Biz film va seriallarni faqat syujet uchungina emas, balki ajoyib liboslari uchun ham yaxshi ko‘ramiz. Ammo bunday obrazlar aktyorlar uchun sinovga aylanishini ko‘pchilik bilmaydi: nafas olish qiyin bo‘lgan korsetlar, soatlab vaqt talab qiladigan grim yoki birovning yordamisiz yechib bo‘lmaydigan superqahramonlik liboslari.
Tom Holland va O‘rgimchak odam kostyumi
Aktyor Tom Holland O‘rgimchak odam rolini ijro etganida, kostyumidagi muammolar haqida shunday deydi:
Men zamok o‘rnatishni so‘radim, ammo ular buni qilishmadi. Keyin ular sovitish uchun kichik ventilyatorlar o‘rnatganliklarini faxr bilan aytishdi. Aslida ular faqat bir marta ishladi, xolos. Shlemning batareyalari bor edi, lekin ular boshni yanada ko‘proq qizdirardi. Ko‘z kosasi ostida kichik teshikcha bo‘lib, u orqali naychani kiritish va kostyumni yechmasdan suv ichish mumkin edi, chunki kiyimni yechib-kiyish juda ko‘p vaqt olardi.
Jim Kerri Grinch rolida
Grem Norton shousining bir sonida Jim Kerri “Grinch — Rojdestvo o‘g‘risi” filmini suratga olish jarayoni unga qanchalik og‘ir bo‘lganini so‘zlab berdi. Aktyorning aytishicha, birinchi kuni grim 8,5 soat davom etgan. U rolidan voz kechmoqchi bo‘lgan, ammo prodyuser Brayan Greyzer g‘ayrioddiy yechim topadi: u xodimlarni chidamlilikka o‘rgatadigan mutaxassis yollaydi. Shu tariqa Kerri uning yordamida suratga olishni yakunlaydi. Natijada bu film mashhur Rojdestvo filmlari ro‘yxatidan joy oldi.
Val Kilmer va Betmen kostyumi
“Val” hujjatli filmida aktyor Val Kilmer “Betmen abadiy” filmida suratga tushish jarayoni o‘ylaganidek oson bo‘lmaganini tan oladi. Superqahramonning libosi shunchalik qattiq va noqulaylik tug‘dirardiki, Kilmer o‘tirish yoki turishda ham yordamga muhtoj bo‘lardi. Libosning tuzilishi tufayli u atrofdagilarning gaplarini deyarli eshitmasdi.
Skarlett Yoxansson va Qora beva kostyumi
Aktrisaning aytishicha, u kiyishga majbur bo‘lgan superqahramon libosi ko‘proq gidrokostyumga o‘xshardi. Suratga olish maydonidagi jazirama issiq tufayli Skarlett Yoxanssonning ahvoli shu qadar yomonlashadiki, u hatto gallyutsinatsiyalarni ko‘ra boshladi. Tor libosiga o‘rnatilgan konditsioner Kris Xemsvortdan farqli o‘laroq, Yoxanssonning bunday qulaylikka imkoni yo‘q edi — kun oxirida u hatto paypoqlarini siqib quritishga majbur bo‘lardi.
Ryan Reynolds va Yashil chiroq kostyumi
Yashil chiroqning ajoyib kostyumi kompyuter grafikasi yordamida yaratilgan bo‘lsa-da, suratga olish paytida Rayan Reynolds harakatlarni qayd etish uchun maxsus kombinezon kiygan. Aktyorning aytishicha, bu kombinezon azob-uqubatning o‘zginasi edi.
U nimadan yasalganini bilmayman, lekin bu dunyodagi eng issiqlik o‘tkazuvchi material bo‘lsa kerak, deb eslaydi Rayan.
Buning ustiga, suratga olish ishlari olib borilayotgan Yangi Orleanda o‘sha paytda havo juda dim edi.
Kira Naytli va Sabe kostyumi
Kira Naytli “Yulduzlar jangi” franshizasida suratga tushganida juda yosh edi. Mashhur aktrisaning aytishicha, suratga olish maydonidagi voqealarni deyarli eslay olmaydi, biroq libosi umrbod esida qolgan.
Bosh kiyimim shu qadar og‘ir ediki, boshim qattiq og‘rirdi. O‘shanda hushimdan ketib qolganman. Hatto hozir ham o‘sha og‘riqni his qilayotgandekman, deydi aktrisa.
Izoh (0)