• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Endi quruvchi korxona uylarni mijozning oldindan to‘lovisiz, o‘z mablag‘i hisobidan quradimi? Yangi eskrou tizimi haqida

    O‘zbekistonda 2025-yil 1-iyuldan eskrou tizimi ishga tushiriladi. Prezident farmoni asosida amalga oshirilayotgan loyiha qurilish sohasini tartibga solish va aholi huquqlarini himoyalashga qaratilgan.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Quruvchi korxonalarga yangi majburiyatlar

    Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining “Daryo”ga maʼlum qilishicha, eskrou — quruvchi va xaridor o‘rtasidagi oldi-sotdining yangicha shaklidir.

    Endilikda hali bitmagan uydan xonadon sotib olmoqchi bo‘lgan fuqaro, o‘sha uyga o‘z mablag‘larini tikish orqali ulushdorga aylanadi. Buning uchun quruvchiga emas, bankka to‘lov qiladi. Ulushdorning to‘lagan pullari alohida eskrou hisobvarag‘ida yig‘ib boriladi. Uy bitmaguncha quruvchi kompaniya bu pullardan foydalana olmaydi. Turar joyni esa o‘z mablag‘lari yoki bank krediti asosida qurib bitkazadi.

    Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi binosi
    Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi binosi
    Foto: “Daryo”

    Ulushli shartnoma orqali developer ko‘rsatilgan uyni qurib, o‘z vaqtida topshirish majburiyatini oladi. Bank esa ulushdorning pul mablag‘lari eskrou hisobvarag‘ida yig‘ilishi, xavfsiz saqlanishini taʼminlaydi. Shu bilan birga, uy-joy qurilishini loyihaviy moliyalashtirishni amalga oshiradi, ko‘chmas mulkni o‘z vaqtida va sifatli qurib, egasiga yetkazib topshirilishini kafolatlaydi.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    “Qurilish nazorat ostida bo‘ladi”

    Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov “Daryo” muxbiriga bergan intervyusida eksrou haqida fikr bildirdi. Vazirga ko‘ra, tizim Rossiya kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

    “Eskrou — aholi mablag‘ini himoya qilish, uy-joylarni o‘z vaqtida, sifatli va qonuniy qurilishini nazoratga oladigan raqamli tizimdir. Uni ishga tushirish bo‘yicha Rossiyaning DomRF kompaniyasi bilan ish olib borilyapti. Vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan raqamli dasturlar ham tugatilgan. Bu bo‘yicha hozir test rejim ishlari amalga oshirilyapti”, dedi vazir.
    Sherzod Hidoyatov
    Sherzod Hidoyatov
    Foto: Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazir

    Suhbat davomida Sherzod Hidoyatov 2025-yilda O‘zbekistonda 135 mingta xonadon qurilishi kutilayotganini aytdi. Shundan 35 mingtasi Toshkent shahrida barpo etiladi. Mazkur raqam uylar qurilishi soni o‘sib borishini ko‘rsatmoqda.

    “Afsuski, ayrim quruvchilar tomonidan firibgarlik holatlari avj olgan. Odamlar juda ham ishonuvchanligi sabab aldanib qolmoqda. Shu bois aholi huquqlarini himoya qilish maqsadida eskrou tizimini joriy qilishning qattiq tarafdorimiz. Hozirgi kunda baʼzi bir quruvchilarimiz yer oladi, loyiha qiladi. Aholidan tushgan pulga uni qurib bitirishi kerak. Lekin nechadir foiz uyni sotgach, foydasini oldindan o‘zicha hisoblab, pullarni boshqa yoqqa ishlatib yuboryapti. Keyin uyni ham qura olmayapti. Shunga o‘xshagan ko‘p masalalar bo‘lgani uchun bizlar eskrouni maksimal darajada tezlashtirishga harakat qilyapmiz. Loyihada ilg‘or davlatlar mutaxassislari ham ishtirok etyapti”, dedi vazir.
    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Ertadan, yaʼni 1-iyuldan eskrou doirasida “Shaffof qurilish” axborot elektron platformasi ishga tushiriladi. Quruvchi uy-joyni platformada ro‘yxatga qo‘ysagina aholi pullarini ulush kiritish asosida jalb qila oladi.

    “Developer obyektni platformaga kiritgach, bank tomonidan uyni o‘z vaqtida qura olish imkoniyatlari o‘rganiladi. Qurilish jarayonida ishning bajarilish grafigi nazorat qilib boriladi. Loyihaviy moliyalashtirishdan ko‘zlangan maqsad ham shu”, deya maʼlumot berdi vazirlik axborot xizmati.
    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Platformada quruvchi kompaniya va obyekt haqidagi barcha maʼlumotlar jamlab boriladi. Masalan, qurilayotgan bino manzili, qavatlari, kirish yo‘laklari, kompaniyaning loyihaviy hujjatlari, ijobiy ekspertiza xulosasi, qurilish boshlanadigan sana va foydalanishga topshirish muddati kabilar. Bu axborotlarni xaridorlar ham platformada kuzatib borishlari mumkin. Yaʼni quruvchi ruxsatnomasining mavjudligi, reytingi va oldingi loyihalari haqida bilib olish imkoni mavjud bo‘ladi. Shu asosda quruvchilar reyting tizimi shakllanadi.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    “Eskrou sabab uylar narxi oshmaydi”

    Vazirlik maʼlumotiga ko‘ra, eskrou hisobvarag‘ida jamlangan pullar ko‘payishi natijasida quruvchi korxonalarga amaldagi stavkalardan ancha pastroq narxda kreditlar ajratiladi.

    “Bu esa eskrou tizimi joriy etilgach, yangi uy-joylar narxi keskin oshib ketadi degan maʼlumotlarni inkor etadi”, deya axborot berdi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi.

    Qurilish bitib, xaridor xonadonni qabul qilgach, uning bank hisobvarag‘idagi pullari developer tashkilotga yo‘naltiriladi. Quruvchi o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, pullar fuqaroga to‘liq miqdorda qaytarib beriladi. Yaʼni uy bitmay qolsa, xaridor kuyib qolmaydi, bankka qo‘ygan pullarini muammosiz qaytarib oladi.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Prezident farmoniga ko‘ra, eskrou hisobvarag‘iga yo‘naltirilgan pul mablag‘larini to‘xtatib qo‘yish, hisobdan chiqarish yoki majburiy ijroga qaratish taʼqiqlanadi.

    Umuman olganda, 1-iyuldan kuchga kiradigan tartib joriy yil oxirigacha ixtiyoriy bo‘ladi. 2026-yil 1-yanvardan esa qurilishda mablag‘larini jalb qilish faqat eskrou hisobvarag‘i orqali amalga oshiriladi. Shu tarzda, yangi qurilayotgan uylarni belgilangan muddatlarda egalariga topshirish va aholi to‘lagan pullarining muzlab qolmasligi to‘liq nazoratga olinadi.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    “Uy oldi-sotdisi naqdsiz shaklga o‘tkaziladi”

    O‘zbekistonda ko‘chmas mulk sotish va xarid qilish naqdsiz shaklga o‘tkazilishi kutilmoqda. Bu haqda 26-iyundagi Senat yig‘ilishida Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev maʼlum qildi.

    Mubin Mirzayevning aytishicha, mamlakatda xufiyona iqtisodiyot ulushi yuqoriligicha qolmoqda. Mazkur muammoga qarshi kurashish maqsadida qator vazirlik va idoralar hamkorligida prezident qarori tayyorlandi.

    “Qarorda asosiy eʼtibor naqdsiz hisob-kitoblarni rag‘batlantirishga qaratildi. Barcha vazirlik va idoralar bilan hujjatdagi normalar bo‘yicha kelishdik va qarorni administratsiyaga taqdim etdik. Qaror ijro etilishi xufiyona iqtisodiyotga qarshi kurashishni tizimli yo‘lga qo‘yishga yordam beradi”, dedi qo‘mita rasmiysi.
    Mubin Mirzayev
    Mubin Mirzayev
    Foto: Senat

    Mubin Mirzayev bergan maʼlumotga ko‘ra, qarorda naqdsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish mexanizmi ko‘chmas mulklar savdosidan boshlanadi.

    “Eng yirik hisob-kitoblar tizimini naqdsiz shaklga o‘tkazmoqchimiz. Yaʼni buni ko‘chmas mulkdan boshlaymiz. Bugungi kunda uy sotish va sotib olish ko‘pincha naqd pulda amalga oshiriladi. Endilikda to‘lovlarni qonuniy tarzda, bank aylanmasi orqali to‘lash tartibi joriy etilishi kutilmoqda. Bunda savdo qoidalarini buzmagan holda ishlashni rag‘batlantirish va qonuniy tartiblarga amal qilishni taʼminlash ham ko‘zda tutilmoqda”, dedi tashkilot vakili.
    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    2024-yilda O‘zbekistonda uylar narxlari asl (fundamental) qiymatidan 17 foiz yuqori ekani maʼlum qilingandi. Hisob-kitoblarga qaraganda, o‘tgan yili respublikada 329 mingta uy sotilgan. Bu ko‘rsatkich 2023-yildagiga qaraganda 2,2 foiz kam. Mazkur pasayishga ipoteka olishdagi cheklovlar va bozordagi narxlarning qisman reallashuvi sabab bo‘lgan. 2023-yil yakunida mamlakatda jami 7,5 millionta uy-joy bo‘lgan. Bu aholining har 5 nafariga 1 ta uy to‘g‘ri kelishini anglatadi.

    30 iyun, 15:42   Izoh (0)   2096
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #eskrou#Qurilish vazirligi#uylar#qurilish#Sherzod Hidoyatov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi

    30.09.2022, 15:44

    O‘zbekistonda uy-joy sotib olish bo‘yicha kafolatli eskrou tizimi joriy qilinadi

    23.09.2024, 19:01

    O‘zbekistonda uy-joy sotib olish bo‘yicha eskrou tizimining huquqiy asosi yaratiladi

    12.12.2024, 19:50

    O‘zbekistonda fuqarolarga qurilish boshidan ipoteka va subsidiya olish imkoni beriladi

    23 yanvar, 15:40

    Endilikda O‘zbekistonda qurilishlarga ulush kiritish faqat notarial tasdiqlangan shartnoma asosida amalga oshiriladi

    1 fevral, 11:25

    O‘zbekistonda uy-joylar asl narxidan 17 foiz qimmatligi maʼlum qilindi

    7 iyun, 11:16

    “Yaqinda ko‘chamiz”. Sherzod Hidoyatov dastlab qaysi vazirliklar “Yangi Toshkent”ga ko‘chirilishini maʼlum qildi

    9 iyun, 17:32

    O‘zbekistonda “eskrou” tizimi sabab yangi uy-joylar narxi keskin oshishi rad etildi

    26 iyun, 17:08

    “Uy oldi-sotdisini naqdsiz shaklga o‘tkazmoqchimiz” — Mubin Mirzayev

    29 iyun, 23:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46

    Gretsiyada 4 kun ichida 242 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 23:39

    Madonna 66 yoshda: butun umr otasining roziligini izlagan va jannatdan haydalishdan qo‘rqqan qizaloqdan pop malikasi bo‘lishgacha bosib o‘tilgan yo‘l

    Musiqa | 16 avgust, 23:26

    AQSH g‘azoliklar uchun viza berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 16 avgust, 23:15

    Afg‘onistonda soqol olgan erkaklar hibsga olinmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 22:55

    Superliga. “Nasaf” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 16 avgust, 22:44

    “Jamiyat bilan davlat o‘rtasida muloqot yo‘q” — Abdulla Abduqodirov O‘zbekiston rivoji uchun nimalar muhimligi haqida

    O‘zbekiston | 16 avgust, 22:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.