Yengil vazn toifasida UFC chempioni Islom Maxachev joriy yilda ikkinchi kamarni ham qo‘lga kiritishi mumkin.
![](/static/2024/06/09/leon-edwards-belal-muhammad-031321-getty-ftr_m9bautefvq731a13u2w4fjbb8-5H53nWLb.jpg)
Jurnalist Igor Lazorinning ma’lum qilishicha, agar yarim o‘rta vazndagi kamar sohibi Leon Edvards Bilol Muhammadni mag‘lub etsa, Maxachev titul uchun jang imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Maxachev va Edvards jangi 2024-yilda bo‘lib o‘tishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Muhammad—Edvards jangi 27-iyun kuni Manchesterda bo‘lib o‘tadi.
![](/static/2024/06/09/GettyImages-1435664437-SuRz79Y8.jpg)
Islom 2022-yilning oktyabr oyida UFC 280 doirasida Charlz Oliveyraga qarshi jangda g‘alaba qozonib, yengil vazn toifasida chempionga aylangan edi.
Izoh (0)