• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    1979-yil dekabr oyida SSSR armiyasi Afg‘onistonga bostirib kiradi. Maqsad qo‘shni davlatda kommunistik rejim o‘rnatish edi. Urush 10 yil davom etadi va sovet qo‘shinlari har jabhada mag‘lubiyatga uchraydi. Oxir-oqibat SSSR rahbariyati qo‘shinlarni Afg‘onistondan olib chiqishga qaror qiladi. 1989 yilda sovet armiyasi qo‘shni davlatdan to‘liq chiqariladi.

     

    Afg‘on urushi deganda ko‘z oldimizga vayron bo‘lgan mamlakat, qurbon bo‘lgan millionlab odamlar keladi. Biroq bir paytlar Moskvada o‘tirgan korchalonlar buni o‘ylamagandi.

    Ular hali ona suti og‘zidan ketmagan 18 yoshli bo‘z yigitlarni urush o‘chog‘iga jo‘natgan va ularning qo‘li bilan Afg‘onistonni kultepaga aylantirgandi.

    Afg‘on urushi haqida gap ketganda G‘arb ommaviy axborot vositalari “Sovet ittifoqining Vyetnam urushi” deb atashadi. Bu bejizga emas. Sovetlar ham xuddi amerikaliklarday begona yurtga bostirib kirib, u yerda 10 yil urishdi.

    Xuddi amerikaliklarday begona yurtda behuda qon to‘kib, milliardlab dollar mablag‘ yo‘qotdi. Oxirida xuddi amerikaliklarday sharmanda bo‘lib mag‘lubiyatga uchradi.

    Afg‘on urushi sovetlarga nega kerak bo‘lgandi?

    Aksariyat tarixchilar sovetlar Afg‘onistonda kommunistik tuzum o‘rnatish uchun bu davlatda urush ochgan deb hisoblaydi. Bu qarash to‘g‘ridir, biroq afg‘onlarni “kommunistlarga aylantirish” oson kechmaydi. Hatto aytish mumkinki, buning iloji bo‘lmadi.

    Azaldan milliy va diniy qadriyatlarga sodiq yashagan afg‘onlar dinni inkor qiladigan va asosan dahriylik targ‘ib qilinadigan kommunistik tuzumni qabul qila olmadi va ko‘plab qurbonlar berishiga qaramasdan o‘sha paytlarda dunyoning eng yirik armiyasi hisoblangan sovet armiyasiga 10 yil munosib qarshilik ko‘rsatdi.

    Andropov va Brejnev

    Boshqa tomondan Afg‘on urushining tom ma’nodagi tashkilotchisi KGB rahbari Yuriy Andropov bo‘lgan deyishadi. 1970-yillarning ikkinchi yarmida SSSRda hokimiyatni de-fakto qo‘lga olgan bu shaxs SSSR mudofaa vaziri Dmitriy Ustinovni ham o‘ziga bo‘ysunadigan qilib qo‘ygandi. Shu sababli u KGB boshlig‘ining chig‘irig‘idan chiqmasdi, barcha buyruqlarini indamasdan bajarardi.

    1978-yilda Afg‘onistonda notinchlik boshlanadi. o‘zlarini Afg‘oniston Xalq Demokratik partiyasi a’zolari deb atagan guruh mamlakat rahbari Muhammad Dovudga qarshi isyon boshlaydi. Bu isyon tarixda “Savr inqilobi” nomini olgan.

    Isyonchilar prezident saroyini o‘rab olib, Muhammad Dovudga taslim bo‘lish talabini qo‘yadi. U ko‘nmaydi. O‘rtada otishma boshlandi. Natijada, Muhammad Dovud, uning oila a’zolari bo‘lgan yigirmaga yaqin kishi, jumladan, besh nafar farzandi va akasi Muhammad Naim halok bo‘lishadi.

    Muhammad Tarakiy

    Shundan so‘ng isyonchilar Afg‘onistonda demokratik respublika tuzilganini va mamlakat sotsializm yo‘lidan ketishini e’lon qiladi. Mamlakatga Muhammad Tarakiy rahbar, Hafizulloh Amin esa inqilobiy kengash raisi bo‘ladi.

    O‘sha paytda dunyoning ikki qutbi liderlari bo‘lgan SSSR va AQSH darhol Afg‘onistonning yangi rahbarlari bilan aloqaga chiqishadi. Shunda Nurmuhammad Tarakiy SSSR bilan, Amin esa AQSH bilan yaqinlashish tarafdori ekani ma’lum bo‘ladi.

    Qo‘shni davlatda vaziyat taranglashgach, bundan Andropov unumli foydalanib qolishga harakat qiladi. KGB rahbari Ustinovga bosim o‘tkazib, u bilan til biriktiradi va mamlakat rahbariga Afg‘onistonga qo‘shin kiritish kerakligini aytadi.

    1979-yil sentyabrda Afg‘onistonda vaziyat keskinlashadi. Hafizulloh Amin Nurmuhammad Tarakiyni ag‘daradi va qatl etadi. So‘ng o‘zi Afg‘onistonning yakka hukmdoriga aylanadi.

    Vaziyatning bunday kechishi SSSR manfaatlariga mos kelmasdi. Buning ustiga Brejnevni qo‘shni davlatga qo‘shin kiritishga ko‘ndirib bo‘lmayotgandi.

    Hafizulloh Amin

    Ana shunday vaziyatda 1979-yil dekabrda Andropov Afg‘onistonning Bagrom shahriga KGBning “Musulmon bataloni” deb atalgan va asosan Markaziy Osiyo hamda Kavkazdan chaqirilgan xodimlardan iborat maxsus bo‘linmasini jo‘natadi.

    1979-yil 16-dekabr kuni KGB Aminga suiqasd uyushtiradi, biroq u tirik qoladi. Shundan so‘ng 27-dekabr kuni afg‘onlarday kiyinib olgan “Musulmon bataloni” Amin saroyini egallaydi va uni o‘zini o‘ldiradi. Bu paytda sovetlar Afg‘oniston bilan chegaraga juda katta qo‘shinni olib kelgan va ular qo‘shni davlatga bostirib kirishga tayyor turgandi.

    O‘sha paytda KGB xodimlarining Aminni o‘ldirgani sir saqlangan va ommaga afg‘on xalqi isyon ko‘targani va Aminni o‘ldirgani aytiladi. Aslida esa uni KGB xodimlari o‘ldirgandi.

    Amin o‘ldirilgach sovetlar Babrak Kormal ism-sharifli shaxsni Bagromdagi SSSR harbiy bazasidan Kobulga olib borishadi va uni Afg‘oniston rahbari deb e’lon qilishadi. Shundan so‘ng yangi rahbar SSSR rahbariyatidan Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish uchun o‘z mamlakatiga harbiylarni kiritishni “iltimos qiladi”.

    Bunga javoban sovetlar darhol Afg‘onistonga qo‘shin kirita boshlaydi. Biroq o‘shangacha sovet qo‘shinlarining bir qismi qo‘shni yurtning shimoliy qismiga kirib bo‘lgandi. Shu tariqa Afg‘onistonda urush boshlanadi.

    Keyinchalik, Brejnevning jiyani o‘z esdaliklarida sovet qo‘shinlari Afg‘onistonga kiritilgandan biroz vaqt o‘tib tog‘asining har kuni kechki payt Dmitriy Ustinovga qo‘ng‘iroq qilib “Dima, bu urush qachon tugaydi? Sen urush uzoq davom etmaydi, degan eding. Ammo, jin ursin bu urushingni, oxiri ko‘rinmayapti-ku?! Axir, u yerda bolalarimiz halok bo‘lishyapti?!” deb gapirganlari haqida yozgandi.

    Dmitriy Ustinov

    Afg‘on urushi o‘z nomi bilan bosqinchilik urushi edi. Biroq ana shu urushda garchi o‘zga yurtga qurol ko‘tarib borgan bo‘lsa-da bir askarni afg‘onlar juda hurmat qilishadi.

    Yo‘q, u qonli janglar ketayotgan paytda asir tushib afg‘onlar tomonga o‘tib ketmagan. Afg‘onlar foydasiga sotqinlik ham qilmagan. Shunchaki u afg‘onlarni hayotini saqlab qolish uchun o‘z jonini qurbon qilgandi.

    Bu askarning ism-sharifi Sergey Malsin edi. Xo‘sh, Malsin afg‘onlar uchun qanday qahramonlik ko‘rsatgan va o‘limidan so‘ng ularning mehrini qanday qozongandi.

    Gorkiydan Afg‘onistongacha

    1965-yil 15-dekabrda Gorkiy (hozirgi Nijegorod) viloyatidagi Bor shahrida tug‘ilgan Sergey oilada yolg‘iz o‘g‘il edi. U o‘rta maktabni tugatgach kemasozlik korxonasida slesar bo‘lib ishlay boshlaydi.

    1984-yil bahorda, yigit 18 yoshga to‘lganida harbiy xizmatga chaqiriladi. O‘shanda sovet qo‘shinlari Afg‘onistonda jang qilayotgandi.

    Sergey Malsin

    Ma’lumot uchun, SSSRda Ikkinchi jahon urushidan so‘ng uch yillik majburiy harbiy xizmat joriy qilingan edi. 1960-yillarning ikkinchi yarmida majburiy harbiy xizmat ikki yilga qisqartiriladi. Bugun sobiq ittifoqning ayrim davlatlarida ikki yillik majburiy harbiy xizmat saqlanib qolmoqda.

    Sergey armiyada bir yil xizmat qilgach, 1985-yil iyunda uni Afg‘onistonga jo‘natib yuborishadi. Unga “KamAZ” yuk mashinasini berishadi va Sergey qo‘shni davlatda jang olib borayotgan armiya tarkibida haydovchilik qila boshlaydi.

    Qaltis vaziyat va o‘lim

    1985-yil 2-noyabr. Sergeyning ikki yillik harbiy xizmatni yakunlab uyga qaytishiga bir necha oy qolgan. U navbatdagi yuklarni manzilga yetkazish uchun yo‘lga tushadi.

    Yigit belgilangan joyga yetib borishi uchun Afg‘onistondagi eng xavfli yo‘l – Salang dovonidan oshib o‘tishi lozim edi. Bu dovon yo‘llari tor, tik nishablik va keskin qayrilishlardan iborat edi. Afg‘on urushi ketayotgan paytda sovetlar bu yo‘lda tunnel qurishgandi.

    Sergey o‘ziga berilgan yuk mashinasini dengiz sathidan 3 500 metr balandlikda boshqarib borar ekan, sovetlar qurgan tunneldan chiqqach, keskin qayrilishlardan birida ro‘parasidan kichikroq o‘lchamdagi yuk mashinasiga boshqa manbada avtobus deyilgan) duch keladi. Mashina tepasida yigirmadan oshiq afg‘onlar, ayollar, bolalar bor edi. Oradagi masofa juda qisqa qolgan va to‘qnashuv muqarrar edi.

    Agar to‘qnashuv sodir bo‘lsa yirik o‘lchamli “KamAZ” afg‘onlarning yuk mashinasini tik jarlikdan pastga tushirib yuborishi va oqibatda uning tepasida bo‘lganlar halok bo‘lishi aniq edi.

    Afg‘on urushida foydalanilgan “KamAZ”

    Afg‘on yuk mashinasining tepasida asosan ayollar va bolalar borligini ko‘rgan Sergey u bilan to‘qnashmaslik uchun o‘zi boshqarib ketayotgan mashina chambaragini tik qoya tomonga burib yuboradi.

    O‘shanda afg‘onlar ketayotgan mashina eson-omon o‘tib ketadi, biroq “KamAZ” qoyaga urilib pachaqlanadi. Sergey og‘ir jarohat oladi va oqibatda vafot etadi.

    Yigitning jasadini temir tobutga solib Bor shahriga jo‘natishadi va u shu yerdagi qabristonga dafn qilinadi. SSSR oliy soveti farmoni bilan Sergeyga o‘limidan so‘ng Qizil yulduz ordeni beriladi. Ko‘p o‘tmay unga Afg‘oniston medali ham beriladi.

    Ramziy qabr va afg‘onlar hurmati

    Sergeyning jasadi Rossiyaga jo‘natilgandan so‘ng yigit bilan birga xizmat qilgan askarlar u halok bo‘lgan joyga, Salang dovonidan o‘tgan yo‘l yoqasiga ramziy qabr qilib, unga qabrtosh ham o‘rnatib qo‘yishadi.

    Katta o‘lchamli qabrtoshga yigitning ism-sharifi, tug‘ilgan va o‘lgan yillari kirill harflarida yozib qo‘yiladi.

    1989-yilda SSSR o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqqach alamzada afg‘onlar sovetlarga daxldor nima bo‘lsa, barchasini yakson qilishadi. Hatto halok bo‘lgan sovet askarlari uchun o‘rnatilgan yodgorliklargacha.

    Sergey Malsinga o‘rnatilgan ramziy qabrtosh

    Biroq ular Sergeyning xotirasi uchun o‘rnatilgan yodgorlik toshga teginishmaydi. Aksincha, har-har zamonda uning atrofini tozalab qo‘yishadi. Afg‘onlar bir paytlar odamlar ketayotgan mashina bilan to‘qnashishdan qochib, o‘z hayotini qurbon qilgan sovet askariga shu tariqa hurmat ko‘rsatishadi.

    Sergeyga o‘rnatilgan yodgorlik tosh hanuzgacha Salang dovonidan o‘tgan yo‘l yoqasida turibdi. Urush tugagandan so‘ng afg‘onlardan biri o‘sha atrofda bo‘lgan buloq suvini quvur bilan olib kelib Sergeyga o‘rnatilgan yodgorlik toshi oldida oqizib qo‘yibdi.

    O‘tkinchilar to‘xtab suv olishadi va kirill yozuvi tushirilgan yodgorlik toshi kim uchun o‘rnatilganini, nega shu paytgacha buzib tashlanmagani bilan qiziqishadi. Shunda hodisadan xabardorlar ularga Sergeyning qahramonligini so‘zlab berishadi.

    Sharmandali mag‘lubiyat

    Andropovning “Ikki oyda Afg‘onistonda tartib o‘rnatamiz va urushni tugatamiz” degan gapiga ishongan yoki chorasizlikdan unga hech narsa deya olmagan Brejnev 1982-yil kuzda, urushni boshlagan KGB rahbari Andropov 1983-yil kuzda vafot etib ketishadi. Biroq urush davom etaveradi.

    Andropovdan keyin SSSRni qisqa muddat Konstantin Chernenko boshqaradi, biroq u ham Afg‘on urushini tugatishni o‘ylamaydi.

    1985-yil martda Chernenko vafot etadi va o‘rniga Mixail Gorbachyov SSSR rahbari bo‘ladi. U o‘zidan avvalgi rahbarlardan farqli ravishda sovet qo‘shinlari qo‘shni davlatda behuda urishayotganini anglab yetadi va 1986-yil fevralda Afg‘onistondan qo‘shinlarni bosqichma-bosqich olib chiqish haqida gapiradi.

    O‘sha paytda bu ish oson emasdi, shu sababli ham oradan yana ikki yil o‘tib ketadi va bu vaqtda sovet qo‘shinlarining talafotlari yanada oshib boradi. Oxir-oqibat 1988-yil 15-may kunidan boshlab sovetlar Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqa boshlaydi.

    Afg‘onistondan sovet qo‘shinlarining olib chiqilishi, 1989-yil. Termiz yaqinidagi Hayraton ko‘prigi

    1989-yil 15-fevralda sovet armiyasining so‘nggi qismlari Termizdagi Hayraton ko‘prigidan o‘tadi. Shu tariqa 10 davom etgan urushdan so‘ng sovet armiyasi Afg‘onistondan mag‘lub bo‘lib qaytadi. Oradan yana ikki yil o‘tgach, 1990-yilda Gorbachyov tinchlik yo‘lidagi xizmatlari uchun xalqaro Nobel mukofotini oladi.

    Afg‘on urushidagi yo‘qotishlar va SSSRning parchalanishi

    1975-yilda AQSH armiyasi Vyetnamda mag‘lubiyatga uchragandi. Shu sababli sovetlar “Bizning armiya dunyodagi eng kuchli armiya” deb maqtanishardi. Biroq Afg‘on urushi va undagi mag‘lubiyat barchasini oshkor ko‘rsatdi qo‘ydi.

    O‘shanda sovet harbiy texnikalari ham uncha mukammal emasligi bilinib qoldi. Bundan tashqari, sovetlarda professional armiya yo‘q edi. 18 yoshga to‘lgan yigitlar armiyaga chaqirilar va ular ikki yil xizmat qilgach zaxiraga bo‘shatilardi. Bo‘shatilganlar o‘rniga yana yosh yigitlar kelardi.

    Tasavvur qiling, 18 yoshli yigit harbiy xizmatga chaqirilyapti. Bir necha oy tayyorgarlik ko‘rgach jang maydoniga tashlanyapti. Ana shunday vaziyatda Pokiston va Afg‘onistondagi harbiy lagerlarda tayyorgarlik ko‘rgan afg‘onlar hali tajribasi bo‘lmagan yigitlarni “tutday to‘kib tashlaydi”.

    Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra Afg‘on urushida SSSR tomonidan qariyb 1 million harbiy qatnashgan va 10 yilda ulardan 14 453 nafari halok bo‘lgan. Biroq ayrimlar sovetlar halok bo‘lganlar sonini bir necha marotaba kamaytirib ko‘rsatganini aytgan.

    Shuningdek, rasmiy ma’lumotlarda sovetlar har yili urush uchun qariyb 1 mlrd dollar sarflagani keltirilgan. Aslida esa SSSR bu behuda urush uchun yiliga 5-8 mlrd dollar sarflagan.

    Afg‘on urushiga eng ko‘p askar Markaziy Osiyo respublikalaridan, jumladan O‘zbekistondan yuborilgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra 10 davomida Afg‘on urushiga 64 500 nafar o‘zbekistonlik yuborilgan.

    Shulardan 1 522 nafari halok bo‘lgan, 2 500 kishi jarohatlangan. Biroq norasmiy ma’lumotlarda Afg‘on urushida qatnashgan va halok bo‘lganlar soni bir necha barobar ko‘p ekani aytiladi.

    Afg‘onistondan keltirilayotgan tobut

    Shubhasiz Afg‘on urushidan eng ko‘p jabrlangan — bu afg‘on xalqining o‘zi bo‘ldi. Mamlakat butunlay vayronaga aylandi. Bundan tashqari millionlab afg‘onlar qurbon bo‘ldi.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, Afg‘on urushida 2 million Afg‘oniston harbiylari va fuqarolari halok bo‘lgan. Ayrim tadqiqotchilar ma’lumotlarida halok bo‘lganlar qariyb 3 million nafar bo‘lgani, 5 million nafar afg‘onistonlik esa qochqinga aylangani qayd etilgan.

    Afg‘on urushi nafaqat millionlab insonlarning umriga zomin bo‘ldi, balki SSSRni og‘ir iqtisodiy inqirozga ham tushirdi. Oqibatda ko‘p o‘tmay mamlakat parchalanib ketdi va mustabid tuzum qo‘l ostida mustamlaka bo‘lib kelayotgan respublikalar mustaqillikka erishdi.

    Bugun o‘sha urushda qatnashgan insonlar oramizda yuragida katta dard va alam bilan oramizda yashamoqda. Azizlar, hech kim sizni hech narsada ayblay olmaydi, chunki siz o‘zingiz xohlab bormagansiz, shunchaki sovetlarning manfur siyosati qurboni bo‘lgan edingiz.

    G‘ayrat Yo‘ldosh tayyorladi

    5 iyul, 15:22   Izoh (0)   5103
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Afg'oniston#SSSR#bosqin#Afg'on urushi

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Leninning tug‘ilgan kuni, Lenin haqida she’rlar, “Lenin sizga mushayt qilayaptimi?”. O‘zbek matbuoti 22-aprelda nimalar haqida yozgan?

    22.04.2022, 07:30

    Kambodjada 3 mln inson umriga zomin bo‘lgan Pol Pot, Afg‘onistonda hujumga uchragan 9-rota va eng yirik etnik urushlardan biri — Bosniya mojarosi. Kun xronologiyas...

    07.01.2023, 09:30

    Superkompyuterni mag‘lub etgan Kasparov, AQSH uchuvchisiga almashilgan sovet razvedkachisi va kosmosda to‘qnashib ketgan ikki sun’iy yo‘ldosh. Kun xronologiyasida

    10.02.2023, 09:49

    Yozuvchi Salmon Rushdini o‘ldirishga “fatvo chiqargan” Eron rahnamosi, Afg‘onistonda o‘ldirilgan AQSH elchisi va Moskvada tom qismi qulab tushgan ko‘ngilochar mask...

    14.02.2023, 10:20

    Markaziy Osiyoga sarmoya kiritish ijobiy natija beradimi? 

    29.09.2023, 23:59

    “AQSH Afg‘onistondan chiqib ketgani yo‘q. U faqat o‘z taktikasini o‘zgartirdi” — ekspertlar

    14.12.2023, 19:15

    “Orolni quritsak, Turkistonning Rossiyaga qaramligini abadiy saqlab qolishimiz mumkin”: Kaufmanning imperatorga yozgan maxfiy maktubi

    15.12.2023, 17:32

    “Registonga qurollangan qo‘riqchilari bilan bormoqchi edi” — Zoir Mirzayev afg‘on vazirining Samarqandga tashrifi haqida 

    22.02.2024, 13:05

    Kuchli charchoq, dispetcherlar xatosi, samolyot yukxonasidagi bomba... Eng yirik aviahalokatlar tarixiga nazar 

    25.12.2024, 19:58

    AQSHdan deportatsiya qilingan markaziy osiyoliklar Kosta Rikaga keldi (foto)

    22 fevral, 21:44

    Buxoro yahudiylari qanday qilib Markaziy Osiyoga kelib qolgan?

    4 mart, 11:00

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “Afg‘onlar biz bilan urishmaslik uchun suvdan richag sifatida foydalanyapti” — siyosatshunos Hamid Sodiq

    13 iyun, 16:33

    Urush suratlarini yoritgan, xalq dardini gapirgan va haqiqat uchun jon bergan jurnalistlar

    27 iyun, 20:10

    Pokistonda portlash tufayli kamida 16 kishi halok bo‘ldi 

    28 iyun, 16:55

    Pokistonda bomba portlashi oqibatida 13 nafar askar halok bo‘ldi

    30 iyun, 18:20

    Afg‘oniston terma jamoasi Rossiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi mumkin

    30 iyun, 13:59

    AQSHning global zarba beruvchi quroli — B-2 Spirit samolyoti haqida

    1 iyul, 20:10

    CAFA Nations Cup-2025. O‘zbekiston terma jamoasining raqiblari ma’lum bo‘ldi

    3 iyul, 16:47

    Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarini qabul qildi

    3 iyul, 18:41

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    3 iyul, 23:05

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    3 iyul, 23:51

    “Eron va Isroil o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha erishilgan kelishuvni qo‘llab-quvvatlaymiz” — Shavkat Mirziyoyev 

    4 iyul, 16:31

    O‘zbekiston prezidenti IHT doirasida “Ekoinvest” dasturini qabul qilish muhimligini aytdi 

    4 iyul, 17:05

    Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga davlat tashrifi yakunlandi

    4 iyul, 18:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.