
1945-yil bahoriga kelib, Yaponiya jangovar harakatlarning barcha teatrlarida tashabbusni qo‘ldan chiqardi. Imperiyani sharmandali mag‘lubiyatdan faqat mo‘jiza qutqarishi mumkin edi. Xuddi germaniyaliklar super qurol — Vundervaffega umid bog‘laganidek, samuraylar avlodlari ham Yamatoga xaloskor sifatida qarashardi. Maqolada Yaponiya imperatorlik flotining bayroqdori, tarix ko‘rgan eng yirik linkor va uning fojiali taqdiri haqida so‘z boradi.