Jahon chempionati saralashi doirasidagi BAA — O‘zbekiston uchrashuvi uchun chiptalar sotuvi boshlandi. Bu haqda Alisher Nikimbayev xabar berdi.

Unga ko‘ra, Birlashgan Arab Amirligining Abu-Dabi shahrida o‘tkaziladigan bellashuv uchun chiptalar Ticketmaster.ae sayti orqali sotilmoqda.
Temur Kapadze jamoasi 8-turdan keyin 17 ochko bilan A guruhida 2-o‘rinni egallab turibdi. “Oq bo‘rilar”ning asosiy raqobatchisi bo‘lgan amirliklar bilan bahs ko‘p narsaga aniqlik kiritadi. Ya’ni O‘zbekiston mazkur bahsda durang natija qayd etsa ham mundial yo‘llanmasiga ega chiqdi. BAA 13 ochko bilan 3-pog‘onani band etgan. Guruh yetakchi Eron esa allaqachon Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

Ma’lumot uchun, BAA — O‘zbekiston 5-iyun kuni Abu-Dabidagi “Al-Nahyan” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.
Avvalroq IIBB mazkur bahs oldidan ayrim turistik kompaniyalar “o‘yin chiptasi kafolatlangan” tur paketlar taklif etilayotgani sabab muxlislarni ogohlikka chaqirgan edi.
Izoh (0)