• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    Bog‘chaga to‘lov, “prava”ga o‘qish qimmatlashdi. O‘zbekistonda inflyatsiya qanday o‘zgardi?

    Yanvar oyida mamlakatda ko‘plab tovar va xizmatlar narxi o‘sdi. Ayniqsa, xizmatlar yillik inflyatsiyasi ancha yuqori bo‘ldi. Bu haqda Statistika agentligi eʼlon qilgan tahlilda bayon etilgan.

    2025-yil yanvarda O‘zbekistondagi oylik inflyatsiya 0,7 foizni, yillik inflyatsiya 9,9 foizni tashkil etdi (2024-yil mos davrida 8,6 foiz bo‘lgan).

    O‘tgan oy davomida oziq-ovqat mahsulotlari 0,8 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,3 foiz va xizmatlar 1,1 foiz qimmatlashgan.

    Yanvarda bir yil mobaynidagi xizmatlar inflyatsiyasi kamida 15 yillik rekordlarni yangilab, 27 foizga yetgan. Oziq-ovqat mahsulotlari qiymati yillik hisobda 2,6 foiz, nooziq-ovqatlar 7,7 foiz oshgan.

    Infografika: Sun’iy intellekt

    Yanvar oyida quyidagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oshgan:

    • Mol go‘shti — 1,1 foiz;
    • Qo‘y go‘shti — 1,2 foiz;
    • Kungaboqar yog‘i — 2,2 foiz;
    • Paxta yog‘i — 1,9 foiz;
    • Kartoshka — 23,9 foiz;
    • Piyoz — 3,4 foiz;
    • Sabzi — 2,9 foiz;
    • Bulg‘or qalampiri — 13,2 foiz;
    • Banan — 6,5 foiz;
    • Baqlajonda — 59,6 foiz.

    O‘tgan oyda dori vositalari va tibbiyot mahsulotlari narxi 0,7 foizga ko‘tarildi.

    Rasmiy statistikaga ko‘ra, yanvarda benzin respublika bo‘yicha o‘rtacha 1,5 foizga qimmatlashgan. Propan esa 13,2 foizga arzonlagan. Biroq birjada mazkur yonilg‘i narxi 20 foizdan ko‘proq oshgan (3-yanvar, 31-yanvar).

    Oy davomida mamlakatda haydovchilikka tayyorlash bo‘yicha o‘quv kurslari narxi o‘rtacha 12,5 foizga oshdi.

    Yanvarda taʼlim sohasi xizmatlari ham sezilarli qimmatlashdi. Masalan, respublikada davlat bog‘chalariga oylik to‘lov miqdori o‘rtacha 21 foizga oshirildi. Xususiy bog‘chalardagi narxlar 1,1 foizga o‘sdi.

    Davlat bog‘chalariga to‘lovlar yillik hisobda qariyb 45,2 foizga qimmatlashgan.

    Infografika: Statistika agentligi

    O‘tgan oyda repetitorlar xizmatlari narxlari 1 foiz, o‘quv kurslarida o‘qitish 2,1 foiz o‘sgan.

    Yo‘lovchi tashish transporti narxi 0,5 foiz, tovarlarni tashish bo‘yicha xizmatlar 2,3 foizga oshgan.

    Avvalroq Markaziy bank 2024-yil yakunida O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi dastlab 9 foiz, keyin 9,5 foiz bo‘lishini prognoz qilgandi. Biroq yil so‘ngida inflyatsiya 9,8 foiz shakllandi. Markaziy bank raisi Timur Ishmetov jurnalistlar bilan muloqotda narxlar o‘sishi nega kutilmalardan yuqori bo‘lganiga izoh bergan.

    “O‘tgan yilning oxirida inflyatsiya darajasi kutilmadan biroz baland shakllanganiga energiya narxlari erkinlashtirilishining ikkilamchi taʼsirlari, go‘sht, kartoshka, o‘simlik yog‘i taklifi bilan bog‘liq omillar taʼsir qilgan. Shu omillar sabab ikkinchi yarim yillikda inflyatsiya darajasi kutilganidan sekinroq pasaygan. Kommunal xizmatlarni hisobga olmaganda ham, xizmatlar guruhi inflyatsiyasi umumiy inflyatsiya darajasidan yuqori shakllanmoqda”, degan Markaziy bank rahbari.
    Timur Ishmetov
    Foto: “Daryo”

    Shu bilan birga, joriy yilda mamlakatda energiya, kommunal xizmatlar va yonilg‘i tariflari oshirilishi xabar qilingan.

    “Energiya va yonilg‘i narxlari o‘sishi inflyatsiya oshishiga 1,8–1,9 foiz atrofida birlamchi taʼsir qilishi kutilmoqda”, degan Timur Ishmetov.

    2019-yildagi prezident farmonida Markaziy bankka inflyatsiyani 2021-yilda 10 foizga pasaytirish, 2023-yilda esa 5 foiz darajadagi doimiy inflyatsion maqsadni (target) o‘rnatish topshirilgan. Biroq bu maqsadga haligacha yetilgani yo‘q.

    Bugungacha inflyatsiya targetlari bir necha marta o‘zgartirildi. Xususan, 2020-yilda 5 foizlik target ko‘rsatkichiga erishish muddati 2023-yilga, 2022-yildagi maqsad 2024-yil oxiriga, o‘tgan yili esa bu muddat 2025-yil ikkinchi yarmiga ko‘chirilgan.

    So‘nggi prognozlarga ko‘ra, 5 foizlik inflyatsiya darajasiga 2026-yilning ikkinchi yarmida erishish kutilmoqda.

    9 fevral, 17:31   Izoh (0)   10874
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #inflyatsiya

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Valyuta kursi 1 foiz qadrsizlansa, inflyatsiya 0,4 foizgacha oshishi mumkin” — Mamarizo Nurmurodov

    03.11.2024, 18:02

    “Kurs erkinlashsa, 1 dollar 20 ming so‘mgacha oshadi”. O‘zbekistonda valyuta kursi sunʼiy ushlab turilibdimi?

    29.11.2024, 19:52

    O‘zbekistonda 2024-yilning 9 oyida aholining o‘rtacha ish haqi qanchaga oshgani ma’lum qilindi

    06.12.2024, 17:00

    “Inflyatsiya — kambag‘alga soliq”. Narxlar oshishi xalq cho‘ntagiga qanday taʼsir qiladi?

    07.12.2024, 16:40

    O‘zbekistonda gaz inqirozi: qanday qilib eksportchidan importchiga aylanib qoldik? 

    20.12.2024, 18:31

    “Byudjet puli bolalardan iqtisod qilinmasligi kerak”. Uch yildan beri oshirilmay, tayinlash keskin qisqarayotgan nafaqa taqdiri nima bo‘ladi? 

    25.12.2024, 18:55

    O‘zbekistonda 2024-yilda gaz 129, elektr 67, issiq suv 32 foizga qimmatladi

    1 yanvar, 17:35

    “2024-yilda misli ko‘rilmagan narx inflyatsiyasi kuzatildi” — Ortda qolgan yil O‘zbekiston iqtisodi uchun qanday keldi? 

    2 yanvar, 15:50

    Carvon Ai-80 benzini narxini keskin oshirdi. Bunga “O‘zbekneftgaz” aloqadormi?

    9 yanvar, 16:35

    O‘zbekistonda gaz, elektr va yonilg‘i qimmatlashadi. Bu boshqa tovar va xizmatlar narxiga qanday taʼsir qiladi?

    16 yanvar, 16:32

    Qadrsiz so‘m. Nega o‘zbekistonliklar milliy valyutamizga ishonmaydi?

    20 yanvar, 19:35

    Bahorda energiya narxlari oshirilishi inflyatsiyaga qanday taʼsir qiladi? Markaziy bank raisi javob berdi

    27 yanvar, 12:17

    O‘tgan yili inflyatsiya nega kutilganidan baland bo‘ldi? Markaziy bank raisi javob berdi 

    28 yanvar, 16:29

    “2024-yilda iqtisodiyotga jami 287 trillion so‘m kredit ajratildi” — Timur Ishmetov

    29 yanvar, 19:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qoraqalpog‘iston rivojlantirish uchun 200 mln dollargacha xorijiy mablag‘ jalb etiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:07

    Xitoy BMTning Eronga nisbatan zudlik bilan sanksiyalar kiritishiga qarshi chiqdi

    Dunyo | 15 avgust, 22:51

    O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida aviaqatnovlar soni ko‘payadi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 22:35

    “Rossiya Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi” — Germaniya kansleri

    Dunyo | 15 avgust, 22:18

    Putin samolyotini AQSHning qiruvchi samolyotlari himoya qiladi

    Dunyo | 15 avgust, 21:56

    Dehlidagi Humoyun maqbarasi yaqinidagi binoning tomi qulashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi (foto, video)

    Dunyo | 15 avgust, 21:27

    O‘zbekistonda ayrim shaxslar uchun chet elga chiqishga qo‘yiladigan taqiq kuchaytiriladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 21:05

    Quyoshda katta teshik paydo bo‘la boshladi

    Dunyo | 15 avgust, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.