• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    O‘lim bilan yuzma-yuz: og‘ir kasalliklarni yengib, hayotga qaytgan Gollivud yulduzlari

    Jangari filmlarda qahramonlar ko‘pincha tirilib, o‘q yaralaridan omon qolib, qulagan binolar ostidan chiqib ketishadi. Lekin ba’zan katta ekran ortida ham shunday holatlar yuz berib turadi. Mashhur Gollivud aktyorlarning yuraklari turli sabablar bilan urishdan to‘xtaydi. Ammo zamonaviy tibbiyot, hayotga bo‘lgan kuchli iroda va omad tufayli ular yana hayotga qaytib,  hech narsa bo‘lmaganday kinoda rol ijro etishni davom etishadi. Ushbu maqolada kino yulduzlari hayotida sodir bo‘lgan shunday voqealar haqida so‘z boradi.

    Bob Odenkirk — suratga olish maydonchasida yurak xurujiga uchradi

    Foto: Dzen.ru

    2021-yil iyul oyida, “Yaxshisi Soulga qo‘ng‘iroq qiling” serialining so‘nggi mavsumi suratga olinayotganda, 58 yoshli Bob Odenkirk birdaniga hushini yo‘qotdi.

    Yaxshiyamki, maydondagi mashinaning yukxonasida defibrillyator bilan tibbiyot xodimi bo‘lgan. Jamoaning boshqa a’zolari yurak va o‘pka reanimatsiyasini boshlashga ulgurdi. Ammo Bobning ahvoli yaxshilanmagach, tibbiyot xodimi aktyorni hayotga qaytarish uchun defibrillyatorni uch marta qo‘llashga majbur bo‘ldi. U aytishicha, uchinchi natija juda muhim bo‘lgan.

    Agar “Hech kim” filmidagi yaxshi jismoniy holatim, shuningdek, aktyorlar va jamoaning tezkor harakatlari bo‘lmaganda, men hozir bu yerda bo‘lmasdim, deydi Odenkirk.

    Voqeadan so‘ng Bob Odenkirk sog‘lig‘ini tiklash uchun shifokorlar nazoratida bo‘ldi va bir necha oy ichida “Yaxshisi Soulga qo‘ng‘iroq qiling” serialining so‘nggi mavsumini yakunladi. Ushbu hodisaga qaramay, Bob faoliyatini davom ettirdi va hozirgi kunda yangi loyihalarda faol suratga tushmoqda.

    Jeremi Renner — qor tozalash mashinasi ostida qolib, mo‘jiza bilan omon qoldi

    Foto: Dzen.ru

    2023-yilning 1-yanvarida Jeremi Renner Nevada shtatidagi uyining yaqinida dahshatli baxtsiz hodisani boshdan kechirdi. U qo‘shnisining qor ichida qolib ketgan mashinasini chiqarishga yordam bermoqchi bo‘lganida, og‘irligi 6 tonnadan ortiq bo‘lgan qor tozalash traktori tasodifan unga qarab harakatlana boshladi va aktyorni bosib ketdi.

    Renner 30 dan ortiq suyak sinishi, o‘pka yorilishi va ko‘krak qafasining shikastlanishi kabi juda og‘ir jarohatlar oldi. Shifokorlarning aytishicha, Jeremi klinik o‘lim holatini boshdan kechirgan va unga juda omad kulib boqdi — tezda vertolyot bilan shifoxonaga olib ketilib, favqulodda yordam ko‘rsatildi.

    U reanimatsiyada 12 kun og‘ir ahvolda yotdi.

    Klinik o‘lim paytida men sokinlik va zavqni his qilganman, vaqt va makondan tashqarida edim. Qaytishni xohlamadim va uyg‘onganimda shifokorning yuzini ko‘rib, biroz hayron qoldim, deydi Jeremi.

    Qiyinchiliklarga qaramay, Renner bu tajriba uchun taqdirdan minnatdor bo‘lib, u uni irodali qilganini, hayot hamda qadriyatlarni boshqacha anglashga yordam berganini aytdi.

    Jarohatlar og‘ir bo‘lishiga qaramay, Jeremi sog‘ayib, 2024-yilda yana suratga olishlarga qaytdi. Uning voqeasi jasorat va chidamlilik ramziga aylandi.

    Al Pachino — COVID-19 asoratlari tufayli reanimatsiyada bo‘ldi

    Foto: Dzen.ru

    COVID-19 pandemiyasi vaqtida 84 yoshli afsonaviy aktyor Al Pachino hayot va o‘lim o‘rtasida qoldi, chunki uning yuragi to‘xtab qoldi.

    Men uyda o‘tirgan edim, o‘zimni yomon his qildim va birdan hamma narsa ko‘z oldimdan g‘oyib bo‘ldi. Keyin bilsam, nafas olishim qiyinlashyapti va yuragim yomon uryapti, eslaydi Pachino.

    Atrofdagilar darhol shifokorlarni chaqirishdi. Himoya kiyim kiygan 6 nafar tez yordam xodimi  va ikki shifokor keldi. Ular aktyorda hech qanday alomatlarni topmay, darhol favqulodda reanimatsiyani boshlashdi.

    Aktyor shifokorlarning “U qaytdi. U shu yerda” degan so‘zlarini, qandaydir suv ostida eshitgandek eslaydi.

    Bu so‘zlar Al Pachino yuragi yana urishni boshlagan paytda aytilgan edi.

    Keyinchalik aktyor “oq nur” ko‘rmaganini va an’anaviy “o‘lim yaqinligi” tajribasini boshdan kechirmaganini tan oldi. Aksincha — faqat bo‘shliqni his qilgan.

    Shifokorlar rasmiy ravishda yurak to‘xtaganini tasdiqlashdi va aktyorni o‘limdan qaytarishdi.

    Al Pachino faqat hayotga qaytmadi, balki kinoda ishlashni davom ettirdi va 84 yoshida ota ham bo‘ldi. Bu esa haqiqiy afsonaning kamida to‘qqiz hayoti borligining yana bir isboti.

    Jeymi Foks — insult, reanimatsiya va 20 kunlik koma

    Foto: Dzen.ru

    2023 -yil aprel oyida ma’lum bo‘ldiki, Jeymi Foks Atlantada “Yana ishda” filmi suratga olinayotgan paytda favqulodda shifoxonaga yotqizilgan.

    Uning oilasi aktyorda jiddiy tibbiy hodisa yuz berganini aytgan, ammo tafsilotlar uzoq vaqt sir saqlangan.

    Keyinchalik intervyuda Foks miyasida qon quyilishi (insult) sodir bo‘lganini aytdi. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, uni reanimatsiyaga bo‘limiga o‘tkazish kerak bo‘lgan va u 20 kun davomida komada yotgan. Holati juda og‘ir bo‘lgani uchun shifokorlar uning oilasiga yonida bo‘lishni maslahat bergan, chunki u hech qachon uyg‘onmasligi mumkin edi.

    Men bir zum hushimni yo‘qotganman deb o‘yladim, lekin keyin bilsam, ikki-uch hafta “muzdek koma”da yotgan ekanman, so‘ngra hayotga qaytarishgan. Men do‘zaxdan o‘tib, qaytib keldim, deydi Foks.

    Kutilmagan holatda, Foks sog‘ayib, yana kinoda ishlashni boshladi. Shifokorlar aktyorning omon qolishini aqlga sig‘mas darajada omadli holat deb baholashdi.

    Jerard Batler — suratga olish paytida cho‘kib ketib, nafas olmay qoldi va hayotga qaytarildi

    Foto: Dzen.ru

    “300 spartalik”, “Olimp qulaganida” kabi filmlari bilan tanilgan aktyor Jerard Batler “To‘lqin zabt etuvchilari” (syorfer Jay Moryarti haqidagi biografik film) suratga olinayotgan paytda deyarli halok bo‘lishga sal qolgan.

    Voqea Kaliforniya shimolida, ulkan va xavfli to‘lqinlari bilan mashhur bo‘lgan Maveriks nuqtasi yaqinida yuz bergan.

    Bir sahnani suratga olayotganida, Batler syorf taxtasidan tushib ketadi va ulkan to‘lqin uni bosib qoladi. U suv ostiga cho‘kib, kuchli girdoblarda bir necha marta aylangan. Nafas olishga uringan aktyorni suv pastga qayta-qayta tortib ketgan.

    Vaziyatni qirg‘oqdan kuzatayotgan syorfing bo‘yicha instruktorlar zudlik bilan yordamga oshiqadi va Batlerni suvdan hushsiz holda chiqarib oladi.

    Aktyorning o‘zi bu voqeani hayotidagi eng dahshatli lahzalardan biri deb eslaydi. U shunday degan:

    Meni suvdan chiqarishgach, zudlik bilan hayotga qaytarishga kirishishgan, hattoki defibrillyator ham ishlatishgan, chunki men nafas olmayotgan ekanman. Juda jiddiy holat bo‘lgan, deydi u. 

    Hayotga qaytgach, Batler bir kun davomida shifokorlar nazoratida kasalxonada qoladi. Tez orada tiklanib, suratga olish maydoniga qaytadi va film ustidagi ishni yakunlaydi.

    Bu voqea uning hayotga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirgan va har bir onni qadrlashni o‘rgatgan.

    1 iyul, 18:01   Izoh (0)   1423
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Kino#aktyor#mashhur

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda politsiya kaptarni qo‘lga oldi

    Dunyo | 22 avgust, 19:30

    BMT bosh kotibi G‘azodagi ochlikni sun’iy ofat deb atadi

    Dunyo | 22 avgust, 19:20

    Bosh vazirga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati va Turdimovning ustozligi: Surxondaryo hokimi bilan eksklyuziv suhbat

    O‘zbekiston | 22 avgust, 19:08

    O‘zbek yo‘lsozlari tarixda ilk marta obyektni 48 soatda qurib foydalanishga topshirdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 18:55

    Uy bekasidan muvaffaqiyatli tadbirkorgacha: ajoyib g‘oyalari ortidan boyib ketgan ayollar hikoyasi

    Layfstayl | 22 avgust, 18:45

    O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjon o‘rtasida qo‘shma bayonot imzolandi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 18:27

    O‘zbekistonda ishchi kuchiga eng ko‘p talab bildirgan sohalar ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 18:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.