• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonga yengil avtomobillar importi keskin kamaydi

    Joriy yil yanvar oyida mamlakatga import qilingan yengil avtomobillar soni 5,6 baravarga qisqardi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi maʼlum qildi.

    Foto: “Daryo”

    Qayd etilishicha, o‘tgan oy davomida O‘zbekistonga umumiy qiymati 31 million dollarlik 1796 dona yengil avtomobil import qilingan. Shundan 1159 donasi (21,6 mln dollar) benzinda harakatlanuvchi transport vositalari hisoblanadi. Qolgan 613 tasi elektromobil (8,4 mln dollar), 24 donasi gibridlar (950 ming dollar).

    Taqqoslash uchun, 2024-yil yanvarda mamlakatga jami qiymati 221,4 mln dollarlik 10152 ta yengil avtomobil import qilingandi. Shundan 7810 donasi benzinda (157,4 mln dollar), 1584 tasi elektrda (44,2 mln dollar) harakatlanuvchi, 750 donasi esa gibrid mobellar (15,5 mln dollar) bo‘lgan.

    Umuman olganda, 2024-yil davomida 1,27 milliard dollarlik 74505 dona yengil avtomobil import qilingan. Shundan qariyb 17480 tasi gibrid (339,3 mln dollar), 24091 tasi elektromobil (224,7 mln dollar) edi. 2023-yildagi yengil avtmobillar importi o‘tgan yildagidanda yuqori bo‘lgan. Yaʼni yil mobaynida xorijdan qariyb 1,9 milliard dollarlik 80235 dona yengil avtomobil xarid qilingan.

    Import nega qisqardi?

    Tahlillarga ko‘ra, import qisqarishiga Piskent tumanidagi import avtomobillar uchun sinov poligoni ishga tushgani taʼsir qilgan bo‘lishi mumkin. Poligon quvvati O‘zbekistonga avvalgidek ko‘p avtomobil kiritish uchun yetarli emas. Bu tabiiy ravishda import jarayonini murakkablashtiradi, oqbatda avtomobillar narxini oshiradi.

    2024-yil 1-noyabrdan O‘zbekistonga import qilinadigan transport vositalari Piskent poligonida sinovdan o‘tkazila boshlangan. Bunga sabab sifatida harakat xavfsizligini kuchaytirish va mamlakatga olib kirilayotgan transport vositalari sifatini yaxshilashga qaratilgani aytilgan.

    Yanvar oyida import avtomobillarini texnik ko‘rikdan o‘tkazuvchi avtopoligon o‘zining salbiy oqibatlarini ko‘rsatishda davom etgan va import oldingi oylardagiga nisbatan tezroq qisqarishni boshlagan. May oyidan esa qo‘shimcha cheklovlar natijasida avtomobillar importining qisqarishi yanada tezlashishi turgan gap. Bu esa o‘z navbatida bir muncha «sovib qolgan” avtomobil bozorida narxlar oshishiga olib keladi, deya fikr bildirdi iqtisodchi Mirkomil Xolboyev.

    Avvalroq BYD Uzbekistan Factory qo‘shma korxonasi hukumatdan elektromobillarning tartibsiz importini cheklashni so‘ragandi. O‘shanda jamoatchilik faollari importni cheklash raqobat yo‘qolishiga olib kelishidan xavotir bildirgan. Ayrim iqtisodchilar fikricha, O‘zbekistonda yangi avtomobil zavodlari ochilishi avtomashinalar narxi pasayishiga olib kelmaydi.

    24 fevral, 17:35   Izoh (0)   5490
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #avtomobil

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Piskent poligonidagi mojaro: import avtomobillarni takroran sinovdan o‘tkazishdan maqsad nima?  

    14.11.2024, 23:44

    O‘zbekistonda mast holda avtomobil boshqarganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi

    21 fevral, 11:14

    O‘zbekistonda tezlikni oshirganlik uchun jarima miqdori oshdimi?

    24 fevral, 11:33

    Gaz, elektr, avtomobil ishlab chiqarish kamaydi. Yanvar O‘zbekiston sanoati uchun qanday keldi?

    24 fevral, 14:30
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Putinni Gitlerga o‘xshatib mem qilganlar jazolanadi

    Dunyo | 30 may, 23:55

    Zarafshon daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olgan shaxsga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 30 may, 23:40

    “O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan urushga kirishishi mumkin edi” – Abdulaziz Komilov

    O‘zbekiston | 30 may, 23:30

    AQSH Oliy sudi Trampga 500 ming muhojirni mamlakatdan chiqarib yuborishga ruxsat berdi

    Dunyo | 30 may, 23:25

    Nepalda o‘n minglab namoyishchilar monarxiyani tiklashni talab qilmoqda

    Dunyo | 30 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 may, 22:55

    Toshkent viloyatida svetoforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmagan haydovchining mashinasidan giyohvand modda topildi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:40

    Surxondaryodagi 5 ta “dom”da 1,5 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:30

    Fransiya prezidenti Isroilga qarshi siyosat yuritishda ayblandi

    Dunyo | 30 may, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.