• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Korrupsiya—jamiyat tanasidagi saraton”. Prezident mamlakatda korrupsiyani yengish bo‘yicha qanday topshiriqlar berdi?

    Joriy yil 5-mart kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Majlisda korrupsiyani bartaraf etish yuzasidan bajarilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar tanqidiy–tahlil qilindi.

    Maishiy korrupsiya ulushi ko‘p

    O‘zbekistonda korrupsiya jinoyatligiga qaramay respublika dunyoning eng korrupsiyalashgan davlatlaridan biriligicha qolmoqda. Bu haqda Transparency International tashkiloti eʼlon qilib kelayotgan indekslarda qayd etilgan. Masalan, tashkilotning 2024-yilda 180 ta davlatni qamragan korrupsiya reytingida O‘zbekiston 121-o‘rinni egallagan. Umumiy 100 ballik baholashdan bor–yo‘g‘i 32 ball to‘plagan. Jami 50 balldan past natija davlatda korrupsiya yuqori darajada ekanini anglatadi. Shu bois, muammoga qarshi kurashish bugun yanada dolzarb ahamiyatga ega. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda bu masala keng tahlil qilindi.

    Qayd etilishicha, hozir O‘zbekistonda korrupsiyaviy jinoyatlarning 75 foizi tuman va mahallada maishiy korrupsiya shaklida sodir etilmoqda. Jumladan, infratuzilmaga ulanish, litsenziya olish, imtiyozli kredit ajratish, ishga qabul qilish, malaka oshirish kabi yo‘nalishlarda korrupsiya omillari ko‘p.

    “Islohotlar yo‘lidagi eng katta to‘siq va g‘ov – bu korrupsiyadir. Buni dunyo tajribasi ham to‘liq tasdiqlaydi. Korrupsiya oqibatida jahon iqtisodiyoti yiliga 3 trillion dollar zarar ko‘rayotgani bu global xavf ekanidan dalolat. Korrupsiya shunday yovuz illatki, u xalqning davlatga, Konstitutsiya va qonunlarga ishonchiga putur yetkazadi, barqaror rivojlanish va xavfsizlik uchun jiddiy tahdidga aylanadi”, degan prezident.

    Majlisda jamiyatda korrupsiya muammosini jamoatchilik muhokamasiga olib chiqadigan ochiq tizim, ochiq muhit yaratilgani, ayniqsa, ommaviy axborot vositalarining bu boradagi o‘rni va taʼsiri ortib borayotgani qayd etildi.

    Amaldorlar daromadi va yurish–turishi nazoratga olinadi

    Yig‘ilishda yangragan muhim yangiliklardan biri davlat xizmatchilari daromadini deklaratsiyalashga oid qonunni qabul qilish vaqti kelgani aytildi. Prezident mutasaddilarga tez fursatda ushbu qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘yib, 1-aprelgacha parlamentga kiritishni topshirdi.

    Aslida mazkur qonun prezident farmoni asosida 2022-yil 1-yanvardan kuchga kirishi belgilangandi. Hujjatda davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlar, davlat xizmatchilari, korxonalari va muassasalari rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari, turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari hamda mol-mulkini majburiy deklaratsiyalash tizimi joriy etilishi ko‘rsatilgan. Ammo turli vajlar bilan qonunni qabul qilish jarayoni kechiktirilib kelinmoqda.

    “Korrupsiyaga nisbatan murosasiz bo‘lish uchun yanada ko‘proq sharoit yaratib, bunga keng jamoatchilikni jalb qilishimiz zarur. Avvalo nodavlat tashkilotlar faolligini oshirish lozim. Bu – eng to‘g‘ri yo‘l”, dedi prezident.

    Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev tomonidan qonunchilikka noqonuniy boylik orttirish haqida modda kiritish taklif etilgan. Yaʼni, davlat xizmatchisi deklaratsiya qilgan daromadiga mos kelmaydigan mol-mulkini qayerdan olganini isbotlashi kerak bo‘ladi.

    “Korrupsiyani yengish uchun birinchi navbatda uning ortiqcha hashamat va dabdaba degan o‘q ildizlarini quritishimiz shart. Eng achinarlisi, bunga taniqli shaxslar bosh-qosh bo‘lyapti. Odamlar ularga tenglashaman deb, o‘zini o‘tga-cho‘g‘ga uryapti. Bu borada ayrim rahbarlar o‘zining kamtarona turmush tarzi bilan barchaga namuna bo‘lish o‘rniga, bunday soxta qadriyatlar asiriga aylanib, noqonuniy daromad topishga intilayotgani ham bor gap”, dedi davlat rahbari.

    Shavkat Mirziyoyev parlament palatalari, mahalliy kengashlar, jamoatchilik vakillari, mahalla raislari, nuroniylarni bu masalaga bosh-qosh bo‘lib, aholi orasida tushuntirish ishlarini kuchaytirishga chaqirdi.

    Sudga aralashganlik uchun javobgarlik qattiq bo‘ladi

    Yig‘ilishda sud tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni oldini olish, odil sudlov sifati va samaradorligini oshirish doimo diqqat markazida bo‘lishi zarurligi taʼkidlandi.

    Sudyalarni majlisga chaqirish, ularga vakolatiga kirmaydigan vazifalarni yuklash holatlari ham uchrab turgani qayd etildi. Shuningdek, ayrim idoralar tomonidan sudga taʼsir o‘tkazishga urinishlar hali-hanuz davom etayotgani maʼlum qilindi.

    “Barcha rahbarlarni qatʼiy ogohlantiraman. Sudlar faoliyatiga har qanday aralashish odil sudlovga soya solish, deb baholanadi. Bu bo‘yicha so‘rov ham, javobgarlik ham qattiq bo‘ladi”, dedi prezident.

    Odil sudlovni amalga oshirishda advokatlar o‘rni juda muhim. Bu borada advokatlarga himoyasidagi fuqaroga o‘z vaqtida huquqiy yordam ko‘rsata olishlari uchun imkoniyat yaratish kerak. Majlisda mutasaddilarga uch oy ichida sifatli yuridik yordam ko‘rsatilishida advokatlar faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish bo‘yicha qonun loyihasini kiritish topshirig‘i berildi.

    Sektorlar tugatiladi

    Majlisda soliq idoralari xodimlari har bir mahallaga biriktirilgani bilan tushumlar keskin oshmagani aytildi. Masalan, minglab korxona hisobotlarida birorta ham xodim yo‘q deb ko‘rsatgan bo‘lsa, yana minglab korxona 2 yoki 1 nafar ishchi ko‘rsatmoqda. Bu soliq idoralari yashirin iqtisodiyot bilan sust ishlayotganidan dalolatligi ko‘rsatib o‘tildi.

    Insofli tadbirkorlarga qo‘shilgan qiymat solig‘i 7 kun ichida qaytarib berilishi belgilangan. Biroq soliq rahbarlari tadbirkorlarning 487 milliard so‘mlik 2,5 mingga yaqin murojaatini o‘z vaqtida ko‘rib chiqmagan.

    Hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyati bundan 8 yil ilgari yo‘lga qo‘yilgan. Uning yordamida yillar davomida yig‘ilib qolgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar hal etildi. Ammo so‘nggi yillarda prokuror, ichki ishlar va soliq rahbarlari sektorni bahona qilib, sohasidagi ishlarni susaytirib yuborgani tanqid qilindi.

    “Bundan buyon sektorlar faoliyati bilan prokuror, ichki ishlar va soliq shug‘ullanmaydi. Ularning o‘rniga bosh vazir o‘rinbosarlari o‘ziga tegishli sohalar bilan o‘z kuchi va tizimi bilan shug‘ullanadi. Prokuratura, ichki ishlar, soliq rahbarlari yaxshilab eshitib olsin: sektor ishidan ozod qilish bu — eski davrga qaytib, aholi va tadbirkorlarga har qadamda to‘siq, korrupsiyaga sharoit yaratish, degani emas”, dedi davlat rahbari.

    Majlisda ayrim tuman va shahar ichki ishlar rahbarlari statistikani yaxshilash uchun jinoyatni yashirayotgani, ro‘yxatga olishni oylab cho‘zib yurgani aytilgan.

    Yangi ichki ishlar vaziriga har bir mahalladagi profilaktika maskanlarini kuzatuv kamerasi va har bir inspektorni bodikamera bilan taʼminlab, huquqbuzarliklarni ro‘yxatga olish bo‘yicha yangi platformani ishga tushirish topshirildi. Jinoyatlarni hisobga olish tizimini to‘liq raqamlashtirish vazifasi qo‘yildi.

    Prokurorlar tergov ustidan nazoratni susaytirib yuborgani ko‘rsatib o‘tildi. Jumladan, sudlar tomonidan 637 ta jinoyat ishi kamchiliklari uchun tergovga qaytarilgan.

    Bosh prokuratura tergov sifatini oshirish hamda jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha yanada qattiq ishlashi kerakligi qayd etilgan. Bosh prokuratura ham, ichki ishlar vazirligi ham uyg‘onishi, yangicha ishlab, bir-birini tiyib turishi lozimligi taʼkidlandi.

    Davlat xaridlarida shaffoflik masalasi

    Yig‘ilishda manfaatlar to‘qnashuvi, qimmat narxda tovar sotib olish yoki xizmat ko‘rsatish asosan davlat xaridlarida kuzatilayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

    “To‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olsa bo‘ladigan 50 dan ortiq tovar va xizmat turlari mavjud. Lekin birorta rahbar buni ro‘yxatdan chiqaraylik, hamma tanlov qilib olsin, narx arzon bo‘ladi, degan taklifni bildirmadi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Hisob palatasiga parlamentning byudjetga masʼul qo‘mitalari bilan birgalikda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xaridlarni ikki karra qisqartirish topshirildi. Yil yakunigacha sunʼiy intellekt yordamida davlat xaridlarida qonunga zid holatlarni aniqlash va oldini olish bo‘yicha elektron tizimni ishga tushirish vazifasi qo‘yildi”, deyiladi prezident matbuot xizmati xabarda.

    Shu bilan birga, mazkur yo‘nalishda Ekspert komissiyasi tuzilishi belgilandi. Komissiya ilg‘or tajriba asosida davlat xaridlarida tovarlarning o‘rtacha bozor narxlari ko‘rinib turadigan elektron platforma yaratib, undagi maʼlumot yangilanib turadigan tizim qiladi. Bunda, davlat xaridlarida sotib olinadigan tovar va xizmatlar narxi o‘rtacha bozor narxidan ko‘pi bilan 20 foizdan oshmasligi shart. Mazkur talabni buzganlik uchun qonun bilan javobgarlik va jarimalar joriy qilinadi.

    Muloqotda byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga olinayotgan tovarlarni ham tartibga solish vaqti kelgani taʼkidlangan. Byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘ hisobidan asosiy vositalarni xarid qilish bo‘yicha talablar kuchaytirilishi belgilangan. Xizmat transportida yurishni keskin qisqartirib, mamlakatda ishlab chiqarilgan avtomobil va mebelga o‘tish zarurligi qayd etildi.

    Yig‘ilishda yirik loyihalarni yuqori darajadagi korrupsiyaga qarshi standartlardan kelib chiqib baholash tizimi kuchaytirilishi ham muhim yangilik bo‘ldi.

    “Mutasaddilarga bunday investitsiya loyihalarida xalqaro korrupsiyaga qarshi standartlarni joriy etish, yirik auksion shartlarini raqobatdoshlik ekspertizasidan o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish topshirildi. Shuningdek, “Shaffof qurilish” platformasi qamrovi oshirilishi, xalqaro tashkilotlar loyihalariga ham bosqichma-bosqich joriy qilinishi belgilandi. Bu ishlar xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokidagi qurilishlarda subpudratchilarni yollash va 1 million dollargacha bo‘lgan loyihalardan boshlanadi”, deyiladi xabarda.

    Korrupsiya agentligi tanqid ostida

    Prezident yig‘ilishda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatidan mutlaqo noroziligini aytgan. Agentlik xodimlari vazirliklarga, hududlarga borib, aniq bir sohani tahlil qilib, muammolarga yechim berish o‘rniga, qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlarini sanaydigan quruq statist bo‘lib qolgani taʼkidlangan.

    Agentlik rahbariyati korrupsiya holati eng ko‘p bo‘lgan tuman sog‘liqni saqlash, bandlik bo‘limi yoki bank filialiga borib, holatni o‘rganmagani, yangi zamonaviy tizim bo‘yicha taklif bermagani ko‘rsatib o‘tildi. Ushbu sohalarning bevosita rahbarlarining o‘z tizimini “korrupsiyadan xoli” qilish ishlari sustligi maʼlum qilingan.

    Prezident topshirig‘i bilan investitsiya dasturlari ustidan nazorat kuchaytirilganidan keyin o‘tgan yilni o‘zida 3 trillion so‘m iqtisod bo‘ldi. Yoki sog‘liqni saqlash tizimida “Situatsion markaz” ishga tushirilgani hisobiga 2024-yilda 1,2 trillion so‘mlik maqsadsiz xarajatlarning oldi olindi.

    “Lekin nega bu ishlar prezident topshiriq berganidan keyin boshlanishi kerak?”, deya savol qo‘ygan davlat rahbari.

    Parlamentdagi byudjet qo‘mitalarida ham har yili byudjetdan eng ko‘p mablag‘ oladigan uchta vazirlikka borib, korrupsiyaviy omillarni aniqlashda va o‘zgarish qilishda tashabbuskorlik yetishmayotgani qayd etildi.

    Bosh vazirga 117 ta vazirlik va idoradagi “korrupsiyaga qarshi ichki nazorat” tuzilmalari rahbarlarini ishdan olish va ularning o‘rniga halol, fidoyi va professional kadrlardan qo‘yish, ularni oldiga aniq vazifalarni belgilab berish topshirildi.

    Vazirliklarning hududiy komplayens xodimlarini bevosita vazirni o‘zi ishga qo‘yishi, o‘ziga siyosiy masʼuliyat olib, butun tizimidagi korrupsiya uchun shaxsan javob berishi belgilandi.

    “Agentlikning ish uslubi mutlaqo o‘zgaradi. Buning uchun tajriba tariqasida 5 ta idora: Sog‘liqni saqlash, Qurilish, Suv xo‘jaligi vazirliklari, “O‘zbekneftgaz” va “O‘zsuvtaʼminot”ning komplayens nazorati agentlikka o‘tkaziladi. Yil yakuni bilan bu vazirliklarda qancha korrupsiyaviy omillarni bartaraf qilgani, odamlarga qanday yengilliklar bo‘lgani haqida Milliy kengashda hisobot beradi”, deyiladi manba xabarida.

    Shu ibaln birga, agentlik vazir, hokimlar bilan birga har chorakda korrupsiya yuqori bo‘lgan kamida uchta sohada tumangacha tushib, maishiy va tizimli korrupsiya omillarini chuqur o‘rganadi. Tahlillar asosida qaysi jarayonni raqamlashtirish, qaysi byurokratik tartibni bekor qilish bo‘yicha aniq choralarni ishlab chiqadi.

    Ikki oyda xalqaro reyting tashkilotlari tavsiyasi asosida “yo‘l xarita”si ishlab chiqilib, har bir vazirlik va idoraga qilinadigan ishlar aniq belgilab beriladi. Sustkashlikka yo‘l qo‘ygan rahbarlarni jazolash bo‘yicha taklif kiritiladi.

    Yana ayrim masalalar

    Yig‘ilishda hozirda qonunchilikda korrupsiyaviy jinoyatlarning aniq ro‘yxati yo‘qligiga eʼtibor qaratilgan. Parlament tasdiqlagan qonunda asosan jazoni kuchaytirishni o‘zi bilan cheklanib qolingani, korrupsiyani oldini olish, odamlarni bunga toqatsizlik ruhida tarbiyalash, profilaktika mexanizmlarini yaratish, jinoyatni fosh etishga yordam berganlarni rag‘batlantirish kabi masalalar aks etmagani ko‘rsatib o‘tilgan. Prezident bu qonunni qayta ishlash uchun qaytarishini aytgan.

    Shu bilan birga, yig‘ilishda jinoiy daromadlarni legallashtirish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlikni ham xalqaro standartlarga moslashtirish lozimligi qayd etilgan.

    Hozirgi texnologiyalar davrida korrupsiyaning yangi, raqamli ko‘rinishlari paydo bo‘lmoqda. Shu bois yangi o‘quv yilidan Ichki ishlar va Huquqni muhofaza qilish akademiyalarida bu yo‘nalishda mutaxassis tayyorlash boshlanadi. Lekin bunday turdagi jinoyatlarni aniqlash va oldini olishda faqatgina zamonaviy kadrlarni o‘zi yetarli emas.

    Yig‘ilishda xalqaro tajribani o‘rganib, kiberkorrupsiyaga qarshi samarali kurashish bo‘yicha mustahkam huquqiy baza yaratish zarurligi taʼkidlangan. Mansabdorlik va maishiy korrupsiya omillarini tahlil qilish, ularni oldini olish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqib, amaliyotga joriy qilish zarurligi aytilgan.

    5 mart, 21:00   Izoh (0)   5115
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlarini sanaydigan quruq statist bo‘lib qolgan” — prezident Antikorrupsiya agentligi faoliyatini tanqid qildi

    5 mart, 12:03

    “Bosh prokuratura ham, IIV ham uyg‘onishi, yangicha ishlab, bir-birini tiyib turishi kerak” — prezident

    5 mart, 12:48

    “Javobgarlik ham qattiq bo‘ladi”. Prezident barcha rahbarlarni sudlar faoliyatiga aralashishdan qat’iy ogohlantirdi

    5 mart, 13:34

    “Bunga taniqli shaxslar bosh-qosh bo‘lyapti” — prezident ortiqcha hashamat va dabdabani tanqid qildi

    5 mart, 14:38

    Foto: Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashning O‘zbekiston prezidenti ishtirokidagi yig‘ilishi

    5 mart, 17:00

    O‘zbekiston va Gruziya turizm infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi sheriklikni kengaytiradi

    5 mart, 20:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Yangi daraxt — yangi nafas” respublika ekochempionati amalga oshiriladi

    O‘zbekiston | 17 may, 23:40

    Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan o‘zbekistonlik qizcha vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 17 may, 23:17

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z uyida bir kishi kam “Andijon”ni mag‘lub etdi

    Sport | 17 may, 22:58

    Nyu York universiteti bitiruv nutqida G‘azodagi urushni qoralagan talabadan diplomni olib qo‘ydi

    Dunyo | 17 may, 22:53

    Toshkentning bir qator ko‘chalari vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 17 may, 22:38

    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi

    Reklama | 17 may, 21:45

    Angliya Kubogi. “Kristal Pelas” finalda “Manchester Siti”ni mag‘lub etib, chempion bo‘ldi

    Sport | 17 may, 22:34

    Toshkentda jami 12 mlrd so‘mlik tamaki va elektron tamaki mahsulotlarini sotuvga qo‘ygan savdo shoxobchalari aniqlandi

    O‘zbekiston | 17 may, 22:24

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Qo‘qon-1912”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 17 may, 22:23
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.