Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida tez yordam brigadasi ko‘chada yurak xuruji bilan yotgan erkak bemorni shifoxonaga olib ketishdan bosh tortgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Respublika tez tibbiy yordam markazi munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 31-may kuni soat 12:31 larda 103 xizmatiga Yashnobod tumanidagi Boysun va Boku ko‘chasi chorrahasida joylashgan metro deposi oldida yotgan bemorga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha chaqiriq kelib tushgan.
Tibbiy brigada chaqiruv manziliga 12:51 da (15 daqiqada) yetib borgan. Tibbiyot xodimlari 1962-yilda tug‘ilgan bemor M.A.ni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazganda unda yengil mastlik holati aniqlangan.
Fuqaroning qolgan barcha hayotiy ko‘rsatkichlari me’yorda bo‘lgani sababli u ichki ishlar organlari xodimlariga topshirilib, navbatdagi chaqiruv bo‘yicha ketgan. Ayni paytda M.A. hushyorxonaga topshirilgan.
Avvalroq Toshkent shahrida tez tibbiy yordam xodimlari bemorni 4 soat olib yurib, so‘ng podyezdga tashlab ketgani haqida xabar berilgandi. Holat yuzasidan Respublika tez tibbiy yordam markazi matbuot xizmati izoh bergan.
Izoh (0)