Amerikalik 47 yoshli sayyoh Kolizey devoridan oshib o‘tmoqchi bo‘lganida umurtqa pog‘onasi bilan panjaraga sanchilib qoldi. Taxminlarga ko‘ra, u atrofni yaxshiroq kuzatishga harakat qilgan. Bu haqda Fox News xabar berdi.
-FBHGJ8D-.avif)
Voqeaga guvoh bo‘lganlar tez yordam chaqirgan. Ular og‘riq azobidan sayyoh hushidan ketguniga qadar baqirganini aytmoqda. Voqea joyiga tezda huquq-tartibot idoralari va tez yordam xodimlari yetib kelgan. Sayyohni panjaradan ajratib olish uchun 20 daqiqadan ortiq vaqt ketgan.

Ta’kidlanishicha, sayyohning bel sohasida olgan jarohati 80 dan ortiq chok bilan tikilgan. Hozirda u shifoxonada og‘ir ahvolda qolmoqda. Voqeadan keyin bir necha soat davomida gapira olmagan sayyoh oilasi va do‘stlari bilan Rimga ta’tilga kelgani ma’lum bo‘lgan.
Izoh (0)