O‘zbekistonliklar Ramazon hayiti munosabati bilan ketma-ket 3 kun dam oladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ramazon hayiti 2024-yil 10-aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi kutilayotganini maʼlum qildi.
Shunga ko‘ra:
- 10-aprel, chorshanba — Ramazon hayiti kuni;
- 11-aprel, payshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
- 12-aprel, juma — 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga 13-aprel, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni;
- 13-aprel, shanba — barcha uchun ish kuni;
- 14-aprel, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni.
Qo‘shimcha dam olish kunlari 2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi prezident farmonida belgilangan.
Unga ko‘ra, 11-aprel, payshanba kuni barcha xodimlarga qo‘shimcha dam olish kuni. 12-aprel, juma kuni esa 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga esa 13-aprel, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni bo‘ladi.
Izoh (0)