O‘zbekistonda 8-mart — Xotin-qizlar kuni shanba, dam olish kuniga to‘g‘ri kelgani sababli dam olish kuni 10-mart, dushanba kuniga ko‘chiriladi.

Mehnat kodeksida dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chirilishi belgilangan.
Shunday qilib:
- 8-mart, shanba — bayram kuni, dam olish kuni;
- 9-mart, yakshanba — dam olish kuni;
- 10-mart, dushanba — qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi 2025-yil uchun ish vaqtining davomiyligi taqvimini ham tasdiqlagan. Unda ham dam olish kuni 10-mart, dushanba kuniga o‘tkazilishi qayd etilgan. Hujjat barcha tashkilotlar uchun amal qiladi.
Izoh (0)