• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Leninning tug‘ilgan kuni, Lenin haqida she’rlar, “Lenin sizga mushayt qilayaptimi?”. O‘zbek matbuoti 22-aprelda nimalar haqida yozgan?

    Tarix — hayot takrorlardan iborat ekani haqida saboq beruvchi eng yaxshi ustoz; har kunlik bu saboqlardan doim ham vaqtida va to‘g‘ri xulosalar chiqarilmasa-da, tarix baribir eng yaxshi ustozligicha qolaveradi.

    Ham O‘zbekistonning, ham jahonning bundan 90, 60 va 30 yil avvalgi manzarasiga o‘zbek matbuoti ko‘zi bilan imkon qadar nazar solish ham qiziq, ham foydali ko‘rindi. Bundan o‘n yillar avval aynan bugungi sanada nimalar bo‘lgan, davr matbuoti ular haqida nima deb yozgan, jamoatchilikning munosabati qanday edi — bularning barini “Kun matbuoti tarixi” rukni orqali kuzatib borish mumkin.

    Rukn materiallari har kuni tong soat 7:30 da e’lon qilinadi.

    90 yil avval. 22-aprel, juma

    22-aprel — Sovetlar mamlakati asoschisi Vladimir Ilich Lenin tug‘ilgan kun. Ammo, kutilmaganda, 1932-yilgi o‘zbek sovet gazetalari bu “ulug‘ kun”ga katta ahamiyat qaratmagan (ehtimol, yer haydash, chigit ekish va omonat kassa konkursi tashvishlaridan ortishmagandir). “Qizil O‘zbekiston” muqovasi Leninning bolalikdagi suratini berish bilan kifoyalangan:

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 22-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 22-aprel sonidan lavha

    “Yosh leninchi” esa, nomiga nomunosib tarzda, Lenin haqida biror material bermagan (albatta, bu kamchilik oradan 30 yil o‘tib ortig‘i bilan to‘ldiriladi). Muqovada ham Lenin yo‘q. Ammo Stalin bor: “Stalin yurishi — ish asosi bo‘ldi” xabari so‘zimizga dalil:

    “Yosh leninchi” gazetasining 1932-yil 22-aprel sonidan lavha

    “Yosh leninchi” gazetasining 1932-yil 22-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” sahifalarida, har doimgidek, fosh etishlarni topish mumkin. Masalan, “Nurmatovni topib, sudga berish kerak” sarlavhali mitti xabarning o‘zida ikki masala ko‘tariladi — birinchidan, Parkentdagi mashina-traktor stansiyasi va batraklar ittifoqining sobiq raisi pulni “yeb”, qochib ketgani, ikkinchidan, tuman qidiruv bo‘limiga uni izlab topish haqida ariza berilgan bo‘lsa-da, qidiruv olib borilmayotgani haqida. “Mana shu fakt rayon qidiruv shu’basiga yaramas unsurlar joylashib olganini ko‘rsatadi”, deya 1930-yillarga xos uzil-kesil xulosa beriladi xabarda.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 22-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 22-aprel sonidan lavha

    “O‘quv programmalari qachon tayyor bo‘ladi axir? Narkompros va O‘znashr o‘rtasidagi sansalorliklar bitirilsin” materialida esa ko‘plab “kallavaramliklar” qatori o‘quv dasturlarini tayyorlashga mas’ul idoralarning harakatlarida muvofiqlik yo‘qligini tanqid qilingan.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 22-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 22-aprel sonidan lavha

    Xorijiy xronikada esa, har doimgidek, Yaponiyani olabo‘ji qilib ko‘rsatuvchi xabarlarga keng o‘rin berilgan. Hozirgi kun nuqtai nazaridan mantiqsizdek ko‘rinadigan xabarlar ham bor: “Polsha bilan Yaponiya o‘rtasida harbiy ittifoq. Polsha Germaniyaga qarshi juda zo‘r harbiy tayyorlik ko‘radi”. Ushbu xabarda ta’kidlanishicha, “Polsha Dansig va Sharqiy Prussiyaga hujum qilish uchun tayyorlanadi”. Buning uchun Fransiya va Chexoslovakiya harbiy sanoatiga katta buyurtmalar bergan, AQShga esa 83 mingta yuk mashinalarini yetkazib berish bo‘yicha “zakaz qilgan”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 22-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 22-aprel sonidan lavha

    60 yil avval. 22-aprel, yakshanba

    Lenin, Lenin va yana bir bor Lenin. “Qizil O‘zbekiston” gazetasining barcha sahifalari Leninga bag‘ishlangan. Muqovada O‘zbekiston xalq shoiri Oybekning qasidasi:

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 22-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 22-aprel sonidan lavha

    Keyingi sahifada esa boshqa bir xalq shoiri — Maqsud Shayxzodadan yangi, 1962-yil aprelida yozilgan leninnoma:

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 22-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 22-aprel sonidan lavha

    “Lenin — bashariyat quyoshi” sarlavhali bosh maqolada sovet davlatini olqishlash uchun kunda-kunora quloqqa chalinadigan gaplarni o‘qiysiz: “Partiyaning lenincha do‘stlik siyosatidan cheksiz minnatdor bo‘lgan o‘zbek xalqi Vatan oldidagi o‘z internatsional burchini doimo sharaf bilan bajarib kelmoqda. O‘zbek xalqining milliy iftixori — “oq oltin” barcha sovet xalqining boyligidir. Partiyamiz Programmasidan, KPSS Markaziy Komitetining mart Plenumi qarorlaridan ilhomlangan shonli paxtakorlarimiz bu yil ona Vatanga 3 million 350 ming tonna paxta yetkazib berish uchun kurashmoqdalar”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 22-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 22-aprel sonidan lavha

    Tarix fanlari doktori H.Inoyatovning “Lenin — Kommunistik partiya va sovet davlatining asoschisi nomli maqolasida ta’kidlanishicha, “Lenin Sovet davlatining tashqi siyosati va bu siyosatning prinsiplarini ham ishlab chiqdi. Ulug‘ dohiy ‘urushlarni to‘xtatish, xalqlar o‘rtasida tinchlik o‘rnatish, talashlar va zo‘rlik qilishlarni to‘xtatish’ni sotsialistik davlatimizning ideali deb hisobladi. SSSR tashqi siyosatining butun tarixi mana shu idealga erishish uchun olib borilgan, butun dunyoda tinchlik uchun muttasil olib borilayotgan kurash tarixidir” (masalan, Lenin davridayoq qonga botirilgan Turkiston muxtoriyatini eslamay qo‘ya qolamiz; Fin urushi, Polshaga bosqin, Vengriya, Chexoslovakiya, Afg‘oniston...).

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 22-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 22-aprel sonidan lavha

    Gazetada SSSR xalq artisti Shukur Burhonovning ham fikrlari ham bosilgan. Bir necha yillardan beri Hamza nomidagi O‘zbek davlat drama teatrida Lenin rolini o‘ynab kelayotgan artistning tan olishicha, Lenin rolini o‘ynash — “aytishga oson”:

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 22-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 22-aprel sonidan lavha

    “Lenin degan muborak so‘z”ning ma’nosi, “Kambag‘al” nomli kolxoz oradan yillar o‘tib Lenin nomli boy qishloq xo‘jaligi arteliga aylangani haqidagi ocherk ham e’tiborga loyiq:

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 22-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 22-aprel sonidan lavha

    30 yil avval. 22-aprel, chorshanba

    Tashqarida 1992-yil, mustaqil O‘zbekiston gazetalarining muqovalarida hali ham Leninni uchratish mumkin. Lekin bu safar ularning bari tanqidiy materiallar mavzusi: 30 yil avval “muborak” hisoblangan bu nomdan qachon qutulamiz, haykallarini qachon ag‘daramiz, degan so‘roq-savol. “Xalq so‘zi”da e’lon qilingan “Lenin sizga mushayt qilyaptimi?” sarlavhali materialda ta’kidlanishicha, birgina Jizzax viloyatining o‘zida “hozir 48 dona Lenin haykali va byusti mavjud”. Materialda qo‘shimcha qilinishicha, yil boshida Navoiyning 550 yillik to‘yi munosabati bilan Jizzax rayoni Navoiy nomli xo‘jalikda “shoshma-shosharlik, yetishmovchilik oqibatida” Navoiyning “arzon-garov xomashyodan tiklangan” byusti o‘rnatilgan. “To‘g‘risi, biz ‘agar sizda shu qadar yetishmovchilik bo‘lsa, Lenin haykalini yiqitib, uning xomashyosidan Lenin bobomizga yodgorlik tayyorlating’, deyishga jur’at etolmadik”, deydi material muallifi.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 22-aprel sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 22-aprel sonidan lavha

    Lenin va umuman kommunistik o‘tmishga doir nomlarning almashtirilishi haqidagi xabarlarning kayfiyati bayramona: “Rayonda, shuningdek, ko‘chalar, mahallalar, maktablar nomi ham Oktabr inqilobi, partiya syezdlari nomi bilan atalishdan xalos etilyapti”.

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 22-aprel sonidan lavha

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 22-aprel sonidan lavha

    Zamon o‘zgargani bois, Lenindan boshqa mavzularga kengroq o‘rin berilgan. Masalan, Xorazm viloyati hokimligi xodimlari 30 foizga qisqartirilib, hokimlikda faqat 41 kishi qoldirilgan:

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 22-aprel sonidan lavha

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 22-aprel sonidan lavha

    Davrning dolzarb muammolaridan biri — maktab o‘quvchilari orasida pul topish maqsadida mashinalarning oynasini (va nafaqat oynasini) yuvish ommalashib ketgani:

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 22-aprel sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 22-aprel sonidan lavha

    Qrim masalasi 1992-yilda ham dolzarb — qrimliklar mustaqillik masalasida referendum o‘tkazmoqchi va, nimagadir, Qrim mustaqilligiga doir referendum Rossiya parlamentida muhokama qilingan. Shu bois Ukrainaning o‘sha vaqtdagi prezidenti Leonid Kravchuk qrimliklar va Qrim Respublikasiga qat’iy murojaat qilgan:

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 22-aprel sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 22-aprel sonidan lavha

    Ba’zi narsalar 30 yil o‘tsa ham o‘zgarmaydi. Masalan, Oksana Chusovitinaning O‘zbekiston uchun medallar qo‘lga kiritishi:

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 22-aprel sonidan lavha

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 22-aprel sonidan lavha

    Mavzuga doir:

    • Mirabror Usmonovning raddiyasi, Mirziyoyevning 1992-yilgi Turkiya safari, “ishlamagan tishlamaydi” tamoyilini olg‘a surgan Xrushchyov. O‘zbek matbuoti 21-aprelda nimalar haqida yozgan?
    • Oqdaryoni musobaqaga chaqirgan Qoradaryo, yana bir bor fosh qilingan Amerika razvedkasi, hotamtoy “Anvar-bank”. O‘zbek matbuoti 20-aprelda nimalar haqida yozgan?
    • Suriyada bayram, tasavvurlarni kunpaya-kun qilgan Tursunoylar, talabalar soni bo‘yicha Germaniyadan, vrachlar soni bo‘yicha AQShdan o‘zib ketgan O‘zbekiston. O‘zbek matbuoti 19-aprelda nimalar haqida yozgan?
    Ushbu material huquqlari mualliflarida saqlangan holda e’lon qilish sharti bilan “Daryo” internet-nashriga taqdim etildi

     

    22.04.2022, 07:30   Izoh (0)   87605
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Ukraina uchun yangi yordam paketini tayyorlamoqda — Politico

    Dunyo | 12 iyul, 11:45

    YouTube endilikda sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan videoroliklarga pul to‘lamaydi

    Layfstayl | 12 iyul, 11:35

    “Real Madrid” 100 mln yevroga futbolchi xarid qilmoqchi

    Sport | 12 iyul, 11:25

    AQSH Senati komiteti Ukrainaga 500 mln dollar yordam ko‘rsatishni ma’qulladi

    Dunyo | 12 iyul, 11:05

    Pavel Durov o‘z muvaffaqiyatining sirini ochdi

    Layfstayl | 12 iyul, 10:45

    “Barselona” asosiy e’tiborini Reshford transferiga qaratadi

    Sport | 12 iyul, 10:35

    O‘zbekistonda qancha elektromobil borligi ma’lum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.