Andijon viloyati O‘zbekistonning aholisi eng zich hudud hisoblanadi. Yurtimiz aholisining 10 foizi ana shu viloyatda yashaydi, biroq uning hududi mamlakatning 1 foizini tashkil qiladi.
Bu sharoitda odamlarni uyli qilish, ularning ta’limi, sog‘ligi va boshqa ijtimoiy infratuzilma bilan ta’minlash o‘ta muhim.
Shu sababli, Prezident tashabbusi bilan Andijon tumanidagi qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan 4 ming gektar maydonda zamonaviy megapolis qurilmoqda. 2021 yilda boshlangan ushbu ulkan loyiha sakkiz bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgan, munosib hayot sharoitini yaratishga qaratilgan ulkan dasturdir.
Bugunga kelib 63 ta ko‘p qavatli uy qurilib, 1 770 ta xonadon foydalanishga topshirildi. Yangi shaharda barpo etilgan 1 680 o‘rinli maktab va 420 o‘rinli bog‘cha esa bolalarga zamonaviy ta’lim va tarbiya olish imkonini yaratmoqda. Zamonaviy poliklinika aholiga sifatli, tezkor va qulay tibbiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Loyiha shu bilan cheklanib qolmaydi: yana 2 mingta ko‘p qavatli turarjoy quriladi. Barcha qurilish ishlari yakunlangach, shaharchada 410 mingdan ziyod aholi istiqomat qilishi mumkin bo‘ladi.
Bu shahar o‘ziga xos ulkan markazga aylanishi kutilyapti.
Izoh (0)