• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Ovqat qilishni yoqtirmaydigan, liftga yolg‘iz chiqishga qo‘rqadigan va birinchi turmushi omadsizlikka uchragan Shahzoda Matchonova 36 yoshda

    Shahzoda Matchonova aslida aktrisa emas, diplomat bo‘lishi kerak edi. Chunki unda huquqiy bilimlar bilan birga xorij tillarida so‘zlasha olish mahorati ham bor. Ammo kichik tasodiflar ham inson hayotini o‘zgartirib yuborishi hech gap emas. 8-avgust kuni tug‘ilgan kunini nishonlagan aktrisa misolida bunga yana bir karra ishonch hosil qilamiz.

    “Aktrisa bo‘lishni istamaganman”

    Shahzoda Matchonova O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Bayram Matchonovning nabirasi bo‘ladi. “Mening jigit vaqtim” nomli qo‘shig‘i bilan muxlislar e’tiboriga tushgan xonanda qoraqalpoq xalqi orasida juda mashhur. Aktrisaning onasi ham san’atkor. Ammo ularning hech biri Toshkentda ijod qilishga intilishmagan.

     Foto: Instagram / @Shahzodamatchanova

    — Men aktrisa bo‘laman, deb xayolimga ham keltirmaganman. Chunki bolalikdan yurist yoki diplomat bo‘lishni orzu qilganman. Bu yo‘nalishda tahsil olish uchun ko‘p o‘qish, nazariy bilimlarga ega bo‘lish kerak. O‘qish uchun Toshkentga kelganman va omadim kelib, talabalikka qabul qilinganman. Birinchi kursda o‘qiyotganimda kursdosh dugonalarim bilan Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatriga borganmiz. O‘sha yerda tasodifan Zulfiqor Musoqov bilan tanishib qolganman va u kishi meni kastingga taklif etgan. Qiziqib, “O‘zbekfilm”da o‘tkazilgan kastingga borganman. Ammo meni rolga tasdiqlashmagan. “O‘zbek qizlariga o‘xshamaydi”, degan gapdan qattiq ranjiganman. Boshqa qizlardan kam emasligimni isbotlash uchun boshqa kastinglarda ishtirok etishga harakat qilganman, — deydi aktrisa Shahzoda Matchonova.

    Uni kashf qilgan “Aprel-may”

    Ilk muvaffaqiyatsiz kastingdan ko‘p o‘tmay uni Zebo Navro‘zova rolga taklif qilgan. U Shohruxhon bilan birga bosh rolni ijro etgan.

    Foto: Instagram / @Shahzodamatchanova

    — Komila rolini ijro etishim qiyin kechmagan. Balki rejissor ayol kishi bo‘lgani uchun bir-birimizni tushunib ishlagandirmiz. Filmning ba’zi sahnalari Moskvada suratga olingandi. Undan keyin “Qalbim o‘g‘risi” filmiga taklif qilishgan. Mana shu filmdan keyin tomoshabinlar ko‘proq taniydigan bo‘lishdi. Menga film voqealari bilan birga u yerdagi liboslarim ham juda yoqadi. Uni har safar ko‘rganimda ilk rolimda tajribasiz bo‘lganimni his qilaman, — deydi aktrisa Shahzoda Matchonova.

    “Oila —  yopiq hudud”

    Aktrisa shaxsiy hayoti xususan, ota-onasi va aka-ukalari haqida gapirishni unchalik istamaydi. Ommaga faqat yolg‘iz qiz farzand ekanligi va aka-ukasi borligini ma’lum xolos. Faqatgina bir intervyusida ukasining bir gapidan qattiq ranjigani haqida aytib o‘tgan.

    Foto: Instagram / @Shahzodamatchanova

    — Bolalikka borib, ukam “Sen xunuk qizsan”, degan. Mana shu gap ko‘nglimga og‘ir botgan. O‘sha paytda xafa bo‘lganman, ammo keyin unutib yuborganman. “Oilangiz haqida nega gapirmaysiz?” deb ko‘p so‘rashadi. Menimcha, oila yopiq hudud, uni ommaga oshkor etish shart emas, — deydi aktrisa Shahzoda Matchonova.

    Shahzoda Matchonova ayollik baxtini ikkinchi turmushidan topdi

    Foto: SB

    Aktrisa Shahzoda Matchonova 2016-yilning 25-noyabr kuni Omar ismli yigit bilan oila qurgandi. Yoshlarning nikoh oqshomi Toshkentdagi eng katta restoranlarning birida bo‘lib o‘tgan. Hatto, u soxta kuyov ekanligi haqidagi gap-so‘zlar ham tarqalgandi. Shundan so‘ng aktrisa shaxsiy hayoti haqida gapirmadi, odamlarning e’tibori ham susaydi. Ammo aktrisa 2019-yili Instagram’dagi stories’larining birida “Ajrashganmisiz?” degan savolga “Ha” deb javob berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, aktrisa ikkinchi bor oila qurgan va Raniya ismli qizaloqni dunyoga keltirgan.

    Qanday erkaklarni yoqtirmaydi?

    Maftunkor aktrisa qanday toifadagi erkaklarni hurmat qilmasligi haqida ham aytib o‘tgan.

    Foto: Instagram / @Shahzodamatchanova

    — Erkak kishi va’da berdimi, har qanday sharoitda ham unga amal qilishi kerak. Va’dasining ustidan chiqmadimi, demak undan har qanday ishni kutish mumkin. Va’dasida turadigan va qat’iyatli erkaklarni hurmat qilaman, — deydi aktrisa.

    “Liftga yolg‘iz chiqishdan qo‘rqaman”

    Shahzoda Matchonovaning ham fobiyasi bor. U yopiq hududlardan qo‘rqishi haqida aytib o‘tgan.

    Foto: Instagram / @Shahzodamatchanova

    — Masalan, yolg‘iz liftga chiqishdan qo‘rqaman. Xuddi nafasim qisayotgandek, hozir qandaydir ko‘ngilsizlik sodir bo‘ladigandek tuyuladi. Undan keyin notanish xonalar ham menda qo‘rquv uyg‘otadi, — deydi aktrisa. 

    Bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazadi?

    Har bir insonning sevimli mashg‘uloti bo‘ladi. Xo‘sh aktrisa Shahzoda Matchonova bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazadi?

    Foto: Instagram / @Shahzodamatchanova

    — Shoping qilish jon-u dilim, ammo rejasiz nimadir xarid qilishni yoqtirmayman. Do‘konlarga albatta, aniq maqsad bilan boraman. Bundan tashqari kitoblar o‘qishni, raqs tushishni yaxshi ko‘raman. Internetga ham asosan psixologik maqolalarni o‘qish uchun kiraman, — deydi aktrisa. 
    Shunisi ham e’tiborliki, aktrisa ingliz, rus va turk tillarida yaxshi so‘zlashadi.

    “Oshxonani yomon ko‘raman”

    Aktrisa oshxonani yomon ko‘rishi va taom tayyorlashni unchalik yoqtirmasligini yashirmaydi.

    Foto: Instagram / @Shahzodamatchanova

    — Haqiqatan ham oshxonadan uzoq insonman. Ovqat qilishni avvaldan yoqtirmasdim, hozir ham xuddi shunday. Balki, bu taomlarga unchalik o‘ch bo‘lmaganim uchundir, — deydi aktrisa Shahzoda Matchonova.

    14.08.2023, 16:35   Izoh (0)   73258
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shahzoda Matchonova o‘qishni tavsiya etadigan 10 ta kitob

    03.04.2020, 21:23

    Shahzoda Matchonova ajrashgani hamda bola asrab olish istagi haqida so‘zlab berdi

    18.06.2020, 18:21

    “10 yoshimda e’lon yopishtirib pul topa boshlaganman” — yetimlikda ulg‘ayib, ichki ishlar xodimi bo‘lishni istamagan Yorqinxo‘ja Umarov 31 yoshda (foto, video)

    14.08.2023, 12:35

    Ozoda Nursaidovaning onasi vafot etdi 

    14.08.2023, 11:35

    “Zaxira” farzand, to‘rttagacha ism, maxsus agent sifatida ishlashi mumkin bo‘lgan enagalar — Qirollik merosxo‘rlarining tug‘ilishi va tarbiyasi bilan bog‘liq eng n...

    14.08.2023, 09:43

    Instagram:  Halima Ibragimovani mashina urib ketdi, restoran qurayotgan Janob Rasul, tug‘ilgan kunini nishonlagan Ra’no Shodiyeva

    13.08.2023, 21:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.