Qirg‘izistonning Bishkek shahrida erkak Bosh prokuratura binosi yonida o‘zini yoqib yubordi. Bu haqda “Kaktus media” xabar berdi.
Manbalarning ma’lum qilishicha, erkak ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitim yuzasidan barcha huquq-tartibot idoralari va boshqa tashkilotlarga bir necha bor murojaat qilgan. Lekin shu kungacha o‘z muammosini hal qila olmagan. Shundan so‘ng erkak o‘z-o‘ziga o‘t qo‘yishga urinib ko‘rgan.
“Bu menining guvohligimda sodir bo‘ldi. Erkak Bosh prokuratura binosi oldida turardi. Keyin u shishadan qandaydir suyuqlikni o‘ziga quya boshladi. Men buni choy deb o‘yladim. So‘ngra u o‘zini yoqib yubordi”, deydi faol Irgalay Bekmuratova.
Hodisa joyida tez tibbiy yordam brigadasi faoliyat yuritmoqda, erkakning ahvoli haqida ma’lumot berilmagan. Bishkekning Oktyabr tumani Ichki ishlar boshqarmasi holat bo‘yicha ma’lumotni keyinroq taqdim etishga va’da bergan.
Izoh (0)