidan lavha
    Foto: Ekran tasviri

    Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, bugungi globallashuv va raqamli axborot davrida har bir professional futbol klubi o‘z rasmiy saytiga ega bo‘lishi, uni faol yuritib borishi zarur. Bu nafaqat muxlislar bilan aloqa vositasi, balki jamoaning xalqaro darajadagi ishonchliligi, brendi va professional yondashuvini aks ettiruvchi omildir. Afsuski, O‘zbekiston Superligasi klublarining aksariyati bu borada jiddiy e’tiborsizlikka yo‘l qo‘ymoqda. Rasmiy saytga ega bo‘lmaganlar, bor bo‘lsa-da, uni yillab yangilamagan klublar borligi jamoaning imijiga salbiy ta’sir o‘tkazishi aniq. Bu ro‘yxatda “Nasaf” yoki “Andijon” kabi xalqaro maydonda yurtimiz sharafini himoya qiladigan klublarning borligi dilni xira qiladi.

    Qolganlar ham “Paxtakor”, “Surxon” va “Neftchi” kabi jamoalardan o‘rnak olib, zamonaviy futbol talablariga moslashishlari shart. Aks holda, biz professional futbolga da’vogarlik qilayotganimiz bilan, uni axborot darajasida himoya qila olmaymiz.

    Jamshidbek Mahmudov

    10 may, 10:10   Izoh (0)   3782
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Nasaf#Paxtakor#Navbahor#Neftchi#Andijon#Surxon

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston Superligasi birinchi turida ishlovchi hakamlar e’lon qilindi 

    28.02.2024, 13:16

    Superliganing 4-tur o‘yinlari boshlanish vaqti va unda ishlaydigan hakamlar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi 

    27.03.2024, 13:28

    Superliga. Simulyatsiya ishlatgan, jamoadoshini tepgan, hakam bilan tortishganlar, jumladan, Babayan ham jarima to‘laydi

    28.03.2024, 09:51

    Belgilanmagan penalti va qizil kartochka — Ekspert-hakamlar komissiyasi bahsli holatlarni tahlil qildi

    02.04.2024, 16:18

    Superliga. May oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar e’lon qilindi

    06.06.2024, 11:16

    Superligada may oyining eng yaxshilari aniqlandi

    11.06.2024, 15:36

    Narxi oshgan Jaloliddinov, arzonlagan Abduxoliqov — Transfermarkt portali Superliga futbolchilarining narxlarini yangiladi

    28.06.2024, 10:14

    Berilmagan qizil kartochka, noto‘g‘ri belgilangan penalti va qo‘pollik orqali urilgan gol. Ekspert-hakamlar xulosasi e’lon qilindi

    02.07.2024, 17:00

    O‘zbekiston Olimpiya jamoasining 18 kishilik yakuniy tarkibi ma’lum bo‘ldi

    19.07.2024, 14:39

    Olimpiya cho‘qqisi uchun ilk qadam. O‘zbekiston—Ispaniya uchrashuvi. Prevyu

    24.07.2024, 11:59

    “Lokomotiv” va “Surxon” klubi futbolchilari 3 ta o‘yinga chetlatildi, “Paxtakor” sport direktoriga chora ko‘rildi

    03.10.2024, 15:27

    “Nasaf” klubiga chempionlik kubogi 9-noyabr kuni topshiriladi 

    04.11.2024, 13:32

    Srechko Katanes noyabr oyi o‘yinlari uchun chaqirilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi 

    06.11.2024, 11:18

    Samarqanddagi penalti, Namangandagi qizil kartochka: O‘zFHM hakamlarning bahsli vaziyatlardagi qarorlarini to‘g‘ri deb topdi 

    11.11.2024, 22:10

    O‘zbekiston Superligasi yakunlandi. “OKMK” va “Navbahor” sovrindor bo‘ldi. “Lokomotiv” Pro Ligaga tushib ketdi

    30.11.2024, 17:45

    “Nasaf” darvozaboni Abduvohid Neʼmatovning transfer narxi 600 ming yevroga oshdi

    04.12.2024, 22:13

    Superliga va Proliga jamoalari 2025-yilgi mavsumda Adidas Tiro Pro to‘plaridan foydalanadi

    07.12.2024, 15:37

    Dragan Cheran “Nasaf”ga qaytdi

    22 yanvar, 22:34

    PFL Superliganing birinchi davrasiga qurʼa tashladi

    1 fevral, 18:55

    O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichiga qurʼa tashlandi

    26 fevral, 19:54

    Yangi mavsum Superliga klublari qaysi brend liboslaridan foydalanishi ma’lum (foto)

    6 mart, 13:20

    O‘FA tibbiy ko‘rikdan o‘ta olmagan 12 futbolchiga Superliga o‘yinlarida qatnashishga ruxsat bermadi

    9 mart, 15:28

    Superliga. “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi, “Xorazm”dan ilk g‘alaba, “Navbahor” “Dinamo” bilan durang o‘ynadi (video)

    10 mart, 11:34

    Sherzod Nasrullayev: “3 ochko to‘plasak, Mundial masalasini hal qila olamiz” 

    25 mart, 14:25

    Superliga. “Nasaf” Qarshida “Sho‘rtan”ni tor-mor etdi

    5 aprel, 22:12

    O‘zbekiston Superkubogi qaysi stadionda o‘tishi aniq bo‘ldi

    8 aprel, 18:35

    Superliga. “Nasaf” o‘z maydonida kichik hisobda g‘alaba qozondi

    13 aprel, 22:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rasman: Florian Virts – “Liverpul” futbolchisi

    Sport | 20 iyun, 23:12

    “Daryo” dayjesti: 20-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 20 iyun, 23:05

    BMT yig‘ilishida Eron va Isroil vakillari o‘rtasida bahs-munozara yuzaga keldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:50

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Eronning Beer-Shevaga hujumi oqibatida Microsoft ofisi vayron bo‘ldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:25

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.