O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan bloger Rossiyaning Moskva rayonida qo‘lga olindi. Bu haqda “78.ru” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2024-yilning dekabr oyida 30 yoshli bloger o‘zining YouTube kanalida ikki ayolni haqoratlagan video joylashtirgan. Shundan keyin u Rossiyaga ketgan. Bu vaqt ichida O‘zbekistonda unga nisbatan “tuhmat” va “haqorat” moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. O‘zbekistonlik erkak xalqaro qidiruvga berilgan.
Ta’kidlanishicha, u ilgari tuhmat va tovlamachilikda ayblanib sudlangan. Erkak politsiya bo‘limiga olib ketilgan. O‘zbekistonlik huquq-tartibot idoralari xodimlari erkak qo‘lga olingani haqida xabardor qilingan. Gumonlanuvchining shaxsiga aniqlik kiritilmagan.
Izoh (0)