Parijning “PSJ” hujumchisi Usman Dembele jarohat olib, jamoaning mashg‘ulotida ishtirok etmadi. Bu haqda jurnalist Fabris Xoukins xabar bermoqda.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Dembelening Chempionlar Ligasi yarim finalining javob uchrashuvidagi Londonning “Arsenal” klubiga qarshi o‘ynash imkoniyati (7-may) savol ostida qolmoqda. Shuningdek, u 3-may kungi “Strasburg”ga qarshi o‘tkaziladigan uchrashuvida ham maydonga tushmaslik ehtimoli bor.
Klub hozircha 27 yoshli futbolchining jarohati jiddiyligini oshkor qilmagan. Ammo manbada Usmon bir necha haftaga safdan chiqqanini aytmoqda.
Ma’lumot uchun joriy mavsumda Dembele Parij klubi tarkibida 45 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 33 ta gol va 12 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.
Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali Dembelening qiymatini 75 million yevroga baholamoqda.
Izoh (0)